• FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining vazifalari FVDT respublika darajasidagi boshqarish organlarining vazifalari
  • 1.FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining vazifalari
  • Ma’ruza rejasi: fvdt mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining vazifalari




    Download 19 Kb.
    bet1/5
    Sana16.05.2023
    Hajmi19 Kb.
    #60413
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    13-ma\'ruza. (3)
    GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA, Uch fazali transformatorlar, Strategiyа va raqobatchilik ustunligi reja, 3oylik, 2-laboratoriya ishi TTAT, 4, onlayn kurslar, Reja Reklama tarixi-fayllar.org, Texnologik jihozlar ekspluatatsiyasi, Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich, 1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha, Мустақил иш, Mavzu Resurslarni taqsimlash Vaqt davomiyligi va qazib olish n, MA’ruza №2. Elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqari-fayllar.org

    13- ma’ruza. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi. Aholini favqulodda vaziyayatlarda himoya qilish. Xalq xo‘jaligi inshootlarini barqarorligini ta’minlash
    .
    MA’RUZA REJASI:

    1. FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining vazifalari

    2. FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining vazifalari

    3. FVDT respublika darajasidagi boshqarish organlarining vazifalari



    Tayanch so’z va iboralar: FVDT kichik tizimlari va bo’g’inlari, kuch va vositalari, navbatchi-dispetcherlik xizmati, rahbar organlari, kundalik boshqarish organlari, tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervi, xabar berish va ma’lumot ta’minoti (ABT)tizimi.


    1.FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining vazifalari

    O’zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillash to’g’risidagi 2011 yil 24 avgustdagi qaror– “FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi)” favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo’yicha juda muhim ahamiyat kasb etadi.


    O’zbekiston Respublikasi FVDT hududiy, funksional va informasion-boshqaruv kichik tizimlaridan iborat bo’lib, respublika mahalliy, ob’ekt miqyosida uchta darajada bo’ladi.
    Hududiy kichik tizimlar - 14ta. Ular - Qoraqalpog’iston Respublikasida (1), hamma viloyatlarda (12) va Toshkent shahrida (1).
    Hududiy kichik tizimlar o’zlarining ma’muriy hududlari chegarasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo’ljallangan bo’lib, tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovulga to’g’ri keladigan bo’g’inlardan iborat bo’ladi.
    Funksional kichik tizimlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tashkil etiladi. Bugungi kunda funksional kichik tizimlarning umumiy soni - 22ta.
    Funksional kichik tizimlar atrof tabiiy muhit va potensial xavfli ob’ektlar ahvolini kuzatish va nazorat qilishga, shuningdek qaramog’idagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo’ljallangan bo’lib, davlat nazorati organlaridan (nazorat -inspeksiya xizmatidan), kichik tizim kuchlari va vositalaridan iborat bo’ladi.
    Hududiy va funksional kichik tizimlarning vazifalari, tashkil etilishi, kuch va vositalarining tarkibi, ishlash tartibi va boshqa masalalari geofizik, tabiat - iqlim, funksional va boshqa sharoitlarni, shuningdek xuddi shu kichik tizimdagi potensial xavfli ob’ektlar va hodisalarni hisobga olib, tizimlarning o’zi ishlab chiqadigan, shu kichik tizimlar haqidagi tegishli Nizomlarda belgilab qo’yiladi.
    Bu Nizomlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib, tegishli kichik tizimlarning rahbarlari (Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlar va idoralarning rahbarlari) tasdiqlaydi. Informasion-boshqaruv kichik tizimini O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etadi va u hududiy va funksional kichik tizimlar elementlarini o’z ichiga oladi.

    Download 19 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza rejasi: fvdt mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining vazifalari

    Download 19 Kb.