Iqtisodiy xavfsizlik




Download 20.71 Kb.
Sana30.09.2023
Hajmi20.71 Kb.
#85748
Bog'liq
IX 2maruza
iqtisodiy xafvsizlik 1.maruza, Tarmoq iqtisodiyoti 1 MI, LOYHA 2, Fan yuzasidan topshiriqlar, lecture 9, amaliy, AMALIY TOPSHIRIQ 111, ekonomika.bazovyy kurs, uroven yan dek 2018 uz1, Boynazarov A mt2, (Fizika I) 2-lab.ishi ! 1-sem, Алфавит российских городов, dawletbaeva Gumisay psix, muzey

JAVOBLAR
1. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining mazmun va mohiyati .
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.[1]
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
2. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash zarurati nimadan kеlib chiqadi
.I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi.
Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda I.x.ni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash I.x.ni kafolatlaydi.
Istiklol yillari Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar tufayli don mustaqilligiga erishildi, mamlakat ehtiyojining 90% oʻz doni bilan taʼminlandi (2002-yil). Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish natijasida shu sohadagi talab-ehtiyojlarni ham, asosan, oʻz ishlab chiqarishi hisobidan qondirishga erishildi. Alisher Vahobov, Sadir Salimov

4. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash stratеgiyasining mazmuni
nimadan iborat?
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uning korporativ resurslaridan eng samarali foydalanish bilan tavsiflanadi, bu esa korxonaga barqaror rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lish, ichki va tashqi tahdidlar omillari kombinatsiyasining salbiy ta’siri sharoitida biznes maqsadlariga erishish imkonini beradi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining funktsional elementlaridan kelib chiqib, uni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi (1-rasm). Ular: • xodimlarni samarali boshqarish va himoya qilish; • korxonaning moddiy va moliyaviy resurslarini muhofaza qilish; • intellektual mulkni himoya qilish; • korxonaning axborot resurslarini himoya qilish. Zamonaviy dunyoda korxona faoliyati noaniqlik sharoitida amalga oshiriladi, shuning uchun korxonaning asosiy vazifasi mumkin bo‘lgan xavfni adekvat baholash, uni oshiradigan omillarni aniqlash va uni boshqarish usullarini tanlashdir. Iqtisodiy tavakkalchilikni boshqarish deganda cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida har xil turdagi risklarni kamaytirish uchun xarajatlarni optimal taqsimlash jarayoni tushuniladi, bu esa ushbu sharoitlarda korxonaning iqtisodiy xavfsizligining maksimal darajasiga erishishga imkon beradi. Shu sababli, korxona uchun risklarni boshqarishning maqsadi iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish asosida o‘rnatilgan tuzilma doirasida operatsion xavfsizlikka erishishdir. Korxonada iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish beqaror muhitda hayotiylikni saqlashning zaruriy shartidir. Buning sababi shundaki, korxona vayron bo‘lganda nafaqat moddiy va moliyaviy resurslar, balki uzluksiz faoliyat jarayonini ta’minlaydigan moliyaviy, tashkiliy, ishlab chiqarish va axborot munosabatlarini o‘z ichiga olgan infratuzilma ham yo‘qoladi, inson omili yo‘q qilinadi. Bularning barchasi tashqi muhitdagi noaniqlik sharoitida korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tizimini yaratish muammosini dolzarblashtiradi. Shu bilan birga, faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan va quyidagi choratadbirlarni birlashtirgan integratsiyalashgan xavfsizlik tizimi samarali bo‘lishi mumkin: • jismoniy - qo‘riqlanadigan mulk, moliya, ma’lumotlarga kirishda to‘siqlar yaratish; • ma’muriy - korxonaning tegishli ish rejimini joriy etish, xavfsizlik xizmatini yaratish; • iqtisodiy - moddiy rag‘batlantirish choralari, himoya tadbirlarini moliyalashtirish; • texnik - texnik vositalar va xavfsizlik tizimlaridan foydalanish; • dasturiy ta’minot - zamonaviy axborot texnologiyalari, ma’lumotlar bazalari, ularga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimlari va boshqalardan foydalanish; • axloqiy - axloqiy ta’sir choralari, tarbiyaviy ishlar, xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish, korporativ ruh muhitini yaratish va boshqalar.

4. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida real sektor tarmoqlari va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o ’mi. Real sektorda sanoat tarmoqlari-moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarm og’i sifatida. Real sektorda aholining ish bilan bandligi masalalari. Real sektorda sanoat tarm oqlarining tarixiy rivojlanish yo’llari va asosiy yakunlari. O ’zbekiston Respublikasi real sektorida sanoat korxonalarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari va ulam ing dinamikasi. 6 Real sektor tarmoqlarida iqtisodiy o’sish. Real sektorda sanoat tarmoqlarining o ’sishi tendensiyasi-elektr energiyasini ishlab chiqarish, neft va gaz qazib olish, po’lat va prokat rangli metallar va kimyoviy mahsulotlar, ishlab chiqarishi mashinasozlik va metallga ishlov berish sohasining mahsulotlari qurilish materiallari yengil va oziqovqat sanoatida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi. Jahon real sektor tarmoqlari sanoat ishlab chiqarishida O ’zbekiston sanoatining tutgan o’rni va strategik hamkorlikni kuchaytirish muammolari.



9. Rеal sеktorning iqtisodiyotda tutgan o`rni qanday?
Aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash borasidagi ijobiy o’zgarishlar. Ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar. Ish o ’rinlarini tashkil etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarningizchil amalga oshirilishi. Real sektor tarm oqlarida kadrlar siyosati va uning real sektor tarmoqlari taraqqiyotidagi roli. Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi. Xodimlarni guruhlarga ajratish va kadrlaming zamonaviy tuzilmasini tashkil etish. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish. Kadrlardan foydalanishni takomillashtirish yo'llari. Real sektor tarmoqlarida ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash. O ’zbekiston real sektor tarm oqlarida kadrlar salohiyatini kuchaytirishda chet el tajribasini keng qo’llash. Real sektor tarm oqlarida mehnat va unga haq to ’lash. Xodimlar mehnatiga haq to ’lashni tashkil etishning asosiy tamoyillari. T arif tizimi, uning mohiyati, ish haqini tashkil etish va tartibga solishning ahamiyati. Real sektor tarmoqlarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish muammolari.
Download 20.71 Kb.




Download 20.71 Kb.