• 3.Teshiklarni sidirish.
  • Teshiklarni yupqa (olmosli) yo’nish




    Download 226,49 Kb.
    bet2/5
    Sana04.12.2023
    Hajmi226,49 Kb.
    #110789
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-ma\'ruza MT(maxsus kurs) (1)

    2.Teshiklarni yupqa (olmosli) yo’nish. Teshiklarni toza pardozlash, ko’pincha, yupqa yo’nish usulida amalga oshiriladi. Bu usulni juda katta tezlikda, kesishning kichik chuqurligida va kichik surishda amalga oshiriladi.
    Olmosli keskichlardan tashqari yo’nish uchun qattik qotishmadan tayyorlangan plastinkali keskichlar xam qo’llaniladi. Bular xam ishlov berilgan sirt g’adir-budirligigiga va aniqligiga nisbatan yaxshi natijalarni beradi. Olmosli yo’nuvchi dastgoxlarning konstruktsiyasi mustaxkam va bikir bo’lishi kerak, shpindelь va staninalarda titrash bo’lmasligi kerak.
    Yupqa (olmosli) yo’nish uchun kesish rejimlaridan misol keltiramiz.
    Cho’yan uchun kesish tezligi 120-150 m/min, bronza uchun 300-400m/min, babbit uchun 400-1000 m/min, alyuminiy qotishmalar uchun 500-1500 m/min buladi.
    Surish 0,01-0,008 mm/ayl bo’lganda, kesish chuk;urligi 0,05-0,1 mm oralig’ida bo’ladi.
    Yupqa yo’nish quyidagi afzalliklarga ega:

    1. Abraziv asboblarda ishlov berilgan jilvirlashda va xoninglashda sirtlarda uchraydigan abraziv donachalarning yupqa yo’nishda bo’lmasligi.

    2. Diametri 100-200 mm bo’lgan teshiklarning IT2 kvalitet bo’yicha o’lcham aniqligiga va teshiklarning ovallik va konussimonlik buyicha 0,01 mm dan 0,005 mm gacha aniqligiga oson erishiladi.

    3. Olmos yoki qattik; qotishmali plastinka bilan jixozlangan kesuvchi asbob konstruktsiyasining soddaligi.

    4. Yupqa yo’nish natijasida Ra= 0,32 gacha g’adir-budirlikda sirt xosil qilish mumkin.

    3.Teshiklarni sidirish. Ommaviy, yirik seriyali va o’rta seriyali ishlab chiqarishda silindrik teshiklar, shlitsali va boshqa shakldagi teshiklarga ishlov berishda sidirish usuli qo’llaniladi.
    Silindrik teshiklar parmalash yoki zenkerlashdan keyin sidiriladi. Parmalash va revolьverli dastgoxlarda sidirish teshiklarni razvertkalash o’rniga qo’llaniladi.
    Silindrik teshiklarni sidirish uchun dumalok. Sidirgichlar qo’llaniladi. Buning natijasida IT4 kvalitet buyicha o’lcham aniqligidagi teshik va Ra= 2,5 dan Ra= 0,63 gacha sirt g’adir-budirligiga erishish mumkin.
    Kvadrat, bir shponkali, shlitsali sidirgichlar o’zlariga tegishli bo’lgan shakldagi teshiklarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.
    Sidirishni amalga oshiradigan dastgoxlar mexanik va gidravlik, gorizontal va vertikal, bir va ko’p shpindelli bo’ladi.
    Ikki va uch shpindelli vertikal sidirish dastgoxlari bir vaqtning uzida 2-3 ta detalni sidirishga imkon beradi.
    Sidirish dastgoxlarida detalni sidirish uchun ular bikir yoki zoldirli tayanchlarga o’rnatiladi. Agar detalning yon sirtidagi teshigining o’qiga nisbatan perpendikulyar xolatda yo’nilgan bo’lsa, detal bikir tayanchga o’rnatiladi (2.2-rasm, a). Agar detalning toretsi yo’nilmagan bo’lsa (ishlov berilmagan sirt) yoki detal teshigininng o’qiga nisbatan perpendikulyar bo’lmagan xolatda yo’nilgan bo’lsa, detal sidirish uchun zoldirli tayanchga o’rnatiladi (2.2-rasm, b).
    Bir vaqtning o’zida bir necha detalni sidirish dastgoxning unumdorligini oshiradi. Agar detalning teshigi sidirgichning 2-3 qadamidan kichik bo’lsa, bir vaqtda bir necha detaldagi teshiklarni sidirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Sidirishning asosiy vaqti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



    bu yerda:
    L- sidirgich ishchi qismining uzunligi, mm;
    l - detaldagi sidiriladigan sirt uzunligi, mm;
    Vk – kesish tezligi (ishchi yurish), m/min;
    Vo yu - ork.aga yurish tezligi, m/min.
    Orqaga yurish tezligi ishchi yurish tezligidan 2-3 marotaba katta qabul qilinadi.
    Sidirish orqali teshiklardagi spiralsimon ariqchalarni xam xosil qilish mumkin, bunda sidirgich sidirish jarayonida ma’lum burchakka aylantirib turiladi.

    2.2-rasm. Sidirishda detallarni o’rnatish:
    a) - bikir tayanchga o’rnatish:
    1- dastgoxning old qismi; 2 - tayanch shayba: 3 - ishlov beriladigan detal;
    4 - sidirgich;
    b) - zoldirli tayanchga o’rnatish
    1 - prujina; 2 - tayanch shayba; 3 - zoldirli tayanch; 4 – ishlov beriladigan detal; 5 – sidirgich

    Download 226,49 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 226,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Teshiklarni yupqa (olmosli) yo’nish

    Download 226,49 Kb.