|
11-amaliy mashg‘ulot shtamp gabaritlarini aniqlash va shtamp texnologik o‘lchamlarini aniqlash va pokovka og‘irligini va tannarxini aniqlash. Uni boshqarish va zarur rejimga rostlash. Umumiy ma’lumotlar
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 490,54 Kb. | | #116190 |
Bog'liq 11-amaliy
11-AMALIY MASHG‘ULOT
SHTAMP GABARITLARINI ANIQLASH VA SHTAMP TEXNOLOGIK O‘LCHAMLARINI ANIQLASH VA POKOVKA OG‘IRLIGINI VA TANNARXINI ANIQLASH. UNI BOSHQARISH VA ZARUR REJIMGA ROSTLASH.
Umumiy ma’lumotlar
Hajmiy shtamplash deb ko‘pincha ma’lum temperaturagacha qizdirilgan metall zagotovkalarning shtamp deb ataluvchi (odatda, ikki palladan iborat bo‘lgan) asbobning pastki palla o‘yig‘iga quyilib, ustki palla bilan zarblab ishlashda deformatsiyalanib, shtamp o‘yig‘ini to‘ldirishiga aytiladi (120–rasm, a). Bu usul yuqorida tanishilgan erkin bolg‘alashga qaraganda ish unumining yuqoriligi, murakkab shaklli pokovkalar olinishi, shakli va o‘lchamlarining aniqligi, sirti yuzasi g‘adir-budirligining kamligi, yuqori malakali ishchini talab etmasligi kabi afzalliklariga ko‘ra ko‘plab bir xildagi pokovkalar tayyorlanadigan yirik temirchilik tsexlarida keng qo‘llaniladi. Lekin shtamp narxining qimmatligi, pokovka massasining 250–300 kg gacha bo‘lishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
21-Rasm. Hajmiy shtamplash sxemasi:
a–ochiq shtamplash; b–yopiq shtamplash; 1,2– shtamp pallalari; 3– pitr ariqchasi; 4– zagotovka; 5– pokovka; v–pitr ariqchasining ko‘rinishi
Shtamplar, materiallar xili va konstruktsiyasi
Yuqorida aytilganidek, metallarni hajmiy shtamplashda foydalaniladigan asboblarga shtamp deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po‘latlarning 5XNV, 5XNM, 5ATM, ZX2V9F va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o‘tadi.
Ularning o‘yiqlari shakli, o‘lchamlari pokovkalar tashqi shakli va o‘lchamiga juda yaqin bo‘ladi. Shtamplar konstruktsiyasiga ko‘ra ochiq va yopiq xillarga ajratiladi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida olinuvchi pokovka tashqi konturi bo‘ylab o‘yig‘i bo‘lib, u bilan bog‘langan tor pitr ariqchasi bo‘ladi. Bu xil shtamplarda zagotovkalarni shtamplashda shtamp o‘yig‘idan ortiqcha bo‘lgan metall tor ariqcha orqali pitr magaziniga o‘tib pitr hosil bo‘ladi. U keyin kesib tashlanadi.
Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezroq sovushida bir tomondan metallni pitr magaziniga o‘tishiga ko‘rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o‘yig‘ini metall bilan to‘laroq to‘lishiga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini bir-biriga urilishidan saqlaydi. Pitr ariqcha konstruktsiyasi va o‘lchami pokovka materialiga, shakliga, o‘lchamlariga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq Odatda, pitr massasi pokovka massasining 10–20 foizi oralig‘ida bo‘ladi.
Metallarni erkin bolg‘alashda ko‘rilganidek, shtamplashda ham pokovka chizmasini loyihalashda detal chizmasi asosida uning shaklini iloji boricha soddalashtirib, quyim, nominal o‘lchamlar dopusklari, qoldirmalar, Shuningdek, qizdirilgandagi kirishuv qiymatlari hisobiga pokovka hajmi (1,2-1,5 foiz) orttiriladi. Agar detalda teshik bo‘lsa, u belgilanib, kesiluvchi parda qalinligi ham ko‘rsatiladi. Zagotovkaning shtamp o‘yig‘iga osonroq o‘tishi va pokovkaning undan oson ajratilishi uchun shtamp o‘yig‘ining kichik bo‘lishi, ajralish tekisligining oddiy sirt bo‘yicha bir yuzadan ikkinchi yuzaga o‘tmas burchak bo‘yicha o‘tishi, shtampning ustki va pastki konturlari teng bo‘lishi, yondoshgan yuza devor qalinliklari keskin farqlanmasligi, shtamplashda metallning pastga qaraganda yuqoriga osonroq oqib o‘tishi va boshqa talablarga alohida ahamiyat berish lozim.
Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o‘yiqdi shtamplarda, murakkab shakllilari ko‘p o‘yiqdi shtamplarda olinadi. a da misol sifatida pokovkalarni ko‘p o‘yiqdi shtampda olish ko‘rsatilgan, ko‘p o‘yiqli shtamplarning o‘yiqlari odatda cho‘zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni bajaradi. SHunga ko‘ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o‘yiqlarga ajratiladi. Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o‘yig‘i uning tashqi shakliga va o‘lchamiga mos bo‘ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga o‘yiq hajmi bir oz kattaroq qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko‘p o‘yiqli shtamplarda olish iqtisodiy jihatdan ma’qulroqdir. b da ko‘p o‘yiqdi shtampda tsilindrik zagotovkadan shatun pokovkasi olishga misol keltirilgan.–rasmdagi ishlov ketma-ketligiga qaralsa, zagotovka avvaliga shtampning o‘tish o‘yig‘i 1 ga o‘tkazilib chiziladida, keyin ayrim joyini yumaloqlash joyi o‘yig‘i 2 ga o‘tkazib ishlanadi, so‘ngra shakl berish o‘yig‘ida va oxiri uzil-kesil ishlash o‘yig‘i 4 da ishlanadi.
22- rasm Ko‘p o‘yiqli shtamp va shtamplashdagi o‘tishlar:
1–cho‘zish o‘yig‘i; 2– ayrim joyini yumaloqlash o‘yig‘i; 3– shakl berish o‘yig‘i;4– pardozlash o‘yig‘i
|
2.Pakovkalarni tayyorlash uchun avval taerlanuvchi detal chizmasi asosida pakovka chizmasi chiziladi. Bunda uni soddalashtirish bilan mexanik ishlash uchun belgilangan kuyim kiymatlari hisobga olinadi. Keyin esa uning massasiga ko‘ra tegishli o‘lchamlari aniklanadi. Yirik pokovkalar uchun quyma, kichik pokovkalar uchun prokat zagatovkalar olinadi.
Yirik po‘lat pokovkani taerlashda quyma zogotovka massasi quyidagi formula boyicha;
G8=Gpok+Gch.k+Gkuy+Gtk, kg,
Bu yerda Gpok – pokovka massasi,kg.
Gch.k quymaning yuqori va pastki kismidan kesib tashlaydigon nuqsonli chikindi kismi massasi, kg (odatda, polat quymalarda uchtki kesiladigon bo‘lagi, quyma massasining 14-30 ni, pastki kesiladigon bo‘lagi esa 4-7 ni tashkil etadi.
Gkuy-metalni qizdirishda uning kuyindiga utdigon kismi, kg (alangali pkchlaarda quymani qizdirish kuyundiga utadigon kismi quyma massaning 2-3 miqdorida olinadi).
Gtk- texnologik kesiladigon bolaklar massasi,kg.
Odatda,oddiy shaklli pokovkalar uchun texnalogik bolaklar quyma massaning 5-10 ,murakkab shaklli pokovkalar uchun quyma massaning 10-30 gacha belgilanadi. Agar pokovka maayda va urtacha bo‘lsa, zogotovka sifatida sortament olinadi. Unda uning massasi kuydagi formula buyicha aniklanadi.
G3=Gpok+Gkuy+Gtk, kg
Zagatovka massasiga ko‘ra uning hajmi, so‘ngra o‘lchamlari belgilanadi. Keyin pokovka taerlash operatsiyalari tartibi, rejimlari belgilanib, ular texnalogik kartada qayd etiladi. 1-rasmda berilgan val pokovkasini taerlash bilan operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi misol sifatida keltirilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, bunday pokovkani taerlash uchun avval uning hajmini topamiz. Buning uchun uning elementlari v1, v2, v3, va v4 ni aloxida-aloxida aniklab, so‘ng ularni kushib pokovkaning tola hajmini aniklaymiz.
Misolimizda unig tola hajmi vn=15150 sm3 bo‘ladi. Keyn pokovka massasining topamiz;
Ga=vny=15150*7,8=118,2 kg
bo‘ladi.
Bu yerda u- polat zichligi ,g/sm3. Bunday pokovka uchun zogotovka sifatida sortament belgilagan mag‘kul. Mag‘lumki, bu zagatovka alangli pechta zarur temperaturagacha qizdirilsa, kuyndiga utishini 3,5 kg, kesiladigan bo‘laklar massasi 6 kg deb kabo‘l kilinsa, unda zagotovkaning massasi kuydagicha aniklanadi;
G3=Gpok+Gkuy+Gtk=118,2 +3,5+6=127,7 kg.
Pokovka chizmasidan uning yeng katta kismining kesim o‘lchami 120 3 ekanligi ko‘rinib turibti. Pokovka uchun shunday zagatovka olinishi kerakli, uning kesim yuzasi 30000 mm-dan kichik bolmasin. Buning tomonlari 180 180 mm li kvadrat zagotovka tanlanadi.Uning kesim yuzasi 32400 mm2 boladi.Bunda 32400 mm2 30000 mm2.
Endi zagatovka uzunligini aniklashga utamiz;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
11-amaliy mashg‘ulot shtamp gabaritlarini aniqlash va shtamp texnologik o‘lchamlarini aniqlash va pokovka og‘irligini va tannarxini aniqlash. Uni boshqarish va zarur rejimga rostlash. Umumiy ma’lumotlar
|