Misol tariqasida diqqatni jamlovchi mashqdan namuna keltiramiz




Download 58,59 Kb.
bet3/17
Sana03.02.2024
Hajmi58,59 Kb.
#151040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mavzu

Misol tariqasida diqqatni jamlovchi mashqdan namuna keltiramiz:

  1. O’quvchiga bir to’da yovvoyi jonivorlarning rasmini bir vaqtda ko’rsatamiz.

  2. Bularning ichida qaysilari qushlar, qaysilari yirtqichlar, qaysilari sudralib yuruvchilar ekanligini ajratib berishini so’raymiz.

  3. Keyin esa bu jonivorlarning qayerda yashashini, nima bilan oziqlanishini ham so’rab, o’quvchi tafakkuri rivojlanishi uchun ham turtki beramiz.

Bunday mashqdan so’ng o’quvchining diqqati bir nuqtaga to’planadi va fanga kirib borishi, mavzuni tushunishi yengillashadi, unda kompetensiya elementlarini shakllantirish osonlashadi.
Oʻquvchilarning kompetensiyaviy bilimlarini shakllantirish uchun so’z boyligi ustida alohida ishlash, lug’at boyligini oshirishimiz kerak. Soʻz va iboralar tilning ma’no ifodalaydigan asosiy birligidir. Bu til birliklari aniq predmetlarni, mavhum tushunchalarni, individning emotsiya-his-hayajonini bildiradi. Tilda mavjud boʻlgan barcha soʻz va iboralarning yigʻindisi tilning lugʻat tarkibini tashkil etadi. Shu ma’noda lekiskologiya oʻquvchilar lugʻat boyligini oshirishning metodik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, mazmunga mos soʻz va iboralarning ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lugʻat boyligi qanchalik boy va rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi. U oʻz fikrini aniq, ravshan, ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun soʻz boyligi, uning xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim shartidir.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, mazmunga mos soʻz va soʻz birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lugʻati qanchalik boy va rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik boy boʻladi.
Oʻz fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lugʻatning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi. Oʻquvchi lugʻatining boyishiga, birinchi navbatda, uni oʻrab olgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, oʻqish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan boʻlgan muloqatlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda boʻlishi natijasida soʻz, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli soʻzlarni oʻrganadi, ularni oʻz soʻzlariga aylantiradi. Badiiy asarlar oʻquvchilar lugʻatini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. Oʻqish darslarida badiiy asarlar bilan tanishish, tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar lugʻati ma’lum mavzular boʻyicha ham boyib boradi.
Masalan, yil fasllariga oid mavzular bilan tanishish jarayonida tabiatdagi oʻzgarishlar, qushlar, jonivorlar, hayvonot olami, dov-daraxtlar, maysa-giyohlar bilan bogʻliq tushunchalari shakllantirilsa, ma’naviyat, yaxshilik va yomonlik, doʻstlik mavzularidagi asarlarni oʻrganish orqali insoniy munosabatlar, axloq-odob yuzasidan muayyan xulosalarga keladi.
Matnni oʻqish jarayonida soʻzning ma’nosi tushuntirilmaydi. Agar unga zarurat sezilsa, oʻquvchilar diqqati matn mazmunidan chalgʻitilmay, qisqa izoh berib oʻtib ketiladi. Koʻchma ma’noda ishlatilgan soʻzlar matn oʻqilgandan keyin tushuntiriladi. Chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan yaxshi tushuniladi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻquvchilarning oʻrganishi koʻzda tutilgan bilimlarni egallashlarida, ularni amaliyotda qoʻllashlarida tilning lugʻat boyligini oʻzlashtirishlari va uni oʻz mulklariga aylantirishlari muhimdir. Lug'at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. U barcha predmetlarni o'rganishda, asosan, ona tili va o'qish darslarida darslik materiallarini o'rgatish bilan bog'liq holda olib boriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga leksik bilimlar berish faqat ona tili darslari bilan chegaralanib qolmasdan, o’qish darslari davomida ham o’rgatib boriladi. Ayniqsa, tilning lug’at tarkibini, undagi eskirgan va yangi paydo bo’lgan so’zlarni, shevaga xos so’zlarni, kasb – hunarga oid so’zlarni, ruscha – baynalminal so’zlarni o’rgatishda o’qish kitobida berilgan matnlar tahlili, har bir darsda o’tkaziladigan lug’at ishlari katta ahamiyatga ega. Bunda amaliy ishlar orqali nazariy bilimlar hosil qilib boriladi.

Download 58,59 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 58,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Misol tariqasida diqqatni jamlovchi mashqdan namuna keltiramiz

Download 58,59 Kb.