3-mavzu: Detallarning ichki silindrsimon




Download 226.49 Kb.
bet1/5
Sana04.12.2023
Hajmi226.49 Kb.
#110789
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza MT(maxsus kurs) (1)
feruza-diskret-n¹-oraliq, feruza-tarix-maruza-oraliqn¹, 1-grade cw, 1-Amaliy mashg\'ulot, 11-amaliy-2, result, Qarshi Davlat universiteti 5A110901 – Pedagogika nazariyasi va t-fayllar.org

3-MAVZU:Detallarning ichki silindrsimon sirtlariga ishlov berish. (4 soat).
(Processing of internal surfaces of details).
Reja:
1.Tig’li asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish.
2.Teshiklarni yupqa (olmosli) yo’nish.
3.Teshiklarni sidirish.
4.Abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish.
5.Teshiklarni xoninglash. Teshiklarni ishqalash (o’lchamiga yetkazish).
6.Kichik diametrli teshiklarni xosil qilish usullari.
Mashina detallarida teshiklar silindrik, pog’onali, konussimon va shakldor bo’ladi. Mashina detallarida silindrik teshiklar ko’p uchraydi. Teshiklarga ishlov berishning zarur aniqligiga erishish tashqi aylanma jismlarga ishlov berishdagiga qaraganda qiyin.
Teshiklarga qirindi ko’chirib va ko’chirmasdan ishlov berish mumkin. Qirindini tig’li va abrazivli asbob yoki abraziv kukun yordamida ko’chirish mumkin.
Tig’li asbob yordamida parmalash, zenkerlash, razvertkalash, yo’nish, jumladan, yupqa (olmosli) yo’nish va sidirish mumkin.
Abraziv asboblarda teshiklarni jilvirlash, xoninglash, superfinishlash, abraziv kukunda ishqalash (o’lchamiga yetkazish) mumkin.
Teshiklarni qirindi ko’chirmasdan teshish va sharchalar yordamida kalibrlash orqali ishlov beriladi.
Teshiklarni xosil qilishning eng samarali usuli shtamplashdir.
1.Tig’li asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish.
Metallarda teshiklar parmalash yordamida xosil qilinadi. Teshikning yanada tozarok, sinfdagi sirt g’adir-budirligiga va aniqligiga zenkerlash, razvertkalash, yo’nish va sidirish orqali erishish mumkin.
Parmalash dastgoxlarida teshiklarni parmalashda asbob (parma) aylanadi, tokarlik dastgoxlarida, odatda, detal aylanadi.
Aylanuvchi asbob yordamida teshiklarni parmalashda teshik o’qining kerakli yo’nalishidan parmaning qochishi detal aylangan xolda parmalashdagi qochishiga qaraganda katta bo’ladi. Parmaning qochishini kamaytirish maqsadida parmalash dastgoxlarining konduktorida yo’naltiruvchi (konduktor) vtulka qo’llaniladi.
Materialda diametri 30 mm dan katta teshiklar, odatda, ikkita parma (birinchisi kichik va ikkinchisi katta diametrli parmalar) yordamida parmalanadi.
Diametri 30 mm dan katta va ulcham aniqligi IT8 kvalitetdan yuqori xamda sirt g’adir-budirligi Ra=2,5 va undan toza bo’lgan teshiklar parmalangandan so’ng zenker va razvyortkalar qo’llaniladi, diametri 30 mm dan kichik teshiklarga parmalashdan so’ng faqat razvyortka qo’laniladi. Diametri 15 dan 20 mm gacha va o’lcham aniqligi IT6 kvalitetdan yuqori va sirt g’adir-budirligi Ra=2,5 va undan toza bo’lgan teshiklar parmalangandan so’g zenker va razvyortka qo’laniladi, diametri 20 mm dan katta teshiklar parmalangandan so’ng zenkerlanadi va bir yoki ikki marta (dastlabki va toza) razvyortkalanadi (2.I-rasm).
Rezba uchun teshik parmalashda parmaning D diametri ichki diametri d dan rezba chuqurligi a = 0,3+0,4 marotaba qiymatda katta qabul qilinadi.
Parmalar normal, chuqur parmalash uchun va maxsus bo’ladi.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda parmazenker, parma-razvyortka, parma-zenker-razvyortka kabi qurama asboblar qo’llaniladi.
Parmalashda, zenkerlashda va razvyortkalashda asbobning o’tish yuli ishlov beriladigan teshik uzunligi, asbobning kesib olish uzunligi va kesib chiqish uzunliklari yig’indisidan iborat bo’ladi va ishlov berishning asosiy vaqti quyidagicha aniqlanadi:

2.1-rasm. Yaxlit materialda teshikka ishlov berish:
a) - IT8 kvalitet bo’yicha aniqlikdagi teshikni parmalash;
b)- ITI0 kvalitet bo’yicha aniqlikdagi teshikni parmalash;
1 - parmalash; 2 - zenkerlash; 3 - daslabki razvyortkalash; 4 - tozalab razvertkalash

bu yerda:
lo - ishlov beriladigan teshik uzunligi, mm;
l kes – keskich asbobning kesib olish uzunligi, mm;
l chiq – parmaning kesib chikqish uzunligi, mm.
Vertikalь parmalash dastgoxlarida ko’p shpindelli kallaklar yordamida parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va rezba kesish mumkin.
Ko’p shpindelli kallaklarni buraluvchi stolli parmalash dastgoxlarida qo’llash juda xam kulay bo’ladi. 2.I-rasmda buraluvchi stolli dastgoxda teshiklarga uch shpindelli kallakda ishlov berish sxemasi ko’rsatilgan. Unda turtta patron bo’lib, uchta patronda ishlov berilayotgan vaqtda bitta patroni detalni almashtirishga xizmat k,iladi, shuning uchun yordamchi vakqt fakqat stolni 900 burashga, shpindellarni keltirish va olib ketishga sarflanadi xolos.
Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda turli (avtomobilь va traktorsozlikda va boshqalarda) detalning turli tomonlaridagi sirtlarda joylashgan ko’plab sondagi teshiklarini bir paytdagi ishlov berish uchun maxsus ko’p shpindelli parmalash kallaklari qo’llaniladi. Masalan, traktor dvigatellari silindrlari blokini avtomatik liniyada ishlov berishda 17, 22 va 30 shpindelli parmalash kallaklari qo’llaniladi.
Tayyorlanishi qimmat bo’lgan maxsus parmalash dastgoxlari, ko’pincha, maxsus almashtiriluvchi parmalash kallaklariga almashtiriladi, ularni ishlov beriladigan detaldagi teshiklarning joylashishiga qarab oson o’rnatish mumkin. Bunday kallaklar yordamida detalning turli tomonlarida joylashgan teshiklarga ishlov berish mumkin. 2.1-rasmda agregatli dastgoxlarda maxsus ko’p shpindelli kallaklarni qo’llashning turli variantlari ko’rsatilgan: 1- kallak gorizontal xolatda; 2 - ikki (yoki uch) ta kallak detalning ikki (yoki uch) tomonidan parmalash uchun; 3 - qoziqsimon taglik yordamida burchak ostida parmalash uchun kallakning joylashishi; 4 - bir yoki ikkita kallakning burchak ostida joylashishi; 5 - kallak vertikal xolatda; 6 - bitta kallakning gorizontal va boshqasining vertikal parmalash uchun joylashishi.



Download 226.49 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 226.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu: Detallarning ichki silindrsimon

Download 226.49 Kb.