|
4 Amaliy mashg’ulot. Metall materiallarni o’rganish
|
bet | 1/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #112712 |
Bog'liq 4 Amaliy mashg
4 Amaliy mashg’ulot. Metall materiallarni o’rganish.
Metall deb elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘l- gan, shaffof bo‘lmagan yaltiroq va plastik jismga aytiladi.
Texnikada metallarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element- lardan toza bo‘lgan);
murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida bir necha elementlarning birikmasi bo‘lgan).
D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan ortiq kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar, qolgani esa metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe) bo‘lib, uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qora metallardir (1-rasm). Qurilishning barcha sohalarida, mashina va mexanizmlarni tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi. Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar guruhiga kiradi. Rangli metallardan mis (Cu), aluminiy (Al), magniy (Mg), titan (Ti), qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay (Sn) va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar hisoblanadi. Ularning barchasi texnik ahamiyatga ega.
Materiallar 2-rasmda ko‘rsatilganidek tasniflanadi.
Sun’iy materiallar
Po‘lat va temir
1000
Aluminiy
500
100
Mis
50
Rux
10
5
60 7 0 80 90 2000
1-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan asosiy metallar.
2-rasm. Materiallarning tasniflanishi.
Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga harakat qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoat- da xrom (Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko- balt (Co) ham ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metallarning xususiyatlarini yaxshilash uchun, ularga ma’lum xu- susiyatlar berish uchun qo‘shimcha material sifatida qo‘shila- di. Misol uchun V, W, Ti va Co lardan qirqish asboblari tayyorlashda foydalaniladi.
Sanoatda va texnikada metall qotishmalari keng tarqalgan bo‘lib, ularning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori turadi va pishiq, talabga javob beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan mis va aluminiy keng ishlatiladi, ulardan elektr simlari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Kremniy (Si) turli xil metall qotishmalarini olishda ish- latiladi. Metallarni jilvirlash, silliqlashda kremniy karborundi (SiC) dan foydalaniladi.
Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi.
Uglerod (C) olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi. Po‘lat va cho‘yanning xossalari uglerodning miqdoriga va hola- tiga (erkin, ya’ni grafit va temir bilan kimyoviy birikkan — sementit holida) bog‘liq.
Fosfor (P) juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, u temir- ning barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadi.
Metall va qotishmalardan to‘g‘ri foydalanish uchun ularning xossalarini va ular qanday sharoitda o‘zgarishini bilish kerak. Metall va ular qotishmalarining ichki tuzilishi o‘zgarishi bilan ularning xossalari ham o‘zgaradi. Metallarning ichki tu- zilishini o‘rgatadigan fan metallografiya deb ataladi.
Qattiq moddalar ikkiga: amorf va kristall moddalarga bo‘- linadi.
Amorf shaklsiz degan ma’noni anglatadi. Amorf moddalar- ning atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirganda ham tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘l- maydi. Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi. Ularning muayyan bir suyuqlanish va qotish harorati bo‘l- maydi (yelim, kanifol, shisha va boshqalar).
Kristallar haqidagi fan kristallografiya deb ataladi. Barcha metallar va qotishmalar kristall tuzilishga egadir.
Kristall moddalarning atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda
tartibli joylashgan bo‘ladi. Moddalar sharoitga qarab, ba’zan amorf, ba’zan esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchuk, yelim va h.k.). 3-rasmda kristall va amorf moddalar atomlarining joy- lashishi keltirilgan.
Kristall moddalar muayyan su- yuqlanish va qotish haroratlariga, ularning atomlari muayyan geo- metrik shakllarga egadir. Ularning xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat anizotropiya deb ataladi.
Kristall moddalarning mexanik puxtaligi, issiqlik va elektr o‘tka- zuvchanligi, suyuqlanish tezligi, harorati ularning atom tuzilishiga bog‘liq va uning xossalariga ta’sir etadi.
|
| |