Sementbeton qoplamalarga qo’yilgan talablar reja: Sementbeton haqida umumiy ma’lumotlar 2




Download 3.53 Mb.
bet1/4
Sana30.09.2023
Hajmi3.53 Mb.
#85726
  1   2   3   4
Bog'liq
diagnostika qilish fanidan
1 bob 2 bob, YOSH FIZIOLOGIYASI 2019(1), Импульсные схемы на операционных усилителях, Strelkali o\'tkazgichlar, Bayonnoma, Ryodan (1), 3-mavzu, murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi, portal.guldu (4).uz-ҳ, 1-t, Mustaqil ish Mirzaqulov Nazarbek, 9 olim javoblari, 2 nazorat ishi, amaliy tayyor, Laziz Norboyevkursishi

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI YM 111-21 GURUH TALABASI FAYZIYEV BEKJONNING AVTOMOBIL YO’LLARI DIAGNOSTIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI QABUL QILDI: RAVSHANOV JO’RABEK

1-Mavzu SEMENTBETON QOPLAMALARGA QO’YILGAN TALABLAR REJA: 1. Sementbeton haqida umumiy ma’lumotlar 2. Uning tuzulishi va xossalari 3. Unga qo’yilgan talablar

Beton - bu bog'lovchi, suv, agregatlar va maxsus qo'shimchalar aralashmasini (ma'lum nisbatda) qotib, yaxshilab aralashtirilgan va siqilgan holda olingan sun'iy tosh materialdir.Qattiqlashuvdan oldin bu aralashma deyiladi beton aralashmasi . Betonning asosiy xususiyatlaridan biri bosim yuklariga va past kuchlanish yuklariga nisbatan yuqori qarshilik: Rcom Rgrowth dan 10-12 baravar yuqori.

Betonning muhim xossalaridan biri uning zichligi bo’lib, u sement toshining zichligiga, tarkibini tashkil qiluvchilarning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Zichligi bo’yicha betonlar o’ta og’ir, zichligi 2500 kg/m3 va undan yuqori; og’ir, zichligi 1800...2400 kg/m3 ; yengil, zichligi 600...1800 kg/m3 va o’ta yengil, zichligi 600 kg/m3 dan kam turlarga bo’linadi. Bino va inshoatlarda, shuningdek, yo’l qurilishida qo’llanilishiga ko’ra betonlar quyidagi turlarga bo’linadi: oddiy betonlar; yengil betonlar; suv inshootlari betonlari; issiqbardosh betonlar; yo’lbop betonlar; kislotaga chidamli betonlar; qumli betonlar; mahsus betonlar va h. k.

Belgilangan maqsadiga qarab betonlar ma’lum talablarni qondirishi kerak. Ya’ni, oddiy temirbeton konstruksiyalar uchun ishlatiladigan betonlar talab doirasidagi mustahkamlikka ega bo’lishi lozim. Tashqi muhit sharoitida shuningdek, suv inshootlari, yo’l va aerodrom qoplamalariga ishlatiladigan betonlar uchun esa sovuqqa chidamlilik talabi ham qo’yiladi. Mahsus betonlarga esa xizmat vazifasini bajarish bilan bog’liq bo’lgan talablar qo’yiladi. Qo’yiladigan talablarning barchasini qoniqtiradigan betonni olish uchun, beton tarkibini to’g’ri loyihalash, beton qorishmasini tayyorlash, qoliplash va zichlashda tegishli tayyorlash ishlarini olib borish va betonning dastlabki qotishi davrida qarov o’tkazishni to’g’ri amalga oshirish zarur bo’ladi.


Yo’l qurilishida ishlatiladigan sement asosidagi betonlar keyinchalik “sementbeton”, to’ldiruvchilarning hili va yirikligi bo’yicha sinflanadi. Yirik donali sementbetonlar (yirik to’ldiruvchilarning o’lchami 40...70 mm gacha) asosan yo’l qoplamasining quyi (asos) qismini qurishda ishlatiladi. O’rta donali sementbetonlar (to’ldiruvchilarning o’lchami 20...40 mm) yo’l qoplamasining ustki hamda quyi (asos) qismini betonlash uchun, to’ldiruvchi-larning o’lchami 5...10 mm sementbetonlar esa asosan yo’l qoplamasining ustki qatlamini qurish uchun ishlatiladi. To’ldiruvchi donalarining o’lchamlari 5 mm gacha bo’lgan betonlar qumli (mayda donali) betonlar deyiladi va ular asosan yirik to’ldiruvchilarning zaxirasi kam bo’lgan joylarda ishlatiladi. Bunday betonlar bir va ikki qatlamli yo’l qoplamalarini qurishda qo’llaniladi. Ular yuqori mustahkamlikka ega bo’ladi, kam deformatsiyalanadi hamda, tashqi muhit ta’siriga chidamli hisoblanadi.

Download 3.53 Mb.
  1   2   3   4




Download 3.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sementbeton qoplamalarga qo’yilgan talablar reja: Sementbeton haqida umumiy ma’lumotlar 2

Download 3.53 Mb.