Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi




Download 164,67 Kb.
bet4/5
Sana26.11.2023
Hajmi164,67 Kb.
#106004
1   2   3   4   5
Bog'liq
referat 1

4.Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi

Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi (MSKT) – mahsulotning bir turdagi guruhlari va muayyan turlari sifati koʻrsatkichlarining nomenklaturasini, shuningdek mahsulot sifati koʻrsatkichlari mezonlari va nomenklaturasining qoʻllanish doirasini oʻrnatuvchi standartlar majmuidir. MSKT mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi tarmoqlarini qamraydi va umumiy qoidalar va me’yorlarni; atamalar va ta’riflarni; sifat koʻrsatkichlarining nomenklaturasini; sinash usullarini oʻrnatadi.


Umumiy holda me’yoriy hujjatning ilmiy-texnikaviy darajasini nisbiy baholash lozim boʻlgan sifat koʻrsatkichlarining tafsilotlariga quyidagilar kiradi:


1. Vazifa koʻrsatkichlari – oʻzi bajarishi lozim boʻlgan asosiy vazifalarni aniqlovchi mahsulot xossalarini tavsiflaydi va qoʻllanish sohasini belgilaydi.
Vazifa kursatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi:
a) vazifa va texnik samaradorlik koʻrsatkichlari
 ish unumi;
 gazlamaning puxtaligi;
 oziq-ovqat mahsulotlari va b. ning kaloriyalikligi.
b) konstruksiya koʻrsatkichlari:
 gabarit oʻlchamlari(eng katta tashqi oʻlchamlari);
 yig’ish koeffisiyenti (bloklik koeffisiyenti);
 oʻzaro alnashinuvchanlik koeffisiyenti va b.; v) tarkib va tuzilma koʻrsatkichlari:  poʻlatda legirlovchi qoʻshimchalarning foiz miqdori;
 kislotalarda turli aralashmalar konsentrasiyasi;
 gazlamada sintetik tolalar miqdori;
 oziq-ovqat mahsulotlari va b. da foydali moddalar mikdori.
2. Puxtalik koʻrsatkichlari
a) buzilmay ishlashlik – obyektning ma’lum vaqt davomida yoki ma’lum hajmdagi ishni bajarish davrida oʻzining ish imkoniyatini uzluksiz saqlash xususiyatini tavsiflaydi. Buzilmay ishlashlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
 buzilmay ishlashlik ehtimoli;
 buzilish jadalligi;
 buzilishgacha bajargan oʻrtacha ish hajmi va b.
b) Koʻpga chidamlilik (umrboqiylik) – obyektning belgilangan texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash tizimida chekka holatga kelguncha oʻzining ish qobiliyatini saqlash xususiyatini tavsiflaydi. Koʻpga chidamlilik koʻrsatkichlari:
 oʻrtacha ish resursi;
 belgilangan ish resursi;
 gamma-foiz resursi;
 resurs va b. v) ta’mirga yaroqlilik – obyektning buzilishlarni oldini olishga va buzilish sabablarini aniqlashga hamda ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish yoʻli bilan buzilish oqibatlarini bartaraf etishga moslanganlik xususiyatlarini tavsiflaydi.

Ta’mirga yaroqlilik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:


 ish qobiliyatini tiklash ehtimolligi;
 ish qobiliyatini tiklashga sarflanadigan oʻrtacha vaqt va b.; Tiklanuvchanlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
 sifat koʻrsatkichining belgilangan qiymatigacha tiklash oʻrtacha vakti;
 tiklash darajasi (tiklangandan keyin sifat koʻrsatkichi qiymatining ushbu sifat koʻrsatkichining belgilangan yoki boshlang’ich qiymatiga nisbati) va
b. Izoh - Mahsulotlar va materiallar xossalarining saqlash va tashishdan keyin tiklanishga moslanganligi tiklanuvchanlik koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi. g) saqlanuvchanlik – obyektning tuzuklik va ishga qobiliyatlilik holatini yoki mahsulotning iste’mol kilishga yaroqlilik holatini saqlash davomida va saqlashdan keyin va (yoki) tashishdan keyin saqlash xususiyatini tavsiflaydi. Saqlanuvchanlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
 saqlanuvchanlikning oʻrtacha muddati;
 saqlanuvchanlikning gamma-foiz muddati va b.
3. Boyliklar (resurslar)ni tejash koʻrsatkichlari – mahsulotning xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiyani va foydalanish (iste’mol qiliщ)da mehnat resurslarini talab etishi darajasi boʻyicha uning texnik mukammalligini aks ettiruvchi xossalarini tavsiflaydi. Boyliklarni tejash koʻrsatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi: a) xom ashyo va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish kursatkichlari, jumladan:
 xom ashyoning solishtirma sarfi;
 materiallarning solishtirma sarfi;
 belgilangan sharoitlarda xom ashyoning nobud boʻlishi;
 belgilangan (reglamentlangan) sharoitlarda materiallarning nobud boʻlishi va b. b) energiya iste’molining tejamlilik koʻrsatkichlari, jumladan:
 yoqilg’ining solishtirma sarfi;
 energiya (energiya tashuvchi) ning solishtirma sarfi;
 foydali ish koeffisiyenti va b. Energiyadan tejamli foydalanish koʻrsatkichlari sifatida, odatda, solishtirma koʻrsatkichlardan, yani sarflanadigan energiya va (yoki) yoqilg’ining ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan foydali ish hajmiga (ish birligiga) nisbatidan foydalaniladi. v) mehnat resurslaridan tejamli foydalanish koʻrsatkichlari:
 mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilinganda) umumiy mehnat sarfi;
 mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilganda) asosiy koʻrsatkich birligiga solishtirma mehnat sarfi va b. Xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va mehnat resurslaridan tejamli foydalanishni tavsiflovchi umumlashtirilgan koʻrsatkichlar sifatida mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va foydalanish (iste’mol qilish) dagi sarf-xarajatlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar qoʻllanilishi mumkin.
4. Ergonomik koʻrsatkichlar “inson – buyum” (jumladan, “inson – mashina”) tizimini tavsiflaydi va inson hayotida sodir boʻladigan gigiyenik, antropometrik, fiziologik va psixologik xususiyatlar majmuini hisobga oladi Ergonomik koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
 shovqin darajasi;
 yorug’lik darajasi;
 harorat darajasi;
 mahsulot konstruksiyasining insonning tezlik imkoniyatlariga muvofiqligi;
 mahsulot konstrukdiyasining insonning kuch imkoniyatlariga muvofiqligi va b.
5. Estetik koʻrsatkichlar axborotning ma’noligi, shaklning maqbulligi, tuzilishi (kompozisiya)ning butligi va mukammal tayyorlanganligi bilan tavsiflanadi va quyidagi koʻrsatkichlardan iborat:
 asl nusxaligi;
 uslubiy muvofiqligi;
 modaga muvofiqligi;
 vazifasi-konstruksiyasi jihatdan moslanganligi;
 hajmiy-fazoviy tuzilmaning tartibliligi;
 ranglar uygʻunligi;
 sirtning puxta qoplanganligi va bezatilganligi;
 firma belgilari, koʻrsatkichlari, oʻramlari va b.ning aniq va puxta bajarilganligi
6. Texnologiklik – mahsulot tarkibi va tuzilmasini yoki konstruksiyasining ishlab chiqarishda, foydalanishda va sifat koʻrsatkichlarini, ishlab chiqarish va ishlarni bajarish sharoitlarini tiklashda xarajatlarning eng kam boʻlishini ta’minlay oladigan xossalarini tavsiflaydi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
 mahsulotni tayyorlashdagi solishtirma mehnat sarfi;
 materialning solishtirma sarfi;
 energiyaning solishtirma sarfi;
 ushbu turdagi texnik xizmat koʻrsatish (ta’mir) ning bir martalik oʻrtacha mehnat sarfi.
7. Tashishga moslanganligi – mahsulotning ochiq joyda koʻchishga (tashishga), ya’ni mahsulotdan foydalanish (iste’mol qilish) bilan bog’liq, boʻlmagan harakatlarga moslanganligini tavsiflaydi. Tashishga moslanganlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
 mahsulotni tashishga tayyorlash oʻrtacha vaqti;
 mahsulotni tashishga tayyorlaщda oʻrtacha mehnat sarfi;
 mahsulotni ma’lum turdagi tashish vositasiga ortishda oʻrtacha vaqt sarfi;
 mahsulotni ma’lum turdagi tashish vositasidan tushirishda oʻrtacha vaqt sarfi;
 tashish vositasining sig’imidan foydalanish koeffisiyenti.
8. Standartlashtirish va birxillashtirish koʻrsatkichlari mahsulotning standart, birxillashtirilgan va original tarkibiy qismlar bilan boyitilganligini, shuningdek boshqa buyumlar bilan birxillashtirilish darajasini ifodalaydi. Standartlashtirish va birxillashtirish koʻrsatkichlariga:
 qoʻllanuvchanlik;
 takrorlanuvchanlik;
 birxillashtirilish koeffisiyentlari va b. kiradi.
9. Patent-huquqiy koʻrsatkichlar mahsulotda foydalanilgan texnik yechimlarning yangilanganlik darajasini, ularning patent bilan himoyalanganligini, shuningdek mamlakat ichida va xorijda xaridga toʻsiqsiz qoʻyish imkonini tavsiflaydi. Patent-huquqiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
 patent bilan himoyalanganlik koʻrsatkichi;
 patent tozaligi koʻrsatkichi va b.
10. Ekologik koʻrsatkichlar mahsulotdan foydalanganda yoki iste’mol qilganda sodir boʻladigan atrof muhitga zararli ta’sir darajasini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlarni tanlash va aniqlashda atrof muhitni muhofazalash talablari hisobga olinadi. Ekologik koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
 atrof muhitga chiqarib yuboriladigan zararli aralashmalarning ruxsat etilgan miqdori;
 mahsulotni saqlash, tashish, ishlatish yoki iste’mol qilishda atrof muhitga zararli zarrachalar, gazlar, nurlanishlarni chiqarib yuborishi ehtimolligi va b.
11. Xavfsizlik koʻrsatkichlari mahsulotning ishlatishda (iste’mol qilishda) inson hayotiga, sog’ligiga va mulkiga, atrof muhitga xavfsizligi xossalarini va xususiyatlarini tavsiflaydi. Xavfsizlik koʻrsatkichlari me’yoriy hujjatlarda mahsulot koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha rahbariy hujjat (Oʻz.RH 51-010:1998) ga asosan mahsulot turlari boʻyicha shakllantiriladi, masalan, elektrotexnik jihozlar va buyumlarning xavfsizlik koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:
 elektr tokidan shikastlanishdan saqlanish klassi;
 boshqarish, xizmat koʻrsatish, ekspluatasiya qilishda mehnatning xavfsizligi;
 izolyasiyani doimiy tekshiruvchi qurilmaning mavjudligi;
 shovqin darajasi;
 azot oksidlari, karbon (uglerod) va boshqalarni atrof-muhitga chiqarib yuboriladigan solishtirma miqdori. Sut va sut mahsulotlari uchun:
 kislotalilik;
 mikrobiologik koʻrsatkichlar;
 pestisidlar, og’ir metallar, aflotoksinlar va b. ning qoldiq miqdori. Demak, MSKT standartlarida koʻrsatilgan mahsulot tavsiflari majmui va Oʻzbekiston me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan rioya qilish majburiy boʻlgan talablar majmui mahsulot sifatini tashkil etadi va standartlashtirish bilan ta’minlana

XULOSA


Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan. Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar. 1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o’ljasi hisoblanadi. Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo va Yevropa tomonidan ham hujum uyushtirilmoqda. Qo’shma SHtatlarda ko’plab mahsulot turlarining takomillashuv darajasi aniqlanmaydi. Prezident R. Reygan “Xьyulett – Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. Yangga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini izlash bilan shug’illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga Yang javoban quyidagicha ta’kidladi: “So’nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan. Tashqi savdo taqchilligining rekord darajasiga yetishi, yuqori texnologik sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan 5 mahsulotlar savdosida jahon bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlarining pasayishi, mehnat unumdorligining sust o’sishi va real ish haqi o’sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi1 ”. Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ular alohida yo’nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o’n yilga ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan. HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko’p hollarda iste’mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan. HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo’yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo’llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o’z ichiga oladi.



Download 164,67 Kb.
1   2   3   4   5




Download 164,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot sifati koʻrsatkichlari tizimi

Download 164,67 Kb.