• 3.3-rasm. Ichki jilvirlash dastgoxida tsshiklarga ishlov berish sxemasi
  • Abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish




    Download 226,49 Kb.
    bet3/5
    Sana04.12.2023
    Hajmi226,49 Kb.
    #110789
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-ma\'ruza MT(maxsus kurs) (1)

    4.Abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish.
    Teshiklarni jilvirlash. Ichki jilvirlash dastgoxlarida teshiklar quyidagi usullarda jilvirlanadi:
    I. Patronga maxkamlangan xolda detalni aylantirib jilvirlash (2.3-rasm).
    2. SHpindelning planetar xarakatga zga bo’lgan dastgoxda detalning qo’zg’almas xolatida jilvirlash (2.4- rasm, a).
    3. Detal maxkamlanmagan va aylanib turgan xolatda markazsiz jilvirlash (2.4-rasm, b)

    3.3-rasm. Ichki jilvirlash dastgoxida tsshiklarga ishlov berish sxemasi:

    1 - ishlov beriladigan detal;


    2 - jilvirtosh doirasi
    Birinchi usul keng tark.algan (2.3-rasm). Bu usulda ishlov beriladigan detal sozlanadigan kulachokli o’zi markazlovchi patronga yoki dastgox shpindeliga o’rnatilgan maxsus moslamaga maxkamlanadi. SHunday usulda maxkamlangan detal aylanadi, o’z o’qi atrofida katta chastotada aylanadigan dumalok.jilvirtosh doirasi ilgarilanma-qaytma va ko’ndalang yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi. Jilvirtosh doirasining ko’ndalang va bo’ylama xarakatlanishining xar bir yurishida teshik sirtidan yupqa qatlam ko’chadi.
    Ikkinchi usulda, ya’ni detal qo’zg’almas xolatda, shpindeli planetar xarakatlanadigan gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda teshik jilvirlanadi. 2.4-rasm a) da ichki jilvirlashda dumalok jilvirtosh doirasi 2 va detal 1 joylashishi va shpindelning xarakatlanish sxemasi ko’rsatilgan: I - o’z o’qi bo’yicha aylanishi, II - detal ichki sirtining aylanasi buyicha planetar xarakatlanishi, III - detalning o’qi bo’yicha ilgarilanma-qaytma xarakatlanishi va IV - ko’ndalang yo’nalish buyicha xarakatlanishi, ya’ni ko’ndalang surish. Bunday turkumdagi dastgoxlarda oddiy jilvirlash dastgoxlarida jilvirlashning imkoni bo’lmagan detallarning tashqi silindrik sirtlarini xam jilvirlash mumkin.
    Bu dastgoxlar unumdorligi past bo’lganligi sababli faqat yuqori unumdorlikka ega bo’lgan dastgoxlarda jilvirlashning imkoni bo’lmagan yirik detallarni jilvirlashda qo’llaniladi.
    Jilvirlashning uchinchi usuli - markazsiz jilvirlashdir. Bu usulda maxkamlanmagan xolda aylanib turgan detaldagi teshiklarni quyidagi sxema bo’yicha jilvirlanadi (2.4-rasm, b). Tashqi diametri bo’yicha dastlab jilvirlab olingan detal

    2.4-rasm. Teshiklarni jilvirlash sxemasi: a) - planetarli; b)- markazsiz
    uchta roliklar yordamida yo’naltiriladi va tutib turiladi.
    Katta diametrli rolik 1 yetaklovchi bo’lib xisoblanadi; u detal 2 ni aylantiradi va shu bilan birga detalning jilvirtosh doirasi 3 ning katta tezlikda aylanib ketishdan saqlab turadi. Yuqoriga ezuvchi rolik 5 detalni yetaklovchi rolik 1 ga va pastki tutib turuvchi rolik 4 ga tiraydi. Uchta rolik orasida qisilgan detal yetaklovchi rolik 1 ning tezligiga teng bo’lgan tezlikka ega bo’ladi.
    Detalni almashtirishda ezuvchi rolik 5 detalni bo’shatish uchun chap tomonga suriladi, bu esa yangi detalni qo’l bilan yoki avtomatik ravishda almashtirishga imkon beradi.
    Markazsiz jilvirlashda teshik diametri bo’yicha IT 11 va xattoki, IT 12 kvalitet bo’yicha ishlov berish aniqligiga erishish mumkin. Bu usulni diametri 10 mm dan 200 mm gacha bo’lgan teshiklarni ichki jilvirlashda qo’llash mumkin. Bu usul dumalash podshipniklarining xalqalarini jilvirlashda keng qo’llaniladi. Markazsiz jilvirlashda jilvirlangan teshiklarning o’lchamlarini avtomatik ravishda o’lchash mumkin.

    Download 226,49 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 226,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish

    Download 226,49 Kb.