• Rus qoʻshinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi. Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi
  • Oʻrta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari . XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish




    Download 83.03 Kb.
    bet1/7
    Sana10.11.2023
    Hajmi83.03 Kb.
    #97055
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.
    9-sinf-informatika-testlar-2, 7-8-Maruza, 4-5-6 Maruza, 5564656, vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish, Kirish i-bob. Foyda va unga ta\'sir etuvchi omillar, Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta , 2821 род опл, 26-CHI MAVZU, [27.10.2023 21 43] БУХАРА 1 НУКУС (2) (1), dfgsdgg, здоровий жизн, gghshs, 1-Amaliy mashg'uloti varyantlari va bajarishga ko'rsatma

    MAVZU: OʻRTA OSIYO XONLIKLARINI ROSSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKACHILARGA QARSHI XALQ HARAKATLARI.


    REJA:
    KIRISH

    1. Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi ekspedtsiyasi sabablari.

    2. Rus qoʻshinlarining Qoʻqon xonligi hududlaridagi harbiy harakatlari.

    3. Rus qoʻshinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi.

    4. Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi

    5. Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylanishi.

    6. Oʻrta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari.

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





    KIRISH
    Kavkaz, Volgaboʻyi, Sibir va Oʻrta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshosi Ivan Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon va Sibir xonliklarini bosib oldi.
    Rus davlati endi afsonaviy boyliklar makoni deb shuhrat topgan Oʻrta Osiyo mintaqasiga koʻz olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng koʻlamda josuslik ma’lumotlarini toʻplay boshladi. Bu holat “Moskva savdo kompaniyasi” deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 sentyabrigacha Buxoroda boʻldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan Abdullaxon rus podshosining elchisi bilan boʻlgan suhbatda Rossiya, Angliya va Turkiya davlatlarining harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida ma’lumot olishga qiziqqan boʻlsa, Jenkinson va uning hamrohlari Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari haqida imkon qadar koʻproq ma’lumot toʻplashga intiladilar.
    Rus davlaati bundan keyin ham zoʻr berib Oʻrta Osiyo xonliklari haqida ma’lumot yigʻishda davom etdi. 1620 yilda Ivan Xoxlov, 1669 yilda B.A. va S.I.Pazuxinlar, 1675 yili esa V.A.Daudov boshchiligidagi elchilarini Oʻrta Osiyo xonliklariga joʻnatdi. Ular Buxoro, Xiva, Urganch va Balxda boʻlishib, oʻzbek xonliklarining iqtisodiy-siyosiy va harbiyy ahvoli bilan yaqindan tanishdilar. Manbalarda XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklarida Rossiyaning 9 elchisi boʻlganligi qayd etilgan1.
    Kapitan Ivan Buxgolts, Aleksanr Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyalari magʻlubiyaga uchragach, Pyotr I Florio Beneveni boshliq elchilarni joʻnatib, Buxoro xonligining iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasavvurga ega boʻlmoqchi edi.


    1. Download 83.03 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 83.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish

    Download 83.03 Kb.