• 21868 ming m 3 tuproq, 48 m 3 tosh ishi, 2049 beton va 196450 p/m
  • 2013 marotaba
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligining 201




    Download 70,5 Kb.
    bet1/2
    Sana23.07.2021
    Hajmi70,5 Kb.
    #15938
      1   2

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2017 yil 1-chorak asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi va 2-choragiga ustuvor vazifalari bo‘yicha
    hisoboti
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 30 dekabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2016 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2017 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 5-sonli buyrug‘ida belgilangan barcha tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishildi:

    vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyatlar xodimlari bilan hamkorlikda suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklar, iqtisodiyot ob’ektlari va boshqa muassasalar haqida ma’lumotlar olinib, hududiy boshqarmalarga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yuborildi;

    sel va ko‘chki mavjud bo‘lgan respublika bo‘yicha ko‘chirilishi lozim bo‘lgan 104 ta xo‘jaliklardan (483 nafar aholi) xavfsiz hududlarga ko‘chirildi;

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2016 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari tomonidan, 2017 yilning 1 choragi davomida viloyatlardagi mahalliy hokimliklar balansidagi daryo va soylar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq hamda gidrotexnika inshootlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etildi, jumladan, jami 21868 ming m3 tuproq, 48 m3 tosh ishi, 2049 beton va 196450 p/m o‘zan tozalash ishlari amalga oshirildi;

    2016 yil 1 choragida respublika hududlarida joylashgan o‘ta muhim, toifalangan va yong‘in-portlash xavfi mavjud ob’ektlarning fuqaro muhofazasi holati jami 62 ta tekshiruvlar o‘tkazildi;

    Vazirlik hududiy boshqarmalarining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv ta’lim muassasalarida, shuningdek mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholi o‘rtasida jami 2013 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, mazkur suhbatlarda jami 99802 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

    Fuqaro muhofazasi institutida 2017 yilning hisobot davri mobaynida Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 8482 nafar turli toifadagi rahbarlar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

    Aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot etish maqsadida, respublikada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarda 214 ta maqolalar chop etilib, radioda 428 ta va televidenie orqali 658 ta chiqishlar amalga oshirildi.

    Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi boshqarmalari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy tizimlarining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida shahar va tuman bosqichining musobaqalari o‘tkazildi. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining 2016-2017 o‘quv yilidagi umumta’lim maktablari o‘rtasidagi shahar va tuman bosqichlarida jami 1265 ta umumta’lim maktablaridan 10120 nafar, 751 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan 6008 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. 35216 nafar kishi musobaqalarda bevosita kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 185 ta tuman va shaharlarda musobaqalarning quyi bosqichlari tashkil etilib, o‘tkazildi.

    2017 yil 1 chorak mobaynida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 2039 ta chiqishlar amalga oshirildi.

    Respublikamiz hududidan xavfli tranzit yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning tranzit tashuvini nazorat qilish va tranzit xavfli yuklarni olib o‘tilishi yuzasidan belgilangan tartibda Mudofaa vazirligiga 7 ta, Tashki iktisodiy alokalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga 2 ta xulosalar hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga 1 ta ko‘rsatma yuborildi.

    1 chorak davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya, “O‘ztransgaz” AK, IIB YOXB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharida hududiy FVBlari RBB(b)MB bo‘limlari boshchiligida is gazidan va botulizmdan zaharlanish va qutirish kasalligini oldini olish, “Odamlar va xayvonlar o‘rtasida quturish kasalligini tarqalishini oldini olish” “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligini chetdan kirib kelishi”, “Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalaZararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish” mavzulari bo‘yicha seminarlar, hamkolikdagi va ko‘rgazmali MTO‘Mlar o‘tkazildi.

    “O‘zmetkombinat” AJ, “Uzbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi, “Uzagrosug‘urta”, “Kafolat” sug‘urta kompaniya AJlarni Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati tekshiruvdan o‘tkazildi va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

    FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish maqsadida, respublika viloyatlarida 1 chorak mobaynida jami 9 ta qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va iqtisodiyot ob’ektlarida jami 67 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘quv mashqlarida jami 92041 nafar kishi fuqarolar o‘qitildi 1907 ta muxandislik texnika jalb qilindi.

    2017 yil 1 chorak mobaynida vazirlikka fuqarolardan jami 73 ta ariza va shikoyatlar kelib tushib, qonunda belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar amalga oshirildi va ariza mualliflariga o‘z vaqtida javob xatlari yuborildi.

    Olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, 2017 yil 1 chorak mobaynida respublika hududida 44 ta favqulodda vaziyat ro‘y berib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (2016 yilning shu davrida 26 ta) 41%ga ko‘paygan.

    Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarida jami 76 nafar kishi jabrlangan (2016 yilning shu davrida 39 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51%ga ko‘paygan, halok bo‘lganlar 95 nafar kishi (2016 yilning shu davrida 48 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5%ga ko‘paygan.

    Favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga asosan iqtisodiyot ob’ektlaridagi texnologik asbob-uskunalarning eskirganligi, fuqarolarning avtomobil vositalarini boshqarishda, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik hamda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo‘lmoqda.

    1 chorak mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 24 ta xalqaro anjumanlarda ishtirok etishdi (shundan 8 tasi chet elda). Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan vazirlik xodimlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chet el mamlakatlari tajribalarini tizimimiz faoliyatiga tadbiq etishni ta’minladilar.


    Download 70,5 Kb.
      1   2




    Download 70,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatlar vazirligining 201

    Download 70,5 Kb.