|
Elektron sxema
|
bet | 1/4 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 152,52 Kb. | | #108267 |
Bog'liq mustaqil ish (2)
1.Elektron sxema simulyatorlari .Elektr kattaliklar va ularni tatbiq etish.2. Elektr zanjirlarining asosiy elementlari .Elektr sxemalarini Kirxgof qonunlari asosida hisoblash va tahlil qilish .
Elektron sxema - bu qandaydir vazifani bajarish uchun o'zaro ulangan rezistorlar, kondansatorlar, diodlar, tranzistorlar va integral mikrosxemalar kabi individual elektron komponentlarning kombinatsiyasi bo'lgan mahsulot yoki shartli belgili sxema ( chizma )hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasida yangi vosita va usullami yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Hozirgi kungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositasidir. Elektrotexnika va elektronikani o’rganishda sinash va tajribalar o’tkazish zarurligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Lekin ularni o’tkazish jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin (ayniqsa hozirgi vaqtda). Yaxshi o’quv laboratoriyasi zamonaviy o’lchov jixozlariga va ularni ishchi holatda saqlab tura oladigan malakali xodimlarga ega bo’lishi kerak. O’quv yurtlari uchun bunday laboratoriyani ushlab turish qiyin masaladir.
Keyingi qirq yil ichida elektr va elektron sxemalarni hisoblash vositalari tezlik bilan o’zgarib bordi. Bunday vosita sifatida 70- yillarning boshida foydalanilgan logarifmik lineykaning o’rnini 70- yillarning ikkinchi yarmida kalkulyatorlar va mini EHM lar egallay boshladi.
Elektron sxemalar va sxemalarni loyihalash va hisoblash uchun qulay interfeysga ega simulyator.
Quite Universal Circuit Simulator dasturi sxemani loyihalash uchun keng qamrovli texnik imkoniyatlarga ega grafik muharrirdir. Murakkab sxemalarni boshqarish uchun pastki sxemalarni kengaytirish va bloklarni shakllantirish qobiliyati kiritilgan. Dasturiy ta'minot o'rnatilgan dasturni o'z ichiga oladi matn muharriri, filtrlar va mos keladigan sxemalarni hisoblash uchun ilovalar, chiziqli kalkulyatorlar va attenuator sintezi. Chizma ramka ramkasi va standart shtamp bilan chiqarilishi mumkin.
Qucs toifalarga bo'lingan zamonaviy komponentlarning keng bazasini o'z ichiga oladi: diskret (rezistorlar, kondansatörler va boshqalar), chiziqli bo'lmagan (tranzistorlar va diodlar), raqamli (asosiy raqamli qurilmalar va mantiqiy eshiklar) va boshqalar (manbalar, hisoblagichlar). Rasmlar va diagrammalar alohida qiziqish uyg'otadi
Elektr (lotincha: electricus) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliq hodisalar majmui. Miloddan avvalgi 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun matoga ishqalangan ebonit parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega boʻlib qolishini taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600-yilda ingliz vrachi U. Gilbert ipakka ishqalangan shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday xossaga ega boʻlishini aniqlagan va "E". terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil jismlarni oʻziga tortadigan jismlarni elektrlangan yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritildi. Faqat 18-asrga kelib E. hodisalari tez surʼatlar bilan oʻrganildi. E. haqidagi taʼlimot taraqqiyotini 3 bosqichga ajratish mumkin: 1) tajriba dalillarining toʻplanishi va asosiy tushunchalar, qonunlarni aniqlash davri (miloddan avvalgi 8-asr, 19-asr oʻrtalari); 2) elektromagnit maydon haqidagi taʼlimotning shakllanish davri (19-asr ikkinchi yarmi); 3) E. atomistik nazariyasining shakllanish davri (19-asr oxiri 20-asr boshlari).
Taʼlimotning birinchi davridagi E. hodisalarining asosiylari quyidagilar. Ingliz fizigi S. Grey ayrim jismlarning E. oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini ochib, tabiatdagi barcha jismlarning oʻtkazgichlar va izolyatorlarta boʻlinishini aniqladi (1727). Fransuz fizigi Sh. Dyufe va amerikalik olim B. Franklin E. zaryadlarning 2 turi mavjudligini aniqlashdi. Zaryadlarning ebonitda hosil boʻlgani manfiy, shishada hosil boʻlgani musbat ishorali deb olingan. Olimlar bu zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishini (bir xil ishorali zaryadlarning bir-biridan itarilishini, har xil ishorali zaryadlar oʻzaro tortishishini) aniqlashgan (1747—53). Ingliz fizigi va kimyogari G. Kavendish (1773) hamda fransuz fizigi Sh. Kulon (1785) zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf etishdi.
|
| |