|
Kurs ishining amaliy ahamiyati
|
bet | 2/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 223 Kb. | | #233628 |
Bog'liq Mundarija Kirish Asosiy qismKurs ishining amaliy ahamiyati: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, ilmiy asoslash va amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Kurs ishining metodologik asosi:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari, “Davlat ta’lim standartlari”, oliy ta’limi to’g’risidagi Nizomlar va me’yoriy hujjatlar, sharq mutafakkirlarining fikrlari, prezident Sh.Mirziyoyev asarlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari:
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, anketa, test-nazorat usullari, savol-javob, pedagogik tajribalar o’tkazish, to’plangan natija va dalillarni matematik-statistik jihatdan ishlash, qayta ishlash, umumlashtirish va xulosalash.
Kurs ishi kirish, Asosiy qism, 3ta rejadan, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1. Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash – tarbiya maqsadi sifatida
Tarbiya – aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan hissiyotlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdidrish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir.
O’rgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o’quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
|
| |