• Mikrokontroller turlari
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #131713
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1299-1310 (1)

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
    Mikrokontroller tushunchasi va vazifasi 
    Mikrokontroller – elektron qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan mikrosxema. 
    Mikrokontrollerlar protsessor, operativ xotira va doimiy xotira kabi priferiya 
    uskunalari, kiritish-chiqarish portlari, registrdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. U 
    kiritish-chiqarish portlari orqali boshqa qurilmalarga ulanishi mumkin. Elektron 
    qurilmalar orasidagi o‘zaro ta’sir mikrokontrollerga o‘rnatilgan maxsus tizim orqali 
    amalga oshiriladi.[3] Mikrokontrollerlar asosan tizimlardagi turli xil hisob kitob 
    ishlarini, turli miqdorlarni o‘lchash, turli signallarni qayta ishlash va turli xil 
    qurilmalarning keng doirasini boshqarish kabi topshiriqlarni bajarishi mumkin.
    Shaxsiy kompyuterlardagi oddiy protsessor o‘rniga bitta chipdan foydalanish nisbatan 
    quvvat sarfini kamaytiradi. Mikrokontrollerlarga aniq bir amal yoki amallarni 
    bajaruvchi algaritmga asoslangan dastur yoziladi va shu dastur orqali u qurilma yoki 
    qurilmalarni boshqaradi. Qisqacha qilib aytganda mikrodastur yaratiladi. [4] 
    Mikrokontrollerlarni vazifasiga ko‘ra 3 turga ajratishimiz mumkin. Bular: 
     Oddiy mikrokontrollerlar – aynan bir funksiyaga ixtisoslashtirilmagan sxemalar; 
     Bir vazifali mikrokontrollerlar – ma’lum bir qurilmaga o‘rnatilgan bo‘lib, faqat 
    shu qurilmani boshqaradi; 
     Universal mikrokontrollerlar – nazorat qilish, tartibga solish, boshqarish 
    tizimlaridagi ko‘plab vazifalarni bajaruvchi ko‘p funksiyali sxema; 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1301 
    Albatta, mikrokontroller tanlagan vaqtimizda unga yuklatiladigan vazifasiga 
    asoslangan holda yuqoridagi funksiyalarga ega bo‘lgan mikrokontroller turlaridan 
    birini tanlaymiz. 
    Mikrokontroller turlari 
    Mikrokontrollerlarning ko‘plab turlari mavjud. Jumladan, 
    ARM Cortex-M, Atmel 
    AVR (8-bit), AVR32 (32-bit) va AT91SAM (32-bit), Freescale ColdFire (32-bit) va 
    S08 (8-bit), MAX32600, MAX32620, MAX32625, MAX32630, MAX32650, 
    MAX32640, STM8 (8-bit), ST10 (16-bit), STM32 (32-bit) va boshqalar. 
    Mikrokontrollerlarning 
    keng qo‘llaniladigan turi sifatida Arduinoni aytishimiz 
    mumkin. Arduinoning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib bularga misol qilib: 
    Arduino Yun

    Arduino Uno, Arduino Duemilanove, 
    Arduino Diecimila
    , Arduino Nano, Arduino 
    Mega, Mega 2560, 
    Mega ADK
    , Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni 
    olishimiz mumkin. 
    Mikrokontrollerlarning turlari bir bir
    idan
     raqamli va analog chiqishlarning ko‘p 
    yoki kamligi, xotira qurilmalarining hajmlari hamda funksiyalari bilan farqlanadi. 
    Mikrokontrollerlardan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va 
    modullarni ulash imkoniyatiga ega bo‘ladi, masalan: led chiroqlar, datchiklar, rele 
    modullari, tarmoq (WiFi, LiFi, Lora, Zigbee, Bluetooth, Serial, Ethernet)  
    modullari

    sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha 
    narsalar shular jumlasidandir.[5] Qisqacha qilib aytganda mikrokontroller texnik va 
    dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma. 
    Quyida bir nechta mikrokontroller turlarining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib 
    chiqilgan.
    AVR32 
    AVR32 - bu 2006-yilda Atmel tomonidan e'lon qilingan 32 bitli RISC 
    mikrokontrolleri. PDA va boshqa yuqori samarali mobil qurilmalardan foydalanish 
    mumkin. Ularning ikkita oilasi bor: AVR32 AP va AVR32 UC3. AVR arxitekturasi 
    bir nechta mikroarxitekturalardan iborat boʻlib, ularning eng mashhurlari AVR32A va 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    1302 
    AVR32B boʻlib, ular registr konfiguratsiyasi, koʻrsatmalardan foydalanish va kesh 
    maʼlumotlari kabi xususiyatlarni tuzatadi.[6] 
    AVR32 arxitekturasi faqat Atmelning o'z mahsulotlarida qo'llaniladi. Atmel 
    birinchi marta AVR32B arxitekturasi asosida 7 bosqichli kanveyer va keshga ega AP7 
    yadro platformasini taqdim etdi. Platforma xotirani boshqarish blokini (MMU) o'z 
    ichiga oladi va Linux operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. 
    1-rasm. AT32AP7000 mikrokontrollerining ko‘rinishi 

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish