|
Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi
|
bet | 2/17 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 58,59 Kb. | | #151040 |
Bog'liq 3-mavzuBoshlang‘ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy bilimlarni shakllantirish orqali erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, bilimlarni egallash va amalda qoʻllash, qabul qilinadigan qarorlarni tezkor va puxta oʻylab chiqish va harakatlarni aniq rejalashtirish, turli xil guruhlarda samarali hamkorlik qilish, yangi aloqalarga ochiq boʻlishga koʻproq e’tibor qaratilmoqda. Bu ta’lim jarayoniga bilim olish faoliyati bilan birga kompetensiyaviy koʻnikmalarni egalashning muqobil shakllari va usullarini keng joriy etishni talab etadi. Bunda, bolalar iqtidorlarini rivojlantirish usullaridan keng foydalanish, interaktiv metodlar, multimedia kabi yangi pedagogik vositalarni dars jarayonida qo’llash samarali natija beradi.
Ta’lim muassasalarida har yili anʻanaviy ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish, “Bilimdonlar”, “Zakovat” klublarining dastlabki bosqichlarini aynan boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida olib borish bolalarning bilishga oid qiziqishlarini shakllantirish, tabiatga va borliqqa oid bilimlarini oshirish va ularning ijodiy faolliklarini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Bunday tadbirlar bir necha yoʻnalishda tashkil etilishi mumkin: kasbga yoʻnaltirish; oʻquv-tadqiqotchilik; axborot-koʻngilochar; viktorinalar; intellektual oʻyinli va boshqalar. Bu metodlar orqali bolaning nutqi, tezkor tafakkur qilishi, tinglash va so’zlab berishi, muloqotga kirishish kabi fanga oid kompetensiya elementlari shakllantiriladi. Bolalarning barcha fan va san’at sohalaridagi iqtidorlarini aniqlash maqsadida darsdan tashqari faoliyatda quyidagi shakllardan keng foydalanish fanga oid kompetensiyaviy bilimlarning chuqur singdirilishida poydevor boʻladi: bolalar ijodiyoti koʻrgazmalari, ijodiy koʻrik tanlovlar, fanga oid bellashuvlarni oʻtkazish va boshqalar. Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi oʻquv jarayoniga oʻzgacha talab va oʻzgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun - mohiyatidan avvalgidan tubdan farqlanadi.
Hozirgi kunda oʻquvchilarda oʻquv predmetlari boʻyicha faqatgina bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishning oʻzi yetarli emasligi ma’lum boʻlmoqda. Jumladan:
ta’lim muassasasini muvaffaqqiyatli bitirgan ayrim oʻquvchilar hayotda koʻp muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi;
oliy ta’lim dargohini bitirib yangi ishga brogan yosh mutaxassis institut yoki universitetda kasbiga oid bilim va koʻnikmani yetarli darajada olgan boʻlsada, ish joyiga koʻnikishi uzoq davom etadi;
tanqidiy yondashuvda ma’lum boʻladiki, maktab yoki litseyda olingan bilim va koʻnikmalar tezda hal qilinishi kerak boʻlgan hayotiy vaziyatlarga toʻgʻri kelmaydi yoki umuman hayotiga kerak boʻlmaydi;
Ilmiy pedagogik, psixologik manbaalarda berilishicha, kompetensiya koʻpgina fanlar uchun mushtarak boʻlgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga koʻra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tumandir.
O’quvchining kerakli bilimlarni puxta o’zlashtirishida va unda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda eng avvalo, uning diqqatini fan yoki mavzuga to’liq jalb qila bilish muhimdir. Maktabga endigina qadam qo’ygan bolada diqqatning birinchi turi-ixtiyorsiz diqqat ustun bo’ladi. Uning diqqati tez bo’linishini, chalg’ishini, o’zini bir joyga ushlab turolmasligini kuzatish mumkin. Shunday paytda bola uchun muhim va qiziqarli bo’lgan narsalarni unga ko’rsatish, bu narsalarning shakli, ko’rinishi, joylashgan o’rni, katta-kichikligi, bir-biridan farqi va rangiga nisbatan bolaning diqqat-e’tiborini kuchaytiradi. Endi esa bola bu narsani sinchiklab o’rganish davomida narsaga nisbatan ongini bir nuqtada ushlay oladigan bo’ladi.
Psixologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kichik yoshdagi (7-11 yoshlar) maktab oʻquvchilarini diqqatini bir nuqtaga jamlash bir muncha qiyin hisoblanadi. Ularning diqqatini 6-7 daqiqagacha jamlash mumkin. Undan soʻng oʻquvchilar diqqati oʻz-oʻzidan boʻlinadi. Bu vaqt davomida oʻqituvchi oʻquvchilarga ma’lum bilim, koʻnikma va malakalarni berishi hamda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi lozim.
|
| |