|
Yunusobod tumani 265-maktab taqdimoti
|
bet | 1/5 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #131264 |
Bog'liq 12-mavzu ma`ruza (2) MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RASM CHIZISHGA O‘RGATISH USULLARI Reja: 1. MTTning yosh guruhlarida rasm chizishga o’rgatish metodlari. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish.. Tayanch tushunchalar: predmetli rasm, mazmunli rasm, dekorativ rasm, kuzatuvchanlik, to‘g‘ri chiziqlar, egri chiziqlar, sodda predmetlar, texnik ko‘nikmalar. Rasm chizish — predmet va xodisalarni grafika-rassomlik usulida tasvirlash bulib, uning asosi kolorit, shakl va kompozitsiyadir. Predmetni kuzatar ekanlar, bolalar rasmda uning xarakterli xususiyatlarini ifodalaydilar; badiiy obraz yaratar ekanlar, mazmunni aks ettirishni o’rganadilar; rasm chizish texnikasining boshlang‘ich malakalarini asta-sekin egallab, naqshning ba‘zi elementlarini o‘zlashtiradilar (dekorativ rasm chizishda). - Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm asosiy o’rin egallaydi va u uchta turni o‘z ichiga oladi:
- Alohida predmetlarni chizish.
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi-tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirish, estetik go‘zallik hissini tarbiyalash, hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatishdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi-ma‘lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy qobiliyatlarni bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. - Agar umumiy shakl topilmagan bo’lsa, konturni to‘g‘ri chiziq bilan chizib bo’lmaydi, chunki u xar doim o‘zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o‘zgaradi, ya ‘ni natijasi, rasmning oxiri
- yo’nalishi xam o‘zgaruvchandir.
- Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini Qog‘oz da belgilab oladi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo’lagini tanlab, naturadagi keyingi bo’lagini eslab yoki ko’rib shu bo’lagini bo’lakka bo’lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini Qog‘oz ga tushurib chizishni o‘rgatish zarur, chunki rasmni bo’laklarga ajratib chizishning o‘z iga xos qiyinchiligi bor.
- Bunda kerakli shaklning asosiy bo’laklari va ikkinchi darajali bo’laklarning o‘zaro joylashishlari va fazodagi o’rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo‘ladi .
|
| |