• Kalit so‘zlar
  • Nutqiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning asosiy elementlari tasnifi




    Download 277,5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana13.09.2024
    Hajmi277,5 Kb.
    #270942
      1   2
    Bog'liq
    Nut. Kom. maqsad vazi



    Nutqiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati 
    hamda uning asosiy elementlari tasnifi 
     
    Nodira O’tkir qizi Sattarova 
    Nizomiy nomidagi TDPU 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada kompetensiya va nutqiy kompetensiya 
    tushunchasining mazmun-mohiyati, o‘quvchilarning nutqiy imkoniyatlarini 
    oshirishning ahamiyati hamda nutqiy kompetensiyani tashkil etuvchi asosiy 
    elementlar haqida fikr yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar:
    ta’lim, kompetensiya, nutqiy kompetensiya, kompetentlik
    elementlar, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish 
    The essence of the concept of speech competence and the 
    classification of its main elements 
    Nodira O’tkir kizi Sattarova 
    TSPU named after Nizomi 
    Abstract: 
    This article discusses the essence of the concept of competence and 
    speech competence, the importance of increasing students’ speech abilities, and the 
    main elements that make up speech competence. 
    Keywords:
    education, competence, speech competence, competence, elements, 
    listening comprehension, speaking, reading, writing 
    Har qaysi mamlakatda olib boriladigan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar 
    negizida, avvalambor, ta’lim tizimi va turlarini yanada takomillashtirish eng muhim 
    va dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz 
    Sh.Mirziyoyevning: “Agar mendan sizni nima qiynaydi, deb so‘rasangiz, 
    farzandlarimizning ta’limi va tarbiyasi deb javob beraman”, deya aytgan e’tiroflari, 
    bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida o‘sib 
    kelayotgan yosh avlodning kelajagi, mukammal bilim sohiblari bo‘lib kamol 
    topishlari va yorqin istiqboli masalasi yotganligini ko‘rsatadi[2]. 
    Xususan, boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarni mustaqil 
    fikrlovchi shaxs sifatida hayotiy jarayonlarga tayyorlab borish masalasi o‘z kelajagi 
    hamda jamiyat taraqqiyoti uchun mas’uliyatni his eta oladigan barkamol avlodni 
    voyaga yetkazish maqsadini o‘zida ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda 
    ta'lim mazmunida ahamiyati tobora ortib borayotgan “kompetensiya” tushunchasi 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    June 2023 / Volume 4 Issue 6
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    696


    xususida to‘xtalish joiz. Zero keyingi yillarda til ta’limiga kommunikativ yondashuv, 
    integrar yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv kabi yangicha yondashuvlar tatbiq 
    etilmoqda. 
    Kompetensiya - u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlikdir. Kompetensiya (lot. 
    “compete” - erishyapman, munosibman, loyiqman) - fan bo‘yicha egallangan nazariy 
    bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va 
    nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir[3]. 
    Kompetensiya tushunchasining ta’lim mazmuniga tatbiq etilishi zamirida 
    o‘qitish tizimiga nisbatan yangicha yondashuv, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasi 
    yotadi, albatta. Hozirgi zamon talabiga monand tarzda endilikda o‘quvchilarga 
    faqatgina ilmiy-nazariy bilimlar berish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki bolalarning 
    dunyoqarashini kengaytirish, ularni mustaqil mushohada eta oladigan, egallagan 
    bilimlarini kundalik hayotga ham ongli ravishda tatbiq qila oladigan shaxs sifatida 
    shakllantirish maqsadida “kompetensiya”, “kompetentlik” tushunchalarini har bir 
    darsning asosiy maqsadi mazmuniga singdirishga urg‘u berila boshlandi.
    Kompetensiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim 
    mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. 
    Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni 
    aniqlab ham, baholab ham bo‘lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni 
    bo‘lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor 
    qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi [5]. 
    Zamonaviy yondashuvlar o‘qitish jarayonida pedagogik va axborot 
    texnologiyalarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchilarda tayanch va fanga oid 
    xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Ma’lumki, o‘quvchilarda 
    shakllantiriladigan kompetensiyalar ikki turga ajratiladi: tayanch va fanga oid 
    kompetensiyalar. Ayrim manbalarda esa kompetensiyalarning quyidagi 3 turi 
    tasniflangan:
    1. tayanch kompetensiyalar;
    2. umumiy (predmetli) kompetensiyalar;
    3. xususiy kompetensiyalar.
    O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan 
    kompetensiyalar 
    tayanch kompetensiya
    , faqat o‘quv fani orqali shakllantiriladigan 
    kompetensiyalar 
    xususiy kompetensiyalar
    deyiladi [1]. 
    Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 komponentini rivojlantirishni 
    nazarda tutadi: 
    1.
    tinglab tushunish
    (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi 
    asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish);
    2.
    gapirish
    (monologik, dialogik ogʻzaki nutq turlarida oʻz shaxsiy qarashlari va 
    fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish koʻnikmalarini rivojlantirish);
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    June 2023 / Volume 4 Issue 6
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    697


    3.
    oʻqish
    : mavzuga oid materiallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop 
    materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) oʻqish;
    4.
    yozish
    (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish 
    qogʻozlarini yuritishni bilish) [1]. 
    O‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarining shakllanganligi quyidagi mezonlar 
    orqali namoyon bo‘ladi: 

    o‘qituvchi nutqini, video va audiomatnlarni (multimedia ilovalari) va 
    topshiriqlarni tinglab tushuna oladi;

    rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, 
    nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;

    mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda 
    ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; 

    so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini, bir unli tovush bo‘g‘in 
    hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari 
    ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi;

    x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi; 

    bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi; 

    mash’al, ma’qul, ta’lim, jur’at, ta’zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga 
    bo‘lib yoza oladi; 

    lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasmli diktant yoza oladi hamda gaplarni 
    rasmlar tartibida ko‘chira oladi [4]. 
    Kompetensiyaga hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashxis qo‘yish va baholash 
    mumkin emas, balki har doim uning samaradorligi nuqtai nazaridan bilvosita anglash 
    mumkin. Zamonaviy ta’limdagi kompetensiyaga asoslangan yondashuv - olingan 
    bilimlarni qo‘llash qobiliyatiga e’tiborni qaratish usulidir. 
    XULOSA 
    Yurt taraqqqiyoti yoshlarning kelgusida qanday shaxs bo‘lib kamol topishiga 
    uzviy bog‘liqdir. Farzandlarimizning kelajagi poydevori bo‘lmish boshlang‘ich ta'lim 
    tizimini yanada isloh qilish esa bu boradagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. 
    Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali 
    o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan 
    ishlay olish, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, 
    umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
    bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan [1]. 
    Bu jarayonni amalga oshirishda esa, avvalo o‘qituvchi o‘zining egallab turgan 
    lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega bo‘lmog‘i lozim. Shundagina u 
    pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil eta oladi. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, 
    halollik, rostgo‘ylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    June 2023 / Volume 4 Issue 6
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    698


    yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Bu kabi fazilatlari orqali pedagog yuksak 
    ma’naviyatli, teran fikrga ega yetuk shaxslarni kamol toptirishi shubhasizdir. 

    Download 277,5 Kb.
      1   2




    Download 277,5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nutqiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning asosiy elementlari tasnifi

    Download 277,5 Kb.
    Pdf ko'rish