• Dielektriklar (yoki izolyatorlar)
  • Quvvat Quvvat
  • Oʻtkazgichlar va dielektriklar




    Download 152,52 Kb.
    bet4/4
    Sana30.11.2023
    Hajmi152,52 Kb.
    #108267
    1   2   3   4
    Bog'liq
    mustaqil ish (2)

    Oʻtkazgichlar va dielektriklar
    Oʻtkazgichlar odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga yetarli boʻladi. Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.

    Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma lampochkalarda ishlatiladan metall – volfram yoki uglerodning olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgichlar sanaladi. Chunki ularning elektronlari siljishga moyil emas.
    Dielektriklar (yoki izolyatorlar) – bu tashqi elektronlari yadrosi bilan mustahkam bogʻlangan moddalar. Oʻrtacha elektr kuchlari ularning elektronlarini erkin holatga chiqara olmaydi. Elektr kuchi taʼsir qilgan paytda elektronlar buluti kuchga javoban choʻziladi va deformatsiyalanadi, ammo elektronlar harakatlanmaydi. Shisha, plastik, tosh va havo izolyatorlarga misol boʻladi. Ammo hatto izolyatorlarga ham juda katta elektr kuch bilan taʼsir qilib, ularning elektronlarini harakatlantirish mumkin va bu holat dielektrik teshilish deyiladi. Siz uchqunni koʻrgan paytingizda havo molekulalari bilan aynan shu hodisa roʻy beradi.

    Quvvat
    Quvvat – bu (\[\text U\]) vaqt birligida bajarilgan ish. Quvvatning birligi joul/sekund, ushbu birlik xalqaro birliklar sistemasida vatt (uatt) deb ataladi.
    (\[1 \,\text{Vatt} = 1\,\text{joul}/\text{sekund}\])
    \[\text{quvvat} = \dfrac{\text dU}{\text dt}\]
    Elektr zanjiri quvvatni uzata oladi. Tok kuchi – vaqt birligida oqayotgan zaryad miqdori, kuchlanish esa birlik zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Biz ushbu taʼriflarni quyidagi quvvat formulasiga qoʻllaymiz:
    \[\text{quvvat} = \dfrac{\text dU}{\text dt} = \dfrac{\text dU}{\text dq} \cdot \dfrac{\text dq}{\text dt} = v \,i \]
    Elektr quvvat kuchlanishning tok kuchiga koʻpaytmasiga teng. Birligi – vatt.
    Xulosa
    Tok kuchi va kuchlanishning ushbu modellari bizni har xil qiziqarli elektr zanjirlarni ishga tushirishimizga yordam beradi.
    Agar biz kuchlanishning ushbu boshlangʻich tushunchasidan tashqari yana ham koʻproq oʻrganmoqchi boʻlsangiz, ushbu potensial va kuchlanishning matematik taʼrifini oʻqishimiz mumki[n
    Download 152,52 Kb.
    1   2   3   4




    Download 152,52 Kb.