• Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich “TMJ”kafedrasi, t.f.f.d,dotsent Andijon Mashinasozlik instituti Abduvoxitov Nurbek Dilshodbek o’g’li
  • Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Mashina detallaridagi yeyilish turlari va zarbiy ishqalanishda ishlaydigan detallarni mustahkamligini oshirish




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana04.03.2024
    Hajmi0.58 Mb.
    #166274
      1   2
    Bog'liq
    Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich
    GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA, Uch fazali transformatorlar, 13-ma\'ruza. (3), Strategiyа va raqobatchilik ustunligi reja, 3oylik, 2-laboratoriya ishi TTAT, 4, onlayn kurslar, Reja Reklama tarixi-fayllar.org, Texnologik jihozlar ekspluatatsiyasi, 1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha, Мустақил иш, Mavzu Resurslarni taqsimlash Vaqt davomiyligi va qazib olish n, MA’ruza №2. Elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqari-fayllar.org


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    537 
    MASHINA DETALLARIDAGI YEYILISH TURLARI VA ZARBIY ISHQALANISHDA 
    ISHLAYDIGAN DETALLARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH
    BO’YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI 
    Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich 
    “TMJ”kafedrasi, t.f.f.d,dotsent 
    Andijon Mashinasozlik instituti 
    Abduvoxitov Nurbek Dilshodbek o’g’li 
    PICHTJ M-59-21 guruh magistranti 
    Andijon Mashinasozlik instituti 
    Annotatsiya: Mashina detallarining yeyilishiga asosiy sabab ishqalanishdir. 
    Mashina detallarining ishlash jarayonida ishqalanuvchi sirtlariga kuchlar ta‘sir 
    etishidan o’lchamlarining nomaqbul o’zgarishi yeyilish deb ataladi. 
    Detallarning yeyilishi belgilangan birliklarda aniqlanadigan yemirilish natijasidir. 
    Yeyilish ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o’zaro siljish harakteri va 
    tezligiga, bir-biriga tegish tabiatiga, moylash va moylash materiallari turiga va boshqa 
    ko’p omillarga bog’liq. 
    Kalit so’zlar: Detal, Korrozion-mexanik, gidroabraziv, yeyilish, uzel, qobirg’a 
    cho’mich, abraziv, kontakt, plastic deformatsiya 
    Mashinalar uchun yeyilishning uchta turi belgilangan (GOST 23.002-78): 
    Mexanik, Korrozion-mexanik va elektr toki ta‘sirida yeyilishlar. O’z navbatida har bir 
    yeyilish bir necha ko’rinishga ega. 
    Mexanik yeyilish mexanik ta‘sirlar natijasida sodir bo’lib, u abraziv, gidroabraziv 
    (gazoabraziv), erozoin, gidroerozion (gazoerozion), kavitatsion, freting, toliqib va 
    qadalib yeyishlarga ajratiladi. 
    Korrozion – mexanik yeyilish mexanik ta‘sir hamda material bilan muhit orasida 
    ximiyaviy yoki elektroximiyaviy o’zaro ta‘sirlanishi tufayli sodir bo’ladi. Bu yeyilish 
    oksidlanib va freting-korroziyadagi yeyilishga ajratiladi. 
    Elektr toki ta‘sirida yeyilish elektro-errozion yeyilish deb ataladi. U sirtdan elektr 
    toki o’tganda razryadlar ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Elektr generatorlarining 
    kollektorlari, qo’zg’aluvchan elektr kontaktlar va boshqa sirtlar ana shu turdagi 
    yeyilishga moyil bo’ladi. 
    Yeyilish turlarining klassifikatsiyalari A.K.Zaytsev, B.I.Kostetskiy, M.M, Xrushchov, 
    I.V.Kragelskiy va boshqa olimlar tomonidan taklif etgan. Shulardan prof. B.I.Kostyoskiy 
    va prof. M.M.Xrushchov taklif etganlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. 
    B.I.Kostyoskiy taklifiga ko’ra yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish, oksidlab 
    yeyilish, issiqlik ta‘sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon yeyilishga 
    bo’linadi. 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    538 
    Ilashib yeyilish moy va oksid pardasi bo’lmaganda po’lat yuzalar kichik (1,0 
    m/sek gacha) tezlik bilan ishqalanishida va solishtirma bosim xaqiqiy kontakt bo’lgan 
    joylarda detalning oquvchanlik chegarasidan oshib ketgan hollarda kuzatiladi. 
    Oksidlanib yeyilishda bir vaqtning o’zida ikki jarayon boradi: ulardan biri detallar 
    sirtqi qatlamlarida detal mikroskopik hajmining plastik deformatsiyalanishi bo’lsa, 
    ikkinchisi havodagi kislorodning deformatsiyalanuvchi qatlamlarga diffuziyalanishidir. 
    Issiqlik ta‘sirida yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta solishtirma 
    bosimlarda ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida sodir bo’ladi. 
    Ajralib chiqayotgan ko’p miqdordagi issiqlik detalning ichki qatlamiga o’tishga 
    ulgurolmaydi, natijada detallarning sirtqi qatlamlari juda qizib ketadi. 
    Mavjud mashinalarga davriy ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
    orqali ularning ishga yaroqliligi saqlab turiladi. Bunday tadbirning muhimligini 
    quyidagi misollardan ko‘rish mumkin. 
    V.V.Kurchatkinning taxriri ostida chop etilgan darslikda “Qadimdan bugungi 
    kunga qadar, birinchi ish qurolidan (tosh, pichoq va bolta) tortib to zamonaviy kosmik 
    raketalar va robotlargacha inson nimani ixtiro qilgan bo‘lsa, u o‘z imkoniyati 
    darajasida uni ishonchli bo‘lishiga harakat qilgan. Ammo, butunlay buzilmaydigan va 
    doimiy ishga yaroqli mashina yaratish mumkin emas, chunki unga turli omillar ta’sir 
    etishi natijasida vaqt o‘tishi bilan detallari o‘z xossalarini yo‘qota boshlaydi va natijada 
    ishonchliligining belgilangan ko‘rsatkichlaridan chetga chiqa boshlaydi. Ushbu chetga 
    chiqishlarni bartaraf etish uchun ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi”.-deb 
    ko‘rsatib o‘tilgan. 
    Yana bir adabiyotda quyidagilar yoritilgan. Avtomobillarning yangiligida 
    texnikaviy holatini belgilovchi parametrlari ularning turlari va konstruksiyalariga 
    qarab texnik xujjatlarda keltiriladi va ular ekspluatatsiya jarayonida yuklanish hamda 
    tashqi muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Zamonaviy avtomobillar 15-20 ming qismlardan 
    iborat bo‘lib, ishlash davomida ularning 7-9 ming xillarining birlamchi xususiyatlari 
    o‘zgarib boradi, shu jumladan, 3-4 ming xillarining ishlash davri avtomobilning ishlash 
    davridan kamroqdir. Shu sababli, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ta’mirlash 
    ehtiyoji avtomobil ishlay boshlagan paytdan boshlanadi. 
    Taniqli rus olimi V.M.Kryajkov esa “Mashinalarni ta’mirlash alohida maqsad 
    emas, balki, ularni ishga yaroqliligini ta’minlash umumiy tizimidagi juda katta 
    ahamiyatga ega bo‘g‘in hisoblanadi. CHunki hozirgi kundagi mavjud texnikalardan 
    ta’mirlashlarsiz foydalanib bo‘lmaydi. Ta’mirlash bilan bir vaqtda ularni xizmat 
    muddatini oshirish borasida takomillashtirish ham mumkin bo‘ladi”.- degan. 
    Ushbu misollar asosida xulosa qilish mumkinki, qishloq xo‘jaligi yangi va sifatli 
    texnika bilan to‘la ta’minlanmas ekan, ularni o‘z vaqtida yangi va zamonaviy turlari 
    bilan almashtirib turilmas ekan, mavjud texnikalarni davriy ravishda joriy va kapital 
    ta’mirlash tizimiga ehtiyoj mavjud bo‘laveradi. 
    Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ehtiyojini vujudga keltiruvchi 
    asosiy sabablar quyidagilardan iborat. 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    539 
    Akademik Sh.U.Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, “Mashinalarda yuzaga keladigan 
    nosozliklarga detallarida turli xil nuqsonlar paydo bo‘lishi va ularning eyilishi sabab 
    bo‘ladi [1]. Ushbu sabablar ichida detallarning yetakchi hisoblanadi. SHuning uchun 
    qishloq xo‘jalik va melioratsiya mashinalarini ishdan chiqishining oldini olishga 
    nosozlikka olib keluvchi detallarni o‘z vaqtida almashtirish yoki ularning eyilishga 
    chidamliligini oshirish orqali erishish mumkin. 
    Q.X.Mahkamov asarida “Mashinalar yaratish va ulardan foydalanishning ko‘p 
    yillar davomida orttirilgan tajribasiga qaramasdan, mavjud mashinalar bugungi kun 
    talabiga hali to‘la javob bera olmayapti. Jumladan, bu mashinalar ishqalanish 
    birikmalarining buzilishi oqibatida ishdan chiqishi nisbatan ko‘p. Ushbu mashinalar 
    ishdan chiqishining 80% dan ortig‘i eyilish natijasida sodir bo‘ladi” - deyilgan 
    SH.A.SHoobidov va A.Irgashevlarning o‘quv qo‘llanmasida “Yeyilish mashinada 
    nuqsonlar paydo bo‘lishining asosiy sababchisi. Mashinani ishlatish jarayonida uning 
    o‘zaro tutashgan uzel va detallarining normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi joiz 
    o‘lchamdan chetga chiquvchi tirqishlar paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababi tutashgan 
    detallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida sodir bo‘ladigan eyilishdir. Shuni ta’kidlash 
    lozimki, mashinalarda sodir bo‘ladigan buzilishlarning 80% idan ko‘prog‘i yeyilish 
    hisobiga to‘g‘ri keladi”- deb ko‘rsatib o‘tilgan. 
    S.M.Babusenko traktor va avtomobillarning ishonchliligini pasayishiga va xizmat 
    muddatlarining kamayishiga asosan detallarning eyilishi sabab bo‘lishini ko‘rsatib 
    o‘tgan. Eyilish muqarrar hodisa. Biroq bu hodisa mohiyatini hamda unga qarshi kurash 
    choralarini bilish va ularni amalda qo‘llash orqali detallar eyilishini ko‘p darajada 
    kamaytirish va mashinalarning ishonchliligini oshirish mumkinligini ta’kidlagan. 
    A.S.Pronikov esa, “Mashinalar konstruksiyasiga qo‘yilgan talablarga amal qilish 
    ko‘pgina birikmalarning og‘ir sharoitlarda ishlashiga va eyilishiga sabab bo‘ladi. 
    Birikmalarining eyilishi mashinaning ishga yaroqlilik, ishonchlilik darajasi kabi texnik 
    ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, ularni pasayishiga olib kelishini” aytgan. 
    Vafoyev S.T. Musurmanov R. “Qurilish va melioratsiya mashinalarini ishlatish”
    kitobida ekskovatorning ishlash prinsipi va uning turlari haqida ma’lumotlar keltirib 
    o’tgan. Sankt-Peterburg Politexnika universiteti doktoranti Serditov Anton 
    Yevgenevich tomonidan yozilgan “Ratsionalnыe litye xlado- i iznosostoykie stali dlya 
    gornodobvayushey texniki i texnologiya ix proizvodstva” nomli maqolasida
    ekskovator cho’michi quyma tishlarini tasnifi va sovuq iqlim sharoitida ishlaganda 
    uning mustahkamligini oshirish yo’llari ko’rsatib berilgan. Ma’lumki sovuq havo 
    ta’sirida metallda o’zgarishlar hosil bo’lib mo’rtlasha boshlaydi va natijada ish 
    samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda tishlarning ishdan chiqishi 
    50% gacha ortishi mumkin. Sovuq harorat tufayli tishning ishdan chiqishi nafaqat 
    metall bilan balki qazib olinayotgan mineralga ham bog’liq bo’ladi. 
    Akademik Sh.U.Yo’ldoshev o’z darsligida «Mashinalarni ta’mirlashga, texnik 
    xizmat ko’rsatish va saqlashga qilinadigan xarajatlar hozircha ularning boshlang’ich 
    narxidan ancha ortiq. Binobarin, ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag„larni 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    540 
    tejash imkonini beradi. Ana shunday mashinalar parkini doimo shay holatda tutib 
    turish va undan ko’ngildagidek foydalanish uchun har yili milliardlarcha so’m mablag’ 
    sarflanadi. Shu bois mashinalarning ishonchliligini oshirish, ta’mirlangan texnikaning 
    sifatini yaxshilash hamda ta‟mirlash va xizmat ko’rsatishga ketadigan sarflarni 
    kamaytirish davlat ahamiyatiga molik vazifadir».- deb aytib o’tgan [1]. 
    Ekskavator cho’mich tishlarini yeyilib ishdan chiqishi va ularning xizmat 
    muddatini oshirish ustida jahonda va respublikamizda bir qancha olimlar ilmiy- 
    tadqiqotlar olib borganlar. 
    T.I. Asqarxo’jaev o’z asarida abraziv ishqalanish sharoitida ishlaydigan ishchi 
    organlarning kesuvchi qismlarini yuqori marganesli qimmatbaho 110G13L po’latidan 
    tayyorlash har doim ham maqsadga muvofiq emasligi, ya’ni har xil tosh-tuproq 
    sharoitida marnanesli po’latlarning yeyilishga qarshiligi ham turlicha ekanligini 
    ta’kidlagan [2] 
    A.N. Ruzibaevning ilmiy tadqiqotlarida EKG-5A rusumli ekskavator cho„michining 
    tajriba nusxa tishlarini tayyorlash texnologiyasi tuproq bilan tish orasidagi hosil 
    bo’ladigan kuchlanishi, EKG-5A rusumli ekskavator cho„mich tishlarining uch qirrali 
    konstruksiyasi hosil bo’ladigan zo’riqish kuchlarini teng taqsimlanishini ta’minlash, 
    cho’mich tishlarining ish jarayoni dinamiklik darajasi inobatga olingan holda yeyilish 
    parametrlarini hisoblashning matematik modelini ishlab chiqqan. Bundan tashqari 
    ekskavator cho’mich tishlarining yeyilishga bardoshliligini hisoblash usullari 
    materiallarning yeyilish nazariyasi, cho’michning kesuvchi elementlarining 
    konstruksiyasi yeyilish nazariyasi, ekskavator cho’mich tishlari kesuvchi qismining 
    geometrik parametrlari va shakllari zarbda hosil bo’ladigan urinma kuchlarning 
    yo’nalishi asosida takomillashtirgan [3]. 
    Xulosa 
    Yo‘l qurish, qurilish, konchilik mashinalarning kesuvchi elementlarining 
    mustahkamligi, chidamliligi va yeyilish bardoshligini oshirish masalalari xorijlik va 
    respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarida 
    muayyan darajada tadqiq etilgan. 
    Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlarda zarbiy ishqalanishda ishlaydigan ishchi 
    organlarning mustaxkamligini payvandlab qobirg‘alar xosil qilish orqali resursini 
    oshirishning mavjud texnologiyalari etarli darajada o‘rganilmagan. Ularda, ishchi 
    organlarning resursini ortishini ta’minlaydigan, etarli qattiqlikka va eyilishga 
    chidamlilikka ega bo‘lgan istiqbolli kompozitsion materiallarni payvandlab qoplab 
    qobirg‘alar hosil qilish masalalariga yetarli darajada e’tibor berilmagan 

    Download 0.58 Mb.
      1   2




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashina detallaridagi yeyilish turlari va zarbiy ishqalanishda ishlaydigan detallarni mustahkamligini oshirish

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish