|
Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari
|
bet | 7/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #112712 |
Bog'liq 4 Amaliy mashg Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari
Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari U harfi (uglerodli) va bu harfdan keyin keluvchi raqamlar (7, 8, 9 va h.k.) bilan markalanadi, raqamlar uglerod foizining o‘ndan bir ulush- laridagi o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Yuqori sifatli po‘latlarda raqamlar ketidan A harfi qo‘yiladi, masalan, U12A.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan uglerodli po‘latlarga avtomat va list po‘latlar (qozonbop po‘latlar) kiradi.
Avtomat po‘latlarga kesib ishlov berish oson. Kesib ishlov berishni osonlashtirish uchun po‘latga oltingugurt, qo‘rg‘o- shin, selen, tellur, kalsiy qo‘shiladi.
Po‘latning shtamplanuvchanligi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi: po‘latda uglerod miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha yomon shtamplanadi. Kremniy miqdori ko‘p bo‘lsa, po‘latning shtamplanuvchanligini, ayniqsa, cho‘zib shtamp- lashda, yomonlashtiradi. Shu sababli sovuqlayin shtamplash, ayniqsa, qattiq cho‘zib shtamplash uchun ishlatiladigan po‘- latlarda uglerod bilan kremniyning miqdori kamaytiriladi (ko‘pi bilan 0,08 %).
25, 30, 40, 45, 50 markali po‘latlarning plastikligi past ( = 23 – 14 va = 50 – 40 %) bo‘lgan holda mustahkamligi yuqori bo‘ladi (v = 460 – 640 MPa).
10, 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45, 50 markali po‘latlar kalibrlangan, sovuqlayin cho‘zilgan va aniq o‘lchamli simlar ko‘rinishida ham ishlatiladi. Parchinlash natijasida uning mustahkamligi ortadi, lekin plastikligi pasayadi. Uglerodli asbobsozlik po‘latlari tarkibida 0,7 – 1,5 % uglerod bo‘ladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar marten pechlarida yoki elektr pechlarida suyuqlantirib olinadi; ular oksidsizlantirish usuliga qarab, tinch yoki qaynaydigan bo‘lishi mumkin. Sifatli po‘lat- larda uglerodning miqdori chegaralangan, oltingugurtning miq- dori 0,04 % gacha va fosforning miqdori esa 0,04 % gacha kamaytirilgan bo‘ladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar 5, 08, 08 kp (harflar „qaynay- digan po‘lat“ degan ma’noni bildiradi), 10, 20, ... 45 va hokazo raqamlar bilan markalanadi. Raqamlar uglerod foizining yuzdan bir ulushlaridagi o‘rtacha miqdorini bildiradi. Uglerod miqdori kam bo‘lgan po‘latlarning (08, 10, 15, 20) mustah-
kamligi nisbatan past (v=330—420 MPa) va plastikligi yuqori ( = 25 – 32 % va = 55 – 60 %) bo‘ladi. Bunday po‘latlar
yaxshi payvandlanadi hamda shtamplanadi.
Oltingugurtli avtomat po‘latlar tarkibida oltingugurt (0,15— 0,3 % gacha) va fosfor (0,05—0,15 % gacha) miqdori ko‘p bo‘ladi. Tarkibida oltingugurt bilan fosfor miqdori ko‘pligi sababli avtomat po‘latlarga oson kesib ishlov berish mumkin, bunda ularning sirti juda sifatli chiqadi. Avtomat po‘latlar
A harfi va raqamlar bilan markalanadi, raqamlar uglerodning foizning yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi, masalan, A12, A20 va h.k. Po‘lat tarkibida marganes miqdori ko‘p bo‘lganda po‘lat markasiga G harfi qo‘shiladi — A20G. Avtomat po‘lat boltlar, gaykalar, vintlar va hokazolar tay- yorlash uchun ishlatiladi. Mustahkamligini oshirish maqsadida sovuqlayin cho‘ziladi, natijada ular puxtalanadi. Masalan, A20 po‘latining mustahkamlik chegarasi 460—610 MPa dan 620— 800 MPa ga qadar ortadi. Tarkibida 0,20 % gacha S bo‘lgan avtomat po‘latlar mustahkam po‘lat sifatida, uglerod miqdori me’yordagidan ko‘p bo‘lgan po‘latlar esa sifati yaxshilangan po‘lat sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli avtomat po‘latlar (Pb=0,08—0,15 %) AS14, AS40 va hokazo tarzda markalanadi, bunda raqamlar foizning yuzdan bir ulushlari hisobidagi uglerod miqdorini ko‘rsatadi. Selenli avtomat po‘latlarda markaning
oxiriga E harfi qo‘yiladi, masalan, 5E.
List po‘latlar (qozonbop po‘latlar) quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K; ularda uglerod miqdori 0,08 dan 0,28 % gacha bo‘ladi.
Bir qoliðda quyish uchun (ayniqsa, transport mashina- sozligida) mo‘ljallangan uglerodli po‘latlar foizning yuzdan bir ulushlari hisobidagi uglerod miqdorini ko‘rsatadigan raqam va L harfi bilan markalanadi, masalan, 15L, 40L.
|
| |