• Teshiklarni ishqalash (o’lchamiga yetkazish).
  • 3-mavzu: Detallarning ichki silindrsimon




    Download 226,49 Kb.
    bet4/5
    Sana04.12.2023
    Hajmi226,49 Kb.
    #110789
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-ma\'ruza MT(maxsus kurs) (1)

    Teshiklarni xoninglash. Xoninglashning (xoning-jarayon) moxiyati shundan iboratki, dastlab razvyortkalangan, jilvirlangan yoki yo’nib olingan teshik aylanadigan xamda ilgarilanma-qaytma xarakatga ega bo’lgan abrazivliqo’zg’aluvchan oltita (ba’zan, undan xam ko’p) to’sinchali maxsus kallak (xon) bilan mexanik usulda pardozlanadi. Abraziv to’sinchalarning radial yo’nalishdagi xarakati mexanik, gidravlik yoki pnevmatik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
    Xoninglash natijasida sillik. va yaltiroq, yuqori sinf aniqligidagi va tozaligidagi sirt xosil bo’ladi. 10-20% texnik moy va kerosin aralashmasi bilan sovutiladi, aralashma ajralib chiqadigan abraziv zarralarni xam olib ketib turadi.
    Xoninglash dastgoxlarini gidravlik surgichli, bir va ko’p shpindelli qilib tayyorlanadi.
    Teshiklarni ishqalash (o’lchamiga yetkazish). Ishqalash jarayonining moxiyati shundan iboratki, cho’yandan yoki misdan tayyorlangan ishqalagich yordamida toza ishlov berilgan sirtdan g’adir-budirlikni yo’qotishni tushuniladi.
    Kichik diametrli teshiklarni xosil qilish usullari. 3mm gacha qalinlikdagi po’lat va 5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallardan tayyorlangan detallarda 3,5 mm gacha diametrli teshiklar xosil qilishda quyidagi usullar qo’llaniladi:

    1. Konduktor bo’yicha parmalash.

    2. Dastlab kernlab olib, so’ng parmalash.

    3. Shtamplarda teshik xosil qilish.

    Yuqorida ko’rsatilgan usullarda xosil qilingan teshiklarning diametr buyicha aniqligi va o’qlararo masofalarining aniqligiga yuqori talab qo’yilgan bo’lsa, bu teshiklar yakuniy o’lchami olingunga qadar shtamplarda kalibrlanadi.
    Konduktor buyicha parmalash yuqorida ko’rsatilgan kichik diametrli teshiklarni xosil qilish usullaridan unumdorligi pastligi va quyi aniqlikka erishishi bilan farq qiladi. Konduktor bo’yicha parmalashda konduktorni o’rnatishga yoki unga detalni joylashtirishga, maxkamlashga va parmalab bo’lingandan keyin detalni olishga vaqt ko’p sarf bo’ladi. Yo’naltiruvchi vtulka va parma orasida tirqish mavjudligi tufayli xosil bo’ladigan xatolikka konduktorni tayyorlash xatoligi xam qo’shilib, xosil qilingan kichik diametrli teshikning aniqligi past bo’ladi. Konduktor buyicha parmalanganda, koordinata bo’yicha markazlararo masofa aniqligi 0,05 mm ga erishiladi.
    Dastlab kernlab olib, so’ng parmalash kernlovchi shtamplar yordamida seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Kernlovchi shtamplar detallardagi konduktorni almashtirgan xolda mayda seriyali ishlab chiqarishda xam qo’llanishi mumkin.
    Kern buyicha parmalashda markazlararo masofa aniqligi konduktor bo’yicha parmalashga nisbatan yuqori bo’ladi, aniqlik koordinata bo’yicha 0,03 mm ga yetadi.
    Parallel o’qli kam sonli teshikli detallarda kern bo’yicha parmalash kichik parmalash dastgoxlarida amalga oshiriladi, agar detalda teshiklar soni kup bulsa, kern bo’yicha parmalashda yuqori unumdorli, ko’p shpindelli parmalash yarim avtomat va avtomatlar qo’llaniladi. Bitta parmalovchi 4-5 ta dactroxga xizmat ko’rsatishi mumkin. Detalda bir paytda, detal o’lchamiga qarab, 2 tadan 25 tagacha teshik xosil qilish mumkin.
    Biroq xozirgi ko’lamdagi ishlab chiqarishda yassi detallarda parallel o’qli kichik diametrli teshiklar xosil qilish uchun unumdorli va aniq usul - shtamplarda teshik xosil qilish usuli qo’llanilmokda.
    Bu usulning moxiyati shundan iboratki, teshik o’yuvchi shtamp yordamida bir paytning uzida (polzunning bir marta yurishida) ko’p sonli teshiklar (20 ta va undan ortik,) xosil qilinadi. Bunda konduktor buyicha va kern bo’yicha teshik xosil qilishga nisbatan markazlararo masofa yuqori aniqlikka erishiladi.
    Yassi detallarda teshiklar o’qlarining parallelligi yuqori aniqlikda olinishi talab qilinsa (diametri bo’yicha 0,005 mm, markazlararo masofalari buyicha 0,0075-0,01mm), parmalash operatsiyasidan yoki teshik xosil qilingandan keyin yakunlovchi operatsiya - shtamplarda teshiklarni kalibrlash operatsiyasi qo’llaniladi.



    Download 226,49 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 226,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: Detallarning ichki silindrsimon

    Download 226,49 Kb.