AVR mikrokontrollerlari. Kirish/ chiqish portlari
Har qanday mikrokontroller ishga tushishi uchun minimal sxemotexnik
talablar qo‘yiladi. Bular mahsus tashqi qurilmalar bo‘lib mikrokontrollerni energiya
(kuchlanish) va tezlik bilan taminlaydilar. Quyidagi rasmda ATmega 16
mikrokontrolleri uchun sxemotexnik talablar ko‘rsatilgan.
Rasm 11.1 Sxemotexnik talablar
• Kvars va C1, C2 kondensatorlar takt generatori bo‘lib
mikrokontrollerga
tezlik ato etadilar. Takt generatorining maksimal chastotasi 16.0 MGs ga teng.
Kvars doimo mikrokontrollerning XTAL1 va XTAL2 oyoqchalariga ulanadi.
Kondensatorlar generatorni tok bilan bir hilda ta’minlash vazifasini bajaradi.
• R1 rezistor RESET ni kuchlanish bilan bir meyorda ta’minlab turadi. Agar
kuchlanish meyordan kamayib ketsa mikrokontroller o‘chib qolishi mumkin.
Natijada dastur algoritmi buziladi.
• ISP konnektori
(In-System Programming)
bu mikrokontrollerga dastur
o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ulash qurilmasi. Ulash qurilmasi yordamida
mikrokontrollerga platada turgan joyida dastur yozish mumkin. Bunda
mikrokontrollerni platadan chiqarish shart emas.
• Programmator - bu kompyuterda yozilgan
dasturni mikrokontrollerga
o‘tkazish uchun ishlatiladigan qurilma. Komputerda yozilgan dasturni
mikrokontrollerga o‘tkazish uchun eng ko‘p
ishlatiladigan usul bu ISP
usulidir.
ISP konnektori yordamida dasturni mikrokontrollerga to‘g‘ridan –
to‘g‘ri platada turgan holda (mikrokontrollerni platadan chiqarmasdan turib)
yozish imkonini beradi.
ISP konnektorining 1,2,3,4,5,6 – oyoqchalari mos
ravishda
mikrokontrollerning GND, VCC, SCK, MISO, MOSI, RESET
oyoqchalariga ulanishi shart.
ISP usulidan tashqari mikrokontrollerlarga
dastur
yozish uchun HVP (
High – Voltage Programming) va JTAG –
interfeys usullari ishlatiladi.
• L1 drossel va C3, C4 kondensatorlar analog qurilmalarni
kuchlanish bilan
ta’minlash uchun ishlatiladi. Agar mikrokontrollerda analog qurilmalari
bo‘lmasi, u holda drosselni keragi yo‘q.
• C5 kondensator VCC va GND oyoqchalarni ajratish uchun ishlatiladi. GND
va AGND oyoqchalarni birga ulash darkor.
• VCC – bu mikrokontrollerni energiya bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan
oyoqcha. Unga +5.0 V ulanadi.
• GND (Ground) va AGND (Analog ground) – bu yer (zemlya). Yerlashtirish
(zazemlenie) uchun mo‘ljallangan oyoqchalar.