5– bob. Robototexnik tizimlar va komplekslar




Download 300.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.04.2024
Hajmi300.61 Kb.
#193121
  1   2   3   4
Bog'liq
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-20201712598289004-1
Акцентологические нормы речи, Vliw arxitekturasi, 39071, 2, Dasturlash asoslari, Toplam-2-1, Bitiruv loyiha ishi Ортиқов З охиргиси, PKUdBTsnwv3NNst7KveRwDtmbTQHDCRxed8fhPhk, 01, 1-maruza, Elektr Energetika SILLABUS - Copy, ALGORITMLASH, BMI-3, Elektr energiyasining sifat ko`rsatkichlari, IZBASAROV T. praktika esbat


77 
5– BOB. ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR VA KOMPLEKSLAR 
5.1. RTK larga qo‘yiladigan umumiy talablar 
Robototexnik tizim deb shunday texnikaviy tizimga aytiladiki, unda 
energiya, massa va axborotlar bilan bog‘liq o‘zgartirishlar va aloqalar sanoat 
robotlaridan foydalanilgan holda aks etadi. 
Sanoat robotlari (SR) tomonidan bajara oladigan funksiyalar va 
operatsiyalarga ko‘ra robotlashtirilgan texnologik komplekslar va robotlashtirilgan 
ishlab chiqarish komplekslari farqlanadi. 
Bitta sanoat roboti o‘zaro harakatda bo‘ladigan bir yoki bir nechta 
texnologik jihozlardan hamda majmua ichidagi ishning to‘la avtomatik siklini va 
boshqa ishlab chiqarishlarning kirish va chiqish oqimlari bilan aloqalarni 
ta’minlovchi yordamchi jihozlar yig‘indisidan iborat ishlab chiqarish vositalarining 
avtonom harakat qiluvchi to‘plamiga robotlashtirilgan texnologik komplekslar 
deyiladi. Yig‘ish, payvandlash, bo‘yash kabi jarayonlarga oid asosiy 
operatsiyalarni bajaruvchi bitta sanoat robotidan hamda kompleks ichidagi 
texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan siklini to‘la ta’minlovchi yordamchi 
jihozlar yig‘indisidan iborat avtonom harakat qiluvchi ishlab chiqarishning 
texnologik vositalari to‘plamiga robotlashtirilgan ishlab chiqarish kompleksi 
deyiladi. 
Sanoat robotining ijro qurilmasi – robotning harakat funksiyalarini 
bajaruvchi qurilma. Uning tarkibiga manipulyator (M) va boshqarish qurilmasi 
(BQ) kiradi. 
Sanoat robotlari manipulyatorining ishchi a’zosi (organi) – robotning tashqi 
muhit bilan bevosita o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi qurilma. Odatda 
qisqichlash qurilmasi yoki ishchi asbob (asbob)ni bildiradi. 
SRning boshqarish qurilmasi berilgan programmaga ko‘ra ijro qurilmasiga 
boshqaruvchi ta’sirlarni shakllantirish va chiqarib berish uchun mo‘ljallangan. 
SRning o‘lchov qurilmasi boshqarish qurilmasi uchun robot va tashqi 
muhit holatlariga oid informatsiya yig‘ishni amalga oshiradi. 


78 
Xizmat ko‘rsatuvchi SR– yordamchi o‘tish va transport operatsiyalarini 
bajaruvchi robotdir. Masalan, yuklovchi, yuk tushiruvchi va transport robotlari. 
Operatsion sanoat roboti (SR)– texnologik operatsiyalar va ularning 
elementlarini, masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash va shunga o‘xshash 
operatsiyalarni bajaruvchi robotdir. 
Ishlab chiqarishni robotlashtirish – robotlardan keng qo‘lamda 
foydalanuvchi yangi texnologiyalar, yangi jihozlarni yaratish hamda ishlab 
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish prinsiplarini ishlab chiqish. 
SRni programmaviy (dasturiy) boshqarish – sanoat robotining ijro 
qurilmasi hamda u bilan birga ishlayotgan texnologik jihoz ustidan avtomatik 
boshqarish. 
Ishchi fazo (atrof) – SRning ishlash jarayonida robot manipulyatori ishchi 
organi harakatda bo‘la oladigan fazo. 
Sanoat roboti ishchi zonasining geometrik xarakteristikasi - robot ishchi 
zonasining chiziqli yoki burchak o‘lchovlari, kesim yuzasi yoki hajmi, yoki 
ularning birgalikda olingan to‘plami. 
Sanoat robotining bazaviy koordinatalar sistemasi – robot ishchi zonasining 
geometrik xarakteristikalari beriladigan koordinatalar sistemasi. 
Sanoat robotining harakatchanlik darajasi soni – sanoat roboti 
manipulyatori kinematik zanjirining erkinlik darajasi soni hamda robot harakat 
qurilmasining erkinlik darajasi soni bilan aniqlanadi. 
SRning nominal yuk ko‘tarish qobiliyati – ishlab chiqarish predmeti yoki 
ishchi asbobning (asbobning) qisqichlab, ushlab turilishi kafolatlangan 
massasining eng katta qiymati bilan xarakterlanadi. 
Ishchi organining pozitsiyalashtirish xatoligi – ishchi organ pozitsiyasining 
boshqarish programmasi tomonidan berilgan holatiga nisbatan chetlanishi. 
Sanoat robotining pozitsiyalashtirilgan boshqarilishi – robot ijro 
qurilmasining harakatini vaqt bo‘yicha ishchi fazo nuqtalarining oralarida nazorat 
qilmagan holda ishchi nuqtalarining tartiblangan chekli ketma-ketligi orqali 
programmalashtiruvchi programmaviy boshqarish turi. 


79 
Sanoat robotini konturli boshqarish - robotlarning sinalayotgan qurilmalari 
harakatini ishchi fazoda tezlik bo‘yicha uzluksiz nazorat qilgan holda traektoriya 
shaklida programmalashtiruvchi boshqarishning programmaviy turi. 
Sanoat robotini adaptiv boshqarish – boshqarish algoritmini bevosita 
boshqarish jarayonida tashqi muhit va robot holatlari funksiyasiga bog‘liq holda 
o‘zgartirib turadigan boshqarish turi. 
Sanoat robotlarini guruhlab boshqarishodatda EhM asosida 
boshqarishning umumiy sistemasiga birlashtirilgan bir nechta robotlarni 
boshqarish jarayoni. 
Sanoat robotlarini programmalash (dasturlash) – sanoat robotini 
boshqaruvchi programmani tuzish, uni boshqarish qurilmasiga kiritish (joylash) 
hamda sozlash jarayoni. 
Robototexnik tizimlar va komplekslarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish asosiy va yordamchi uskuna va 
jihozlarga hamda RTK boshqarish organlariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning 
bemalol, qulay va xavfsiz yaqinlashishini ta’minlashi kerak. 
2. Joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash jarayonida 
SRbilan operator harakat yo‘llarining kesishib o‘tish hollarini chiqarib tashlashi, 
ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
3. RTKlar odamning sanoat roboti harakat doirasiga kirib qolishi 
ehtimolidan qutqaruvchi himoya vositalari, yorug‘lik vositalari holida to‘siqlar 
bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
4. RTKlarni himoyalash vositalarining o‘rnatilishi: 1) asosiy uskuna-
jihozlar hamda SRning texnologik imkoniyatlarini 
chegaralamasligi, 
2) 
ularga 
xizmat 
ko‘rsatish 
qulayligini 
yomonlashtirmasligi kerak. 
5. RTKlarning boshqarish vositalarini o‘rnatish SRlarining falokatli 
hollarda o‘chirish organlariga bemalol va tezkorlik bilan yaqinlashish imkoniyatini 
hamda sozlash rejimida SRni boshqarishda operator xavfsizligini ta’minlashi zarur. 


80 
6. RTKlarni joylashtirishni rejalashtirish SRning dastur bo‘yicha ishlash 
jarayonida operatorning SRish doirasidan tashqarida bemalol harakat qilishini 
ta’minlashi zarur [7]. 

Download 300.61 Kb.
  1   2   3   4




Download 300.61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5– bob. Robototexnik tizimlar va komplekslar

Download 300.61 Kb.
Pdf ko'rish