|
Mavzu: Boshqaruvda axborotlar
|
bet | 1/5 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 17,76 Mb. | | #158367 |
Bog'liq Menejment 3-mavzu Mavzu: Boshqaruvda axborotlar.
Reja:
1. Boshqaruvda axborotlarning o’rni.
2. Boshqaruv qarorlari va ularning turlari.
- Axborot va kommunikatsiya tushunchalari o‘zaro bog‘langan, ammo kommunikatsiya o‘z ichiga nimani (axborotni) uzatilishi va u qanday uzatilishini oladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiya va tadbirlarni bajarilishi bilan bog‘liqdir:
- — axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish;
- — qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- — ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish;
- — bajarilgan qarorlar bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlash.
Axborotning sifatiga asosiy talablar quyidagilardir:
— o‘z vaqtidalik;
— to‘g‘rilik;
— yetarlilik;
— ishonchlilik;
— manzillilik;
— foydalanishning ko‘p martaligi;
— yig‘ish, ishlab chiqish va uzatishning yuqori tezligi;
— kodlashtirish imkoniyati;
— dolzarblilik.
Axborot massivi — boshqaruv idoralari tomonidan foydalaniladigan axborotlarning barcha turlari yig‘indisini ma’lum alomatlar bo‘yicha tartibga solish.
Axborot oqimi — axborotlarning manbalardan iste’molchilargacha harakatlanishidir. Axborot hajmi — shartli birliklar (so‘z, xabar, belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar) yordamida o‘lchanadigan va boshqaruv idoralarining axborot to‘ldirilganligini belgilash, boshqaruvni avtomatlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan miqdoriy ta’rifdir.
Noverbal axborotlar, ya’ni jo‘natuvchi tomonidan so'zlardan foydalanmasdan jo‘natilgan axborotlar ham g‘oyatda muhim rol o‘ynaydi. Ular noverbal kommunikatsiyalar asosida yotgan noverbal jo‘natmalarni tashkil etadi. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar — ishga doir muloqotning muhim qismidir. Ba’zida bu vositalar (ular noverbal deb ataladilar) yordamida so‘zlar yordamiga qaraganda ancha ko‘proq narsalarni aytish mumkin.
|
| |