• Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama.
  • Internet – logistika
  • Elektron tijorot tizimlari




    Download 325,16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi325,16 Kb.
    #99365
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    9.1.Elektron tijorot tizimlari.

    Offlayn reklama. Offlayn reklama bu Internet- kompaniyalarning tovarlarini 
    radio orqali reklama qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, Internet- kompaniyalar 
    o’zining ishlash jarayonida o’z eьtiborlarini asosan radio, televizion, bosma 
    reklamaga qaratishadi. YAngi elektron markani yaratish va firma imidjini orttirish 
    uchun radioreklama juda xam mos xisoblanadi. Sababi radioreklama auditoriyasida 
    35-55 yoshgacha bo’lgan insonlar sanaladi. 
    Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama. 
    Katalog – bu tovarlarni topishga oson bo’lishi uchun bir tartib qilib yig’ilgan va 
    spravochnik ko’rinishida chiqarilgan nashr. Kataloglar odatda bir necha katalog 
    ostilarga bo’linadi, ular esa o’z navbatida direktivalarga ajratiladi. Bunday 
    kataloglarda ro’yxatdan o’tish uchun kerakli ularning WEB saxifasida ko’rsatilgan 
    amallarni bajarish kerak. 
    Elektron savdo- sotiqning barqarorligi ko’p xollarda axborot oqimining 
    doimiyligi bilan aniqlanadi. 
    Firma Internet orqali elektron savdo- sotiq bilan shug’ullansa, unda bu firma 
    o’zining raqobatbardoshligini oshiradi. SHu bilan bir qatorda firmaning xizmat 
    ko’rsata olish chegaralari ancha kengayadi. 
    Interaktiv biznesni qullab-quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va 
    moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi. 
    Internet – logistika 
    Logistika qo’yidagi oqimlar bilan ishlaydi. 
     Tovar ko’rinishida maxsulotlar oqimi yoki material oqim 
     Xizmatlar oqimi 
     Axborot oqimi 
     Turistlar oqimi 
     Ishchi kuchi oqimi 
     Bank maxsulotlari oqimini, sug’urta oqimini, invistitsion oqimini o’z ichiga 
    oluvchi moliyaviy oqim . 
    Biznes-logistika yuqorida aytilgan oqimlarni boshqaradi. Boshqacha qilib 
    aytganda, berilgan vaqtda aniq tovarni talab va taklifni koordinatsiya qilish va 
    xarakatiga yordam beruvchi su’bekti ishining menejmentidir. 
    Biznes –logistika kontsepsiyasi menejmentning integral quroli sifatida 1960 y. 
    AQSHda yaratilgan. SHu yo’l bilan logistika fani , biznes-logistikani tariflovchi 
    amaliy ishi uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. 
    Internet rejimida biznes-logistika, tadbirkor shaxs va kompyuter o’rtasida 
    birgalikdagi biznes-logistika amallari asosidagi logistikani tashkil qiladi. 
    Bunday logistika “Internet biznes-logistika” yoki qisqa qilib “Internet - 
    logistika” deb ataladi. 
    Internet logistikaga kompyuter, protsessor va internet yaratilganda asos 
    solingan. 


    6
    Mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi va ularni mamlakatlarda iqtisod 
    sohasiga kirib kelishi axborot-kompyuter texnologiyalarining revolyutsiyasiga asos 
    bo’ldi. Bugungi kunda elektron axborot bozor iqtisodining asosiy elementiga 
    aylandi.
    Internet ma’lumotlar bazasi va banklarini, elektron shartnomalar tizimi 
    va standartlarini yaratishga muljallangan. 

    Download 325,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 325,16 Kb.
    Pdf ko'rish