• Kalit so‘zlar
  • O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




    Download 1.1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana07.04.2024
    Hajmi1.1 Mb.
    #190713
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Nargizaxon To’xtasinova Abdurashid qizi
    6, 5-sinf tarix 2- chorak


    O‘ZBEKISTONDA
     
    FANLARARO
     
    INNOVATSIYALAR

    VA 
    17-
    SON

    ILMIY
     
    TADQIQOTLAR
     
    JURNALI
    20.03.2023
    MEDIAMATN – MEDIALINGVISTIKANING YETAKCHI OBYEKTI. 
    Nargizaxon To’xtasinova Abdurashid qizi 
    (ADPI magitranti) 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatning axborotlashuvi natijasida media 
    olamida hamda unga bog‘liq ravishda tilshunosligimizda keng o‘rganilishni taqazo 
    etayotgan yangi tadqiqotlarning vujudga kelayotgani, xususan, matnga nisbatan 
    chegarani kengroq oluvchi mediamatnlar haqida ma’lum ilmiy qarashlar yoritiladi. 
    Lisoniy va vizual komponentlarning o‘zaro aloqaga kirishishi natijasida vujudga keluvchi 
    mediamatnlarning dunyo tilshunosligida o‘rganilishi, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari
    shuningdek, matbuot, radio, televideniye va Internet tarmoqlarida qo‘llaniluvchi 
    mediamatnlarning bir-biridan farqli jihatlariga ham to‘xtalib o‘tiladi. 
    Kalit so‘zlar: Mediamatn, mediavoqelik, mediamahsulot, mediaviylik, ommaviylik, 
    ko‘p kodlilik, mass-media. 
    OAV, virtual olamda media tushunchasi va unga bog‘liq hodisalarni ifodalovchi 
    mediamatnlar tobora faollashib bormoqda. Mediamatn mediavoqelik natijasi 
    hisoblanib, medianing turli ko‘rinishlari, ya’ni gazeta va jurnallardagi maqola, tezislar, 
    televideniye orqali uzatilayotgan ko‘rsatuv va dasturlar, klip, film, kino, Internet 
    tarmoqlaridagi videoroliklar, gif, animatsiya, messenjerlarning barcha turida ma’lumot 
    tashiyotgan rasmli va grafik belgilar orqali bayon etilgan axborotdir. Bugungi kunda 
    mediamatn deganda media ishlab chiqarishning aniq natijasi, mediamahsulot nazarda 
    tutiladi, bu axborotdan iborat va medianing istalgan turi va janrida (gazetadagi 
    maqola, teleko‘rsatuv, videoklip, reklama xabari, film va boshq.) bayon etilgan xabar 
    bo‘lib, ommaviy auditoriyaga yo‘naltiriladi.
    22
    Mediamatn lison va mediashaklning 
    o‘zaro birligidan hosil bo‘ladi. U lisoniy va mediabelgilarning dialektik birligidan iborat 
    bo‘lib, medianutqning uch darajasi: so‘zlardan iborat matn, videoqator va grafik tasvir 
    darajasi, ovoz jo‘rligi darajasi bilan taqdim etiladi.
    23
    Yigirmanchi asrning 90-yillarida ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda paydo bo‘lgan 
    “media matn” atamasi xalqaro akademik doiralarda ham, milliy ommaviy axborot 
    vositalarida ham tez tarqaldi. Mediamatn tushunchasining ilmiy ongda jadal 
    mustahkamlanishi tadqiqotchilarning ommaviy axborot vositalari nutqi muammolari, 
    tilning ommaviy kommunikatsiya sohasidagi faoliyatining xususiyatlarini o‘rganishga 
    qiziqishning ortishi bilan bog‘liq edi. Bu masalaga Teun Van Deyk, Martin Montgomeri, 
    Alan Bell, Norman Feyerklaf, Robert Fauler kabi mashhur olimlar katta e’tibor 
    qaratdilar, ular ommaviy axborot vositalari matnlarini turli maktablar va yo‘nalishlar 
    nuqtai nazaridan ko‘rib chiqdilar: sotsiolingvistika, funktsional stilistika, nutq 
    22
    Мельник Г.С. Медиатекст как объект лингвистических исследований.pdf 
    23
    Добросклонская Т.Г. Вопросы изучения медиа текстов. Опыт исследования современной английской 
    медиаречи. – М.: МАКС Пресс, 2000. 



    Download 1.1 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

    Download 1.1 Mb.
    Pdf ko'rish