• Xulosa
  • Detallar eskirishini (yeyilishini) o’lchash usullari. Profilografirovaniye usuli




    Download 35.57 Kb.
    bet1/2
    Sana06.03.2024
    Hajmi35.57 Kb.
    #168053
      1   2
    Bog'liq
    detal
    Shim 2, kompressor, Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani riv

    Detallar eskirishini (yeyilishini) o’lchash usullari.
    Profilografirovaniye usuli.
    Reja:

    1. Detallarni yaroqli yaroqsizga ajratish

    2. Detallar guruhlar bo‘yicha brakka chiqarish

    3. Profilografirovaniye usuli.

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari

    Qismlarga ajratilgan detallar yuvilgandan keyin sirtlaridagi timalgan, darz ketgan, singanjoylar yaxshi ko‘nnib turadi vayaroqli- yaroqsizga ajratish vaqtida detallanu zanir aniqlik bilan o’lchash mumkin bo‘ladi. Yuvilgan va quntilgan detallar yig‘ish birliklari bo‘yicha komplektlangandan keyin yaroqli-yaroqsizga ajratiladi. Bu ishni ehtiyotlik va diqqat bilan bajansh zamr. Awal har bir detal ko‘zdan kechiriladi, keyiii tegishli tekshinsh hamda oMchash ashobi yordamida umng shakli va o‘lchamian tekshiriladi. Aynm hollarda detalni ta’mLr qilish yoki o‘miga yangisini qo‘yish kerak- kerakmasligiiii aniqlash uchun shu detalning unga tutashgan boshqa detallar bilan o£zaro ishlashi tekshiriladi.


    Ta’mir qilinishi kerak bo‘lgaii detallar to‘g‘nsidagi maJumotlar jihozni ta’mir qilish uchun tuziladigan nuqsonlar qaydnomasiga yozib qo‘yiladi. Tobg‘ri va yetarlicha mufassal tuzilgan nuqsonlar qaydnomasi jihozni ta’mir qilishga tayyorlashda muhim omil hisobianadi. Bu muhim hujjatni, odatda, jihozm ta’mir qilish bo£yicha texnolog ta’mir brigadasining brigadiri, ta’mir seximng masteri, OTK vakillari ishtirokida tuzadi.
    Yaroqli-yaroqsizga ajratishda jihozdagi har xil detallaming eng kocp yeyilish kattaliklarmi va yo‘l qo‘yiladigan eng katta ta’mir 0‘lchamlarini bilish hamda belgilay olish juda muhim. Masalan, siirish vintlan rezbasi diametriiung nommal diametridan 8%, vallar bo‘yinlari, shpindellar va o‘qlar diametrining nominal diametndan 5­10%, ichi bo‘sh shpindellar hamda o‘qlar devorlari qalinligining norrunal qalinligidan 3-5% kichrayishiga yo‘I qo‘yiladi.
    Detallar uch gruppa bo‘yicha brakka chiqariladi: birinchi guruhga bundan keyin ishlatishga yaraydigan detallar, ikkinchi gumhga ta’mir qilinadigan yoki tiklanadigan detallar, uchinchi guruhga almashtiriladigan detallar kiradi. Tayyorlash uchun ancha mehnat sarflanadigan, yangitdan tayyorlashga qaraganda ancha arzonga tiklanadigan detallar ta’mir qilinadi. Ta’mir qilinadigan detalnmg mustahkamlik zapasi tutashuvchi sirtlanning uzoqqa chidamliligmi pasaytirmagan (ta’nur oMchamlari sistemasi bo‘yicha), yig‘ish birligi va agregatning eksphiatatsion sifatlanni saqlagan yoki yaxshilagan holda o‘lchamlanm tiklashga yoki o‘zgartinshga imkon beradigan darajada yuqon bo‘lishi kerak.
    Agar yeyilish natijasida, o‘lchamlarning kichiklashishi mexa- nizmnmg normal ishJashim buzadigan уокз yanada tezroq yeyilishiga olib kelib, mexanizmning ishdan chiqishiga sabab bo’ladigan detallar almashtinladi. Eng ko‘p yeyilgan, shumngdek yo‘l qc/yilganidan kamroq yeyilgan detallar (agar hisoblashlar natijalan bo*yicha ular navbatdagi ta’mirgacha xizmat qila olmasa) jihozm ta’nnr qilish vaqtida yangilanadi. Detallaming xizmat qilish muddati ulaming haqiqiy foydalanish sharoitlanda eng ko‘p yeyilishi va yeyilish tezligmi e’tiborga olib hisoblanadi. Yaroqli-yaroqsizga ajratishda detallami nuqsonlar qaydnomasining tartib nomeri, shurungdek mashina yoki jihoznmg mventar nomeri bilan markalash (belgi qo‘yish) lozim, shunda keyingi ta’rnir operatsiyalanm bajansh osonlashadi.
    Markalash tamg‘alar, bo‘yoq, birkalar, elektrograf yoki kislota bilan bajanladi. Toblanmagan detaliaming ishda qatnashmaydigan sirtlanga belgilar tamg‘alanadi. Boshqa usuUar bilan ham toblangan, ham tobJanmagan detallar tamgLalanadi. Masalan, toblanmagan detallami markalashda rezina shtamp 40% azot kislotasi, 20% sirka kislotasi va 40% suvdan iborat entmada, toblangan detallarni markalashda esa 10% azot kislotasi, 30% sirka kislotasi, 5% spirt va 55% suvdan (toblangan detallar uchun) iborat eritmada qo‘llaniladi.
    Defektoskopiya (lot. defectus -nuqson va yun. skopeo — qarash) — material va mahsulotlarning nuqsonlari bor-yoʻqligini aniqlash uchun bajariladigan tekshirish usullari va vositalari majmui. D.ning mavjud usullari asosida materiallarga turli xil nurlar, toʻlqin va tebranishlar maydoni va b. taʼsir etib, ularning fizik xossalarini tekshirish yotadi. Oddiy koʻz yoki optik asbob (mas, lupa) bilan tekshirish D.ning eng oddiy usuli hisoblanadi. Nuqsonlarni aniqlash uchun fan va texnikaning boshqa sohalarida ham ishlatiladigan xilma-xil moslama va apparatlar (oddiy oʻlchash asbobidan tortib rentgen qurilmalari va b. murakkab apparatlargacha) qoʻllaniladi. D. yordamida mahsulotning ishga yarokli yoki yaroqsizligi korxonalardayoq tez aniqlanadi. D.da mahsulotning sifatiga putur yetmaydi. D.ning xillari: kapillyar, magnit, termoelektr, radio, infraqizil, elektrostatik D., ultratovush, rentgen nuri, gamma-nur bilan oʻtkaziladigan D. va b. Kapillyar D. nuqsoni bor uchastkaning nuqsoni yoʻq uchastkaga nisbatan yorugʻlik va rang kontras-tini sunʼiy ravishda oshirishga asoslangan. Magnit D. ferromagnit materiallardan tayyorlangan buyumlardagi nuqsonlar orqali oʻtadigan magnit maydonning oʻzgarishini tekshirishga asoslangan. Bunda buyumning nuqsonli qismiga magnit kukuni (5—10 mkm li zarra) sepilib, buyum magnitlanganda kukunlar nuqson bor joyga oʻtiradi (rasmga k,.). Ultratovush D. ultratovush chastota diapazonining elastik tebranishlaridan foydalanishga asoslangan. Akssado usuli, soya, rezonans, akustik va b. usullari bor. Akssado usuli eng keng tarqalgan usul boʻlib, bunda buyumga ultratovush tebranishlarining qisqa impulslari beriladi; nuqsondan qaytgan akssadolarning intensivligi va vaqti qayd qilinadi. Termoelektrik D. turli jinslardan yasalgan ikki materialning tegishgan joyini qizdirganda berk zanjirda hosil boʻluvchi e. yu. k.ning oʻzgarishiga asoslangan. Bu usulda material markasi aniklanadi. Radio D. santimetr va millimetr dia-pazonlardagi radiotoʻlqinlarning materiallarga singuvchanlik xossalariga asoslangan. Bu usul bilan poʻlat listlar, chiviqlardagi nuqsonlar, ularning diametri va qalinligi aniqlanadi. Infraqizil D. koʻrinadigan yorugʻlik uchun noshaffof boʻlgan qoʻshilmalarni sezish uchun infraqizil nurlardan foydalanishga asoslangan. Bu usul bilan ish jarayonida qiziydigan buyumlar tekshiriladi. Ultrabinafsha D. usulidan ham foydalanish mumkin. Elektrostatik D. buyumga joylashtiriladigan elektrostatik maydondan foydalanishga asoslangan. Elektr oʻtkazmaydigan materiallar (chinni, shisha, plastmassa) dan, shuningdek, shunday materiallar qoplangan materiallardan yasalgan buyumlardagi yuzaki darzlar aniklanadi. Bunda buyum sirtiga yupqa boʻr qatlami sepiladi va uning zarralari musbat zaryad oladi. Boʻr zarralari elektrostatik maydonining bir jinslimasligi natijasida darz qirralarida toʻplanadi. Rentgen D. rentgen nurlarining materiallarda turlicha yutilishiga asoslangan. Uning fotografik, vizual, kserografik, ion usullari bor. Gamma D. rentgen D.dagi fizikaviy asosga ega boʻlib, bunda turli metallar (kobalt, iridiy va b.) ning radioaktiv izotoplari chikaradigan gamma-nurlarning nurlanishidan foydalaniladi. D.ning koʻplab ishlatiladigan sohalari: 1) mahsulot materialining mikrostrukturasi yoki kimyoviy tarkibidagi nuqsonlarni tekshirish (yoki strukturoskopiya); 2) koʻrinmaydigan darzlarni, quyma ichidagi gʻovaklarni, payvand choklar ichidagi nuqsonlar (boʻshliq, keraksiz jinslar va h. k.) ni aniklash; 3) bevosita oʻlchab boʻlmaydigan yoki oʻlchash qiyin boʻlgan oʻlchamlarning berilgan geometrik oʻlchamlardan farqini aniqlash; mahsulotning himoya qoplamlari (lok, sir, har xil metall qoplamalar) qalinligini na-zorat qilish, ishlov berilgan yuza to-zaligini tekshirish va boshqalar.

    Xulosa: Xozirgi kunda detallarni nuqsonlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
    1) Ko’zdan kechirib-optik usulda aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan va x.k. joylarni);
    2) Kapillyar usulda aniqlash;
    3) Magnit-Kukun usuli (darzlar, g’ovaklar aniqlanadi);
    4) Ino’qtsiya (uyurmali tok) usuli (yashirin darzlar aniqlanadi);
    5) Ultratovush usuli. Bu usul ultratovushning bir jinsli detaldan o’ta olish xususiyatig’a asoslangan. Agar detalda darz bo’lsa, ultratovush shu darz orasidagi havo qatlamidan qaytadi va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi;
    6) Ryontagyonografiya usuli. Bu usul ryontgyon nurlarining detal qalinligiga qarab turlicha yo’tilishiga asoslangan;
    Bosim usuli ichi bo’sh detallardagi ko’zga ko’rinmaydigan nuqsonlarni (ko’pincha ochiq darzlarni) aniqlashda qo’llaniladi. Bunda detallar ichiga bosim bilan suv yoki havo kiritiladi.
    Gidravlik usul. Bu usulda korpus detallar (silindrlar bloki, silindrlar kallagi)dagi darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarning jips yopilishini ta‘minlaydigan maxsus styondlarda o’tqaziladi. Detal ichi bosimi 0,3…0,4 Mpa bo’lgan suv bilan to’ldiriladi. Suvning sizib chiqishiga qarab, detalda darz borligini aniqlash mumkin ekan


    Download 35.57 Kb.
      1   2




    Download 35.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Detallar eskirishini (yeyilishini) o’lchash usullari. Profilografirovaniye usuli

    Download 35.57 Kb.