|
Elektron sxema
|
bet | 2/4 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 152,52 Kb. | | #108267 |
Bog'liq mustaqil ish (2)18-asr oʻrtalarida atmosferadagi E.ni, E. uchquni, E. razryadning biologik va fiziologik taʼsirini oʻrganish rivojlandi. Nemis olimi E.G.Kleyst va golland fizigi P. Mushen Bruk tomonidan leyden bankasining kashf etilishi (1745—46) E. hodisalarini va uning fiziologik taʼsirini oʻrganishga keng yoʻl ochib berdi. B. Franklin, rus olimlari M. Lomonosov va G. Rixmanlar tomonidan chaqmoqning elektr tabiati isbotlandi, uning E. nazariyasi yaratildi (1750—53). Akad. F. U. Epinus elektrostatik induksiya va zaryadlarning oʻtkazgich sirtida bir tekis taqsimlanmasligi hodisalari bilan shugʻullanib (1750), E. zaryadning saqlanish qonuni haqidagi oʻz fikrlarini aytdi. Italyan fiziklari L. Galʼvani (1786) va A. Volʼta (1792) tomonidan tajribalar asosida kontakt E. hodisalari oʻrganilib E.ning kimyoviy va kontakt manbalari kashf qilinganidan soʻng oʻzgarmas tok hosil boʻlishi namoyish qilindi, oʻzgarmas tokning taʼsirini jadal oʻrganish boshlandi va E.ni amaliy qoʻllashga birinchi urinishlar boʻldi. Rus fizigi V.V. Petrov elektr yoyni kashf etdi (1802), E.dan yoritish va metallarni pechlarda eritishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi. Asosiy elektr kattaliklar: tok kuchi, kuchlanish, quvvat
Tok kuchi, kuchlanish va quvvat haqida tushunchaga ega boʻlamiz.
Kuchlanish va tok kuchi elektr fizikasining eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektr fizikasining muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Zaryad
Elektr tushunchasi tabiatni kuzatishdan kelib chiqqan. Biz jismlar orasidagi taʼsirni kuzatganimizda gravitatsiyaga oʻxshash masofalar aro taʼsir qiladigan kuchga duch keldik. Bu kuchning manbai zaryad deb ataladi. Elektr kuchlarining eʼtiborli jihati shuki, ular gravitatsiya kuchlariga nisbatan ancha katta boʻladi. Gravitatsiyadan farqli oʻlaroq, zaryad ikki turga boʻlinadi. Turli ishorali zaryadlar oʻzaro tortishadi, bir xil ishorali zaryadlar esa oʻzaro itarishadi. Gravitatsiyaning faqatgina bitta turi bor: tortishish kuchi, itarish kuchi mavjud emas.
|
| |