2017 yil 2 chorak uchun ustuvor vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash;
Vazirlik tizimiga kiritilgan Gidrometeorologiya xizmati markazi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” DI, Kichik hajmdagi kemalarni nazorat qilish inspetsiyasi hamda Seysmografik kuzatuv tuzilmalarning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2017 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish;
Yozgi cho‘milish mavsumida suv xavzalarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Gidrotexnika inshootlari (to‘g‘onlar, dambalar, kanallar, selxonalar, sel traktlari), shuningdek respublikaning umumiy foydalanishdagi ko‘priklari hamda daryo va soylar o‘zanlarining xavfli uchastkalari holatini o‘rganib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz qabul qilish hamda avariyasiz o‘tkazib yuborishni tashkillashtirish va nazorat qilish;
viloyatlarda suv toshqini va ko‘chki hodisalaridan aholini muhofaza qilish ishlarining olib borilishini tekshiruvdan o‘tkazish va amaliy yordam ko‘rsatish;
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan muhandislik-texnik himoya tadbirlari bajarilishini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish;
xavfli girometeorologik va ekzogen geologik jarayonlar xavfi mavjud hududlardagi ob’ektlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha aerokuzatuv ishlari amalga oshirish;
toshqin, sel oqimlari kelishi mumkin bo‘lgan hududlardagi daryo, soy, kanal, kollektorlar o‘zanlarining toshqin suvlarini o‘tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir etuvchi inshootlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda qirg‘oqlarda noqonuniy qurilgan bino, qurilma va inshootlarni ko‘chirish hamda buzib tashlashni amalga oshirish;
“Fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jabrlanishi va quturish kasalligini oldini olish oyligi”ni o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 8 iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan vazifalar yuklatilgan xizmatlarni kompleks tekshiruvdan o‘tkazish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
|