|
Mundarija: Kirish: Asosiy qism
|
bet | 1/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 223 Kb. | | #233628 |
Bog'liq Mundarija Kirish Asosiy qism
Mundarija:
Kirish:…………………………………………………………….
Asosiy qism……………………………………………………….
1. Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash – tarbiya maqsadi sifatida………….
2. Tarbiya jarayonining mazmun mohiyati. Tarbiya turlari.............
3.. Pеdagog shaxsiga qo’yiladigan talablar. Oila, mahalla va o’quv yurti hamkorligi........................................................................................
4. Zamonaviy ta'lim va tarbiya muammolari........................................
Xulosa.......................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................................
Kirish :
Respublikamiz davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan tarixiy o’zgarishlar amalga oshirildi va oshirib kelinmoqda. Shu ma’noda mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu birinchi prezidentimiz boshlagan islohotlarni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Shu ni alohida ta’kidlashimiz kerakki, hozirgi murakkab davrda O’zbekistonni har tomonlama taraqqiy topgan davlatga aylantirish ko’zda tutilgan ushbu “Harakatlar strategiyasi”da huquqiy-demokratik asosdagi fuqarolik jamiyatini qurishning yangi va zamonaviy jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Yanada aniqroq aytganda, olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizasiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini yangi bosqichga ko’tarishni nazarda tutadi. Xususan, ushbu dasturda fuqarolik jamiyatini qurishning 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan: O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, innovatsion jarayonlarni boshqarish, o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga yo‘naltirish, umumiy o‘rta ta’limda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarishga kompetent menejerlarni tayyorlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2018-yil 21-sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonlari, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori “Ta’lim menejmenti” fanini o‘qitishning metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar
ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va bo‘lajak mutaxassislarning barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohatlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor
farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir” - deb alohida ta’kidlaga
Kurs ishining maqsadi:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida Boshlang'ich ta'limni tashkil etish usullariga doir yondashuvlarning o’ziga xos shakllari va usullarini amalda qo’llash.
Kurs ishining ilmiy o’rganilganlik darajasi :
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida Boshlang'ich ta'limni tashkil etish usullariga doir yondashuvlarning A.G.Rivin va V.K.Dyachеnko tomonidan jamoaviy o’qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta'lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma'lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta'lim tеxnologiyalari: dialеktik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), evristik o’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Biblеr, S.Yu.Kurganov), loyihali o’z-o’zini rеflеksiya (G.P.Shеdrovitskaya) va boshqa rus olimlarini misol kеltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunda pеdagogik tеxnologiyalarning nazariy asoslari va ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha bir qator vatandosh olimlarimiz ham samarali izlanishlar olib bormoqdalar. Bulardan R.X.Jo’raеv, N.X.Azizxadjaеva, U.N.Nishonaliеv, M.S.Saidahmеdov, B.L.Farbеrman, H.Ishmatov, X.Abdukarimov, K.Zaripov, B.Ziyomuhammadov, M.Kamoliddinov, T.G’afforova, N.X.Avliyoqulov, Q.T.Olimov, R.Ishmuhammеdov, O’.Tolipov,T.Nazarova, A.E.Kеnjaboеvlarning tadqiqot ishlarini alohida ta'kidlash lozim. O’zbеkistonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda Rеspublikada pеdagogik tеxnologiyalarniig nazariy, amaliy asoslarini, ularning mukammalligini o’rganish va o’quv-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlar, dеb qaralyapti. Bir guruh mutaxassislarimiz pеdagogik tеxnologiyalar davr talabi, shu bilan birga yangi zamonaviy yo’nalish ekanligini e'tirof etib, ta'lim-tarbiya jarayoniga milliy xususiyatlarni kiritgan holda qo’llashni tavsiya etayotgan bo’lsalar, ikkinchi guruh mutaxassislar ta'lim-tarbiyadagi inqirozdan qutilish va moslash mеxanizmlarini yaratish, ta'limga siyosatning bosh yo’li sifatida qarash zarurligini isbotlamoqdalar.
Kurs ishining predmeti:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida Boshlang'ich ta'limni tashkil etish usullariga doir yondashuvlarning ilmiy tashkiliy hamda amaliy jihatlarini tadqiq qilish jarayoni.
Kurs ishining ob’ekti:
Boshlang’ich sinf o’quvchilari va ularning ta’lim jarayonida qo’llanadigan pedagogik texnologiyadan foydalanish yo’llari.
Kurs ishining vazifalari:
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.
2. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ilmiy aspektlarini didaktik va uslubiy talablarini ishlab chiqish.
3. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalarning yangi variantlarini qo’llab ko’rish.
Kurs ishining ilmiy farazi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish darslarining sifat va samaradorligi oshadi agar:
- Boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik texnologiyalarni mukammal egallagan bo’lsa;
- O’qituvchi o’z ustida muntazam ravishda ishlasa va doimiy ravishda yangiliklardan boxabar bo’lsa;
- Pedagogik texnologiyalarni o’qish darslarida to’g’ri qo’llab, ulardan unumli foydalana olsa;
Kurs ishining yangiligi:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida Boshlang'ich ta'limni tashkil etish usullariga doir yondashuvlarning o’rganildi; o’qish darslaridan bir soatlik nazariy va amaliy dars rejalari ishlab chiqildi.
|
| |