• 1 Internet – elektron tijoratning asosi
  • Elektron tijorot tizimlari




    Download 325,16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi325,16 Kb.
    #99365
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    9.1.Elektron tijorot tizimlari.




    Elektron tijorot tizimlari.
    Elektron tijorat asoslari. Elektron tijorat tarkibiy qismlari. Elektron tijorat 
    texnologiyalari. Elektron tijorat kategoriyalari. Elektron tijorat muhim jarayonlari. 
    1 Internet – elektron tijoratning asosi 
    Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. Elektron 
    tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli tuman. 
    Internet yordamida o’zingizga zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - 
    ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet qanday 
    imkoniyatlarni yaratadi ? 
    Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, IBM, 
    HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi. 
    Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini Internet orqali 
    amalga oshiradi[18,20]. 
    Internetdan foydalanish sotuvchilarga qo’yidagi imkoniyatlarni beradi. 
     Uzining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish. 
    Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda, tovarning 
    rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar hamda qo’shimcha 
    ma’lumotlarni olishi mumkin 
     Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini reklama 
    qilishi mumkin. 
     Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin; 
     Invistrlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin; 
     Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tizimini 
    yaratishi mumkin; 
     Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda 
    biznes bo’yicha sheriklarni maьlumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish 
    imkoniyati yaratiladi. 
    Sotib oluvchiga esa: 
     Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish; 
     Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va narxi 
    kanoatlantiradigan sotuvchini topish; 
     Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq surovlar yuborish hamda 
    javob olish; 
     Tovar buyurtma qilish; 
     Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash; 
     YUkni olib kelishini buyurtma qilish; 
     Tulovlarni amalga oshirish v.b. 
    Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli 
    maьlumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. 
    Internetning tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa 
    kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi 
    yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli surovlarni 
    oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu surovnomalarni qabul qilgan operator shu 
    surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi. 



    Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa 
    texnologik 
    jixatdan 
    murakkab 
    bo’lgan 
    tovarlarni 
    (telvizorlar,telefonlar) ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. 
    Bunday korxonalarning maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq 
    foydalanish. 
    SHu sababdan kompyuter va mobil telefon texnologiyalaridan keng 
    foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa 
    maьlumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada 
    alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi. 
    Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan 
    masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish
    kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. 

    Download 325,16 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 325,16 Kb.
    Pdf ko'rish