3
Rasm 1. Elektron to’lovlarni amalga oshirish tizimi
Ushbu rasmdan ko’rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer yaьni dastur
yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan
formani tuldirib kerakli
buyurtmani amalga oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma
qoldirish uchun muljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma sotuvchining
serverida joylashgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi:
Bank kartalari;
Elektron cheklar;
Raqamli pullar;
Elektron pullar.
Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni
amalga oshirish uchun
ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi
kerak bulgan to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, yaьni
pullarni elektron ko’rinishda
uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi
tulovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual
kartalarning bir turidir.
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko’rsatish
to’plamlari,
texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan
hamma kartalarni o’z ichiga oladi.
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda
ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni
binoga kiruvchi kalit,
kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin.