|
Noverbal axborotning asosiy turlari quyidagilardan iborat
|
bet | 2/5 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 17,76 Mb. | | #158367 |
Bog'liq Menejment 3-mavzuNoverbal axborotning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
— gavdaning harakatlari (imo-ishoralar, turish holati, tegib ketish, yuzning ifodasi, ko‘zlarning harakati va h.k.)
— nutq (intonatsiyalar, savodlilik, tovush, nutqning tezligi va h.k.)
— muhit (yoritilganlik, shovqin, yoritilish, inshoot, mebel va h.k.)
— muhitdan foydalanish (xulqning odatlari, muloqot qilishdagi masofa va h.k.)
— vaqt (erta kelish, kech qolish, o‘zini kutishga majbur qilish va h.k.)
1
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo’lga qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqqiyatini ta’minlaydi. So’rovlar shuni ko’rsatadiki, 73 % amerikalik, 85 % yapon, 63 % angliyalik rahbarlar, kommunikatsiya, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi bosh to’siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so’rovga ko’ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar.
Axborotlar turlari
T/r Turkumlash belgilari
1.Mazmuniga qarab:
• iqtisodiy
• huquqiy
• sotsial
• texnikaviy
• tashkiliy
2. Kelish manbai va foydalanish joyiga qarab:
• ichki axborot
• tashqi axborot
3. Kimga mo’ljallanganligaga qarab:
• korxona uchun
• bo’lim uchun
• sex uchun
• uchastka uchun
4. Barqarorlik xarakteriga qarab:
• oddiy axborot
• shartli-doimiy axborot
• o’zgarib turuvchi axborot
5. Foydalanish uchun tayyorligiga qarab:
• dastlabki axborot
• oraliq axborot
• yakuniy axborot
6. Davriyligiga qarab:
• smenali axborot
• sutkali axborot
• kvartallik axborot
7. Boshqaruv jarayonidagi vazifasiga qarab:
• direktiv axborot
• hisobot ko’rinishida axborot
• hisobga olish bo’yicha axborot
• nazorat qilish bo’yicha axborot
|
| |