• Kalit so’zlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Xalq hunarmandchiligining badiiy amaliy san’at sohasida applikatsiya tayyorlashning noan’anaviy talqinlari. Ruziyeva Dilafro’z Muminovna




    Download 22.24 Kb.
    bet1/2
    Sana17.10.2023
    Hajmi22.24 Kb.
    #88009
      1   2
    Bog'liq
    Maqola 2 ruziyeva
    Подходы к формированию личности, Abdirahmanova F. tasdiqlangan avt-t, 1-laboratoriya, 2-Mavzu, Amaliy mashg\'ulot N 1, Taqdimot (1) (4), 1-Amaly mashgulot, 3-Mavzu, 2 JM-22K-O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Jismoniy tarbiya jarayonida qaddi-qomatni shakllantirish, 235382, 5-маъруза, Ta\'lim texnologiyalari, jahon mamlakatlari talimi tarbiya tizimi (5), Falsafa tarixi dastur

    XALQ HUNARMANDCHILIGINING BADIIY AMALIY SAN’AT SOHASIDA APPLIKATSIYA TAYYORLASHNING NOAN’ANAVIY TALQINLARI.
    Ruziyeva Dilafro’z Muminovna
    Buxoro davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
    ANNOTATSIYA
    Ushbu maqolada xalq hunarmandchiligining turlari haqida ma’lumotlarlar bayon qilingan. Shuningdek xaql hunarmandchiligining bir turi bo’lmish aplikatsiya tikishning hozirgi zamonga mos noan’anaviy talqinlari fikr mulohazalar keltirilgan.
    Kalit so’zlar: xalq hunarmandchiligi, badiiy amaliy san’at, aplikatsiya, dekarativ aplikatsiya.
    АННОТАЦИЯ
    В данной статье описаны виды народных промыслов. Кроме того, имеются мнения и комментарии по поводу нетрадиционных трактовок шитья аппликаций, являющегося видом народного промысла.
    Ключевые слова: народные промыслы, прикладное искусство, аппликация, декоративная аппликация.
    ANNOTATION
    This article describes the types of folk crafts. In addition, there are opinions and comments on the non-traditional interpretations of appliqué sewing, which is a type of folk craft.
    Key words: folk crafts, applied art, application, decorative application,
    Hunarmandchilik - milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.
    O’zbekistonning barcha hududlarida xalq san’atining o’ziga xos markazlari bo’lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo’shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq san’atining ramzi bo’lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg’ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog’istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog’och va ganch o’ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo’zlik, sholchado’zlik va chitgarlik, zargarlik san’ati, charmga bezak tushirish san’ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud.
    Zangori-lojuvard, cho’g’dek qip-qizil spool ko’zalar, laganlar, yog’ochdan o’ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo’lda to’qilgan gilamlar, miniatyuralar, marg’ilonlik, xivalik va toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metalldek yarqirab, shaklan nafisligi hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va, ayniqsa, kandakori idishlar mehmon bo’lib kelgan xorijiy davlatlar boshliqlariga tortiq qilingan.
    Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko’plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda.
    Mustaqil O’zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash - davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Natijada xalqimiz o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi.
    Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
    Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko’ra xilma-xil bajarilishi texnikasining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir material applikatsiyasi bajarilish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxlar pustloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.
    Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidir. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yin uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar, shu kabilarni yaratishdan keng qo’llash imkonini beradi.
    Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, aloxida-aloxida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, xodisa, xarakatlar uygunligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bulishi mumkin.
    Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlar orasida paydo bo’lgan. Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turar joylarini bezatishda ishlatganlar. Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida pustlog’dan foydalanishgan, bo’yalgan pustlog’dan qilingan applikatsiyalar bilan ular o’tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshka shimoliy xalqlariapplikatsiyada teri, sukno, muyna ishlatishgan. Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or predmetlarini bezashda foydalanishgan.
    Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan bo’lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallarbilan bir qatorda somon, quritilgan o’simliklar, urug’-danaklar, barglar va shu kabilardan ham foydalansa bo’ladi.
    Applikatsiya xalq amaliy san’atida keng o’rin tutadi. Applikatsiya so’zining ma’nosi - qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qog’oz, mato, charm, somon, quritilgan o’simliklar, urug’lar, tashlandiq narsalar, simlar, iplardan foydalanib har xil ishlarni bajarish mumkin.
    Applikatsiya - badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun go’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, sovg’alar, devoriy gazetalar, stentlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashgina emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash mumkin.
    Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi flaris rassomlar jamiyati tashkil etildi. Applikatsiya bilan shug’ullanish bolalarning dunyoqgarashining uyg’un rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tassavurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, shaklni his qilish, chamalash va rangni sezish qobiliyatini o’stiradi. Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiy didni avj oldiradi.
    Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir, dazmollangan va kraxmallangan gazlama bo’laklaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan o’simlik, urug’, danak va shu kabilar ham asqotadi. Qog’oz ishlab chiqarish sanoati qog’ozning rangi va xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 250 navini ishlab chiqaradi. Tolalarning ko’ndalang yo’nalishi bo’yicha qirqilgan qog’oz yopishtirilganda izlar goldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi. Ishlaganda qog’ozning bu xususiyatini e’tibordan qochirmaslik kerak.
    Kleyster surilganda qog’oz uni shimishini, qog’oz tolalarining ko’ndalangiga uzunligidan ko’proq kengayishini ham unutmaslik kerak. Agarda qog’oz kleyster surilgan zahotiyoq yelimlansa, davom etayotgan shimish va kengayish natijasida qog’ozda g’’ijimlar, izlar paydo bo’ladi. Shuning uchun kleysterda surilgan qog’oz bir oz vaqt yopishtirilmay turishi kerak. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan, baxmal, kumush-bronza rasm solish va chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
    Applikatsiya qilish usuli bilan guruh xonalarini, mehmonxona, oshxonalarni, bolalar ayvonchalari bezatiladi. Bolalar bog’chasi kichik guruhdan boshlab applikatsiya mashg’ulotlari olib boriladi. Kichik guruhdan tayyor qirqilgan shakl beriladi. O’rta guruhdan boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash mustaqil olib boriladi. Applikatsiyada qog’oz asosiy rolni bajaradi. Applikatsiya ishini bajarishda har xil yelim ishlatilavermaydi. Yelimni uy sharoitida arzon va oson usulda tayyorlash mumkin. Bu yelim klestr deb ataladi. U kraxmaldan quyidagicha tayyorlanadi: bir choy qoshiq kraxmal, 5 choy qoshiq sovuq suvda aralashtirilib olinadi, so’ng yarim stakan suv solib past olovda sovitiladi, so’ngra ishlatiladi. Applikatsiya ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko’rish lozim.
    Bu quyidagicha bajariladi: syujet tanlash; xomaki chizma; rangli qog’ozlarni tayyorlash; fon tanlash.
    Applikatsiya ishining ish qurollari: qaychi, yelim, kalka, pichoqcha, chizg’ich, o’chirg’ich, qora qalam, moyqalam, kapirovka, flamasterlardan iborat. Applikatsiya ishlari oddiydan tortib mazmunli, kantli, dekorativ, qo’lda yirtish orqali mozaika usulida tabiat materiallaridan (barg, urug’, danak, piyoz po’sti, shisha siniqlari tashlandiq simlar va iplar) ham bajariladi. Applikatsiya qilishda oddiy va murakkab qirqish usulidan foydaniladi. Oddiy qirqish usuli bilan yaxlit shakl hosil qilinadi va qirgilgan shakl teng va tekis qirqiladi.
    Qog’ozni 5-6 qavat qilib buklab turib qirqishga murakkab qirqish usuli deyiladi. Bu usulda qirqishda 1 ta shakl 5-6 martaga ko’payib chiqadi. Applikatsiya gilishda asosiy e’tibor uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish - applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir.
    Eng oddiy applikatsiya bu geometrik shakllardan qilinadigan naqshli applikatsiyadir. Avval naqshning xomaki eskizi tuziladi, so’ngra applikatsiya qilishda asosiy e’tibor uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish - applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir. Eng oddiy applikatsiya bu geometrik shakllardan qilinadigan naqshli applikatsiyadir. Avval naqshning xomaki eskizi tuziladi, so’ngra kerakli detallar (geometrik shakllar) o’lchami va miqdori hisoblanadi.
    Detallar tayyorlanib ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl kvadratni olib, uning bir tekis almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Agarda kvadrat boshqa elementlar, masalan uchburchak bilan to’ldirilsa, variant yanada ko’payadi. Ishni boshlash uchun markazni topish simmetriya o’qini o’tkazish va naqsh elementlarini shunga ko’ra joylashtirish lozim.
    Agarda geometrik shakllar kvadrat yoki aylanaga simmetrik joylashtirilsa, qiziqarli dekorativ naqsh hosil bo’ladi. Dekorativ applikatsiya - bu naqsh gullardan tashkil topib, alohida - alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.

    Download 22.24 Kb.
      1   2




    Download 22.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligining badiiy amaliy san’at sohasida applikatsiya tayyorlashning noan’anaviy talqinlari. Ruziyeva Dilafro’z Muminovna

    Download 22.24 Kb.