3-mavzu: Nutqiy kompetensiya va lingvistik kompetensiyalarni dts da qo’yiladigan talablar. Reja




Download 58.59 Kb.
bet1/17
Sana03.02.2024
Hajmi58.59 Kb.
#151040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mavzu
Doc1, Top 1000 Java Interview Questions Includes Spring, Hibernate, Microservices, ПУЭ-2011 на сост 2014 окт, 1-laboratoriya, 5. Algoritm tushunchasi va turlari. Chiziqli algoritm, 1-topshiriq, 3-amaliy mashg\'ulot. Baxtsiz hodisa, Документ Microsoft Word, 402-408, асилбек-корейс, 6IMoUpI8oFaNBnzEczKXi5YuvZGufOp2484ISodd, 63ed0704130b8 19 respublika ilmiy onlayn 10-TA, Kurs ishi bajardi S2-kt-21 guruh talabasi-fayllar.org, uch o\'lchamli modellashtirish oqitish materiallar to\'plami (2), n.xudayberganov sh.hasanov til va madaniyat

3-mavzu: Nutqiy kompetensiya va lingvistik kompetensiyalarni DTS da qo’yiladigan talablar.
Reja:


3.1. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.
32. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rgatishning ahamiyati.
3.3. O‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.
3.4. Ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari.
3.5. Ona tili talablari.


Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili, metod, metoika, ona tili o‘itish metodikasining predmeti, til, nutq, tamoyil, tekshirish usullari, o‘qish, yozish.

Mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta'limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o‘quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo‘llashga o‘rgatish tusuniladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta'lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umum-madaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini topishi, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishlari va darslar davomida o‘quvchilar ongiga singdirib borishlari lozim. Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh kadr bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.


Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy tarkibiy qismlariga e'tibor qaratish lozim.Ya'ni ta'lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini javob tariqasida aytish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetensiyalar o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Download 58.59 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 58.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu: Nutqiy kompetensiya va lingvistik kompetensiyalarni dts da qo’yiladigan talablar. Reja

Download 58.59 Kb.