|
Javob qaytargan shahsni ham Xitoy deb o‘ylashi ehtimoli juda katta. Chunki u o‘zi bergan tilda javob oldi!
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 24,53 Kb. | | #139346 |
Bog'liq 88 (30)
javob qaytargan shahsni ham Xitoy deb o‘ylashi ehtimoli juda katta. Chunki u o‘zi bergan tilda javob oldi!...
Syorl va Tyuring testlari orasidagi bahs uzoq davom etdi. Lekin Tyuring ko‘p o‘tmay o‘z joniga qasd qilidi va bu boradagi bahslar biroz tinchib qoldi. Qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, tyurin va Syorl zamoni bo‘lgan 50-60 yilldarda ham sun'iy intellekt masalasi shunchaki keskin ilmiy munozaralar ko‘rinishidan nariga o‘tmagan. Olimlar sun'iy intellektning haqiqiy "basharasi"bilan yaqin orada yuzma-yuz kelishlariga ishonishmas edi. Biroq, 1976 yilda ikki matematik olimlar - Kennet Appel (1932-2013) va Volfgang Xaken (1928 yilda tug‘ilgan) butun ilm-fan olamini hayratda qoldiruvchi bayonot bilan chiqish qilishdi. Ular to‘rtta rang haqida'gi teoremani kompyuter vositasida isbotlashganini ma'lum qilishgan edi. To‘rtta rang haqidagi teoremaning mohiyati shundaki, u istalgan turdagi haritani faqat to‘rt xil ranglar bilan bo‘yash va bunda umumiy chegaraga ega bo‘lgan istalgan ikkita hudud turli xildagi ranglar bilan yaqqol farqlanib turishi kerak bo‘ladi. Appel va Xakenlarning bayonoti ikki karra syurpriz bo‘lib chiqdi. Birinchidan, ular matematika tarixida deyarli bir asrdan ziyodroq vaqt mobaynida isbotlanmay kelaytotgan muhim teoremani isbotlashgan bo‘lsa, ikkinchidan, ular o‘z isbotlarini o‘zlarining muayyan ilmiy mulohazalari va amaliy tajribalari vositasida emas, balki, o‘z davrining ilg‘or elektron hisoblash mashinasi sanalgan IBM 370-160 kompyuterida bajarishgan edi. Teoremani isbotlash uchun kompyutergan 1200 soat, boshqacha aytganda 50 kun vaqt kerak bo‘lgan...
o‘shanda olimlar endilikda haqiqatan ham mashinalar qandaydir bir ta'qiqlangan hududga qadam qo‘yagini haqida jiddiyroq o‘ylay boshlashdi. Mashina isnongagina xos bo‘lgan deduktuv fikrlash xossasini o‘zlashtirgandek edi go‘yo. Boz ustiga u yuz yildan ortiqroq vaqt davomida eng zehni o‘tkir matematiklar ham tagiga yetolmagan murakkab masalani nisbatan qisqa muddatda - 50 kunda hal qilib beragndi. Appel va Xakenning olamshumul isbotlashidan 13 yil o‘tib, yana bir muhim matematik teorema - 10-chi tartibli loyihaviy tekislikning mavjud emasligini uzil-kesil isbotlovchi amaliyot CRAY kompyuteri vositasida bajarildi. 100 soatdan sal ortiq muddat davom etgan isbotlash jarayonida CRAY teorema talab qiladigan barcha holatlarni (ularning umumiy soni milliarddan ziyod) tahlil qilib chiqdi. Kompyuter, ya'ni, inson qo‘li bilan yasalgan mashina vositasida ikkinchi murakkab teoremaning isbotlanishi, sun'iy intellekt borasida jiddiy o‘zgarishlar davri kelganligidan darak berardi. Zero endilikda kompyuterlar shunchaki hisob-kitob bilan bog‘qliq matematik amallarni avtomatik bajarish bilan cheklanib qolmay, balki mulohaza yuritish va variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish bo‘rasida ham insonga dov berishga kirishishgandi. Lo‘nda qilib aytganda, mashinalarda avtomatik mulohaza qilish xossasi paydo bo‘ldi deb qarala boshlagandi.
Inttellektning sun'iy turi haqidagi bahslarning avj olishiga sabab bo‘lgan yana bir narsa - mashina hamda inson o‘rtasida yuksak intellektual salohiyatni taqozo etuvchi o‘yinlarni tashkil qilish, xususan kompyuter va grossmeyster o‘rtasida shaxmatni bahsini o‘tkazish g‘oyasi bo‘lgan. Shaxmat matematikada mumtoz kombinatorikaga oid murakkab masala sifatida qaraladi hamda, ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilanoq, barcha zamonlardagi dasturchilar orasida, shaxmat o‘yinini avtomatlashtirish borasida uncha-muncha urinishlar muttasil bo‘lib kelgan. Biroq shunga qaramay, uzoq vaqtgacha (hozir ham) kompyuterga oddiy inson shaxmatchini yengishga qodir intellktual uslublar tizimini yuklashga bo‘lgan urinishlar samarasiz ketmoqda. Tasavvur qiling, kompyuter dasturiga biz shaxmat o‘yini qoidalarini algoritmini kiritdik. Kompyuter esa, shaxmatda yuzaga keladigan har bir vaziyatdan eng optimal yurishni tanlashi kerak. Shaxmatdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yurishlar miqdori esa 10123 taribli raqam, boshqacha aytganda, bu butun koinotdagi elektronlar sonidan ham ziyod raqam deb qaraladi. Ya'ni, barcha ehtimoliy yurishlar variantlarini xotirada saqlay olishi uchun, kompyuter xotirasi koinotdek katta bo‘lishi kerak! Bu esa mutlaqo imkonsiz narsadir. Ko‘rinib turibdiki, Xitoycha xona yoki, Tyuring testidan farqli o‘laroq, shaxmat borasidagi intellktual uslublarni mexanik vositada - kompyuterda immitartsiya qilishning imkoni yo‘q. Balkim siz kompyuter tomonidan jahonning eng yetakchi grossmeysteri - jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etilganini eshitgandirsiz va shu asosga ko‘ra, kompyuterning shaxmat salohiyatini yuqorida pasaytirib yuborganimizni aytmoqchi bo‘larsiz. Gap shundaki, o‘shanda (1996 yil) istisnosiz ravishda faqat shaxmat o‘yini uchun dasturlangan Deep blue superkomyuteri (!) avvaliga oltita partiyadan to‘rttasida Kasparovga yutqazgan (4:2)! Insonga qarshi, soniyasiga 100 millionta yurishni tahlil qila oladigan va eng maqbul variantni tanlay oladigan mashina qarshi chiqqan edi. Shunda ham Kasparov g‘olib chiqdi! Keyin esa Kasparovga qarshi, Deep Bluening yanada kuchaytirilgan, soniyasiga 200 million yurishnu tahlil qilib, eng maqbulini tanlay oladigan modifikatsiyasi qarshi qo‘yildi. Bu safar esa mashina g‘olib keldi. Lekin Kasparov piyodani qurbon qilish orqali qarshi hujumga o‘tishni rejalashtirgan holatda, kompyuter dasturi o‘rniga biror inson aralashib yurishni amalga oshirgan degan shubha mavjud. Zero kompyuter har qancha kuchli bo‘lmasin, bu kabi "ayyorona yurish"larning mohiyatini anglashi mumkin emas deb hisoblardi Kasparov. o‘yin yakunida u e'tirozini IBM kompaniyasiga ma'lum qilganida, kompaniya vakillari kompyuterning o‘yin davomida qilgan barcha yurishlari va uni mashina bosqichida bajarilishiga javob beruvchi barcha algoritmlarni chop etib, xolis ekspertlar guruhiga havola qilishga va'da berishgan edi. Lekin oradan mana qariyb 20 yil muddat o‘tsa hamki, IBM o‘sha o‘yin natijasinining algoritmik hisobotini yashirib, sir saqlab kelmoqda. Bu esa, itellektual o‘yinga g‘irromlik aralashgani haqidagi shubhalarni asosli deb qaralishini taqozo etadi. Ya'ni, insonni sun'iy intellekt emas, baribir, o‘zi singari insonning aralashuvi mag‘lub etgan bo‘lib chiqmoqda.
Agar basharti, kompyuterning shaxmatda odamni yutganini baribir tan olishga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham, mashinaning intellektga ega ekanligi borasida boshqa bir, o‘xshash o‘yin-tajriba bilan tekshiruv o‘tkazish mumkin. Masalan, qoida va o‘ynalishiga ko‘ra shaxmatga juda yaqin bo‘lgan xitoycha Go o‘yini bor. Bu o‘yin shaxmatga qaraganda ancha sodda va yurishlar soni ham unchalik ko‘p emas. Lekin, Go o‘yinini mashina va inson o‘rtasida o‘tkazilsa, shaxmatdagidan farqli o‘laroq, bunda yosh, tajribasiz o‘yinchi ham kompyuterni juda osonlik bilan yutib qo‘ya oladi. Sababi shaxmatda muayyan donalarning qiymati turlicha va ularning yurishdan keyingi egallaydigan eng optimal vaziyatini tahlil qilish mumkin. Lekin go o‘yinida hamma donalarning qiymati bir xil va go taxtasi ham shaxmat taxtasidan ko‘ra deyarli 5 barobar kattaroq bo‘ladi. Shunga muvofiq yurishlar variantlari ham yanda ulkan raqamni hosil qiladi. Qolaversa, go o‘yinidagi har bir yurish keyingi yuzlab yurishlarga ta'sir qiladi. Kompyuter esa, qanchalik tezkor bo‘lmasin, bu darajadagi ko‘p variantlar ichidan eng maqbulini oldindan ko‘ra bilmaydi va tanlay olmaydi ham. Shunday ekan, sun'iy intellektning salohiyati insonniki bilan tenglasha olishi haqidagi gaplar yana soyada qolib keta boshlamoqda. Yuqoridagilardan xulosa qilsak, haqli savol tug‘iladi: kompyuter biz uchun (bizning o‘rnimizga) fikrlay oladimi?
Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt tushunchasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha g‘ayrioddiy ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda "intellektual" deb nomalanadigan mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini ma'lum qilish bo‘lmoqda xolos. Ba'zan turli OAVlar orqali og‘iz ko‘pirtirib shov-shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intellektual salohiyati aytaylik o‘rtamiyona bilim darajasidagi o‘rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga aylanib bormoqda. Yorqin misol sifatida aeroportlarda parvozlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin. Ular, mavjud meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish jadvali, masofa, tezlik va shunga o‘xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga - muhandisga eng maqbul rejim haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot imkoniyatini ham shu qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol uchuvchini o‘rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ular dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozuilgan muayyan algortim doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko‘zda tutilmagan favqulodda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng mukammal intellektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek go‘yo. Zero, sun'iy mulohaza yuritadigan, to‘g‘rirog‘i avtomatik tahlil qiladigan mashinalar, balki tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti biznikdan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondoshuv, hissiyot, hamda avvaldan biror narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun'iy intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan!
Maqola so‘ngida qiziq bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ma'lumki, har qanday kompyuter, demakki, sun'iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi asosida ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot beriladi. Atiga ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. 1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli xildagi hisob-kitob amaliyotlarni kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning barchasida natija noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri ishlaganini isbotlab berdi. Demak, sun'iy intellekt-kompyuter hamma masalani ham to‘g‘ri hal qila olmasligining jiddiy ilmiy asosi bor ekan. Shu asosga ko‘ra, qo‘rqmay aytish mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera olmaydi. Uning ayrim xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib ketishi esa, tezkorlik xossasi evaziga xolos... Fikrlaydigan mashina, yoki sun'iy intellekt esa, hozircha fantast yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi o‘laroq qolib ketmoqda. Balki shu yaxshidir?!...
Suniy intellektning soxalarda yechadigan masalasi.
|
| |