• Jismoniy tarbiya
  • Axloq (lot. «moralis»
  • Mundarija: Kirish: Asosiy qism




    Download 223 Kb.
    bet6/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi223 Kb.
    #233628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mundarija Kirish Asosiy qism

    Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
    - o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’g’ri jismoniy rivojlantirish;
    - o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
    - ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;
    - o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
    - ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;
    - o’quvchilarning gigiyenik ko’nikmalarni rivojlantirish;
    - ularda ma'naviy-aqloqiy sifatlar (dadillik,qat'iyatlik, intizomlilik, mas'uliyatlik, jamoa bilan bo’lish)ni tarbiyalash;
    - o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish; o’quvchilarning sog’lom va baquvvat bo’lishlariga erishish.
    Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta'lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg’ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta'minlovchi qo’shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog’langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi.
    Demak, yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da'vat etishdir.
    Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me'yorlardan xabardor etish tashkil qiladi. Axloq (lot. «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioyaqilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
    Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z ifodasini topgan.
    O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar tog’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi - kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
    Amir Temur axloqi Xusniya - yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab, bir kesgan.
    Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to’rt xislatni Olloq Taolo senga bergan bo’lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham, zarari yo’qdir», degan edi.
    Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo’g’in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg’on kitobdir. Xuddi shu ma'noda axloq kishining xulq-atvori, e'tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo’ladi. Axloqli inson o’zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo’ladi. Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
    Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
    Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma'naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
    Xalqimizning «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq», «Odamning xusni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» dеgan xikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi». Ta'kidlash lozimki, mehnatsiz kеlgan boylik inson ruhiyatini buzadi, harqanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi.
    Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e'tibor berishgan. O’zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov ta'kidlaganidek: «har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kеlayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya'ni, bu narsa ularning sobit qadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir».
    Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o’quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mas'uliyatni chuqur his qilish kerak.

    Download 223 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 223 Kb.