|
Mavzu: Arrali jin mashinasining samaradorligini oshirish reja kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 6,26 Mb. | | #243565 |
Bog'liq Qobiljon
Mavzu: Arrali jin mashinasining samaradorligini oshirish
REJA
Kirish
Asosiy qisim
1. Arrali jin mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar
2. Ishchi kameradagi xomashyo valigi zichligi va tezligi haqida umumiy ma’lumotlar
3. Chigitning ishchi kamerada bo’lish vaqti
4. Arra tishiga ta'sir qiluvchi kuchning hisоbi.
5. Xorij texnologiyasida arrali jinlar bo’yicha olib borilgan izlanishlar
6. Arrali jin ishchi kamerasiga tezlatgich o’rnatish
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
V. Ilovalar
KIRISH
Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish asosida ichki va tashqi bozor uchun chiqarilayotgan paxta mahsulotlari sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini tahminlashga alohida ehtibor qaratilmoqda.
Jahonda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi, xususan, paxta tolasini chigitdan ajratish (jinlash) jarayoni, texnika va texnologiyasini rivojlantirish, jumladan, paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish, ilmiy hajmdor, avtomatlashgan, shuningdek, resurstejamkor texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, fan-texnikaning eng oxirgi yutuqlarini sanoatga keng joriy etish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish masalalariga alohida ehtibor qaratilmoqda. Bu borada, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat ko’rsatkichlarini saqlash va mahsulot sifatini boshqarish imkonini beradigan ixcham texnologiyalar hamda uskunalarining sodda, kam material va energiya sarflaydigan konstruktsiyalarini yaratishga zarurat yuqori bo’lib, bu masalalar dunyo paxta sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Ma’lumki, barcha paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtadan tolani ajratib olishda arrali jin mashinalaridan foydalanib kelinmoqda. Tolani chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitda jinlash nuqsonlari hosil bo’ladi. Jinlangan tola tarkibida: ulyuk, pishmagan tola, singan tola, tola bo’lakchalari, tolali chigit po’stlog’i, eshilgan va tuginchali tolalar hamda chgitlar tarkibida: singan va kuyib qolgan chigitlarni tashkil etadi.
Chigitli paxtani ishlashda mashinaning xom ashyo valigi zichligi oshib ketishi natijasida olinayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etadi va jinlashning texnologik rejimlarini buzilishiga, tez-tez tiqilishlarga va mashinalarni to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinlash jarayonini o’rganish, hamda ularni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Arrali jin mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar
Chigitli paxta quritish va tozalash bo'limlarida konditsion namlikkacha quritilib, xas-cho'plardan tozalangandan keyin korxonaning bosh binosiga jinlash uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy operatsiyasi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan ajratiladi. Jinlash jarayoni chigitli paxtaning tolasini chigitidan mexanik kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog’lanish kuchi yakka tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2-3 marta (1.8-2.4 sN), (3.8-4.2 sN) kam bo'lgani uchun jinlash jarayoni o'zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik ingichkalik, pishshiqlik darajasi, uzilish kuchlari va x.k.).
Jin mashinasiing ish unumdorligini o’sishi albatta xomashyo valigi zichligini ortishi bilan birga sodir bo’lishi isbotlangan. Ammo, zichlikning ortishi bilan unumdorlik ortishi mahlum chegaragacha bo’lib, keyin unumdorlik pasaya boshlaydi. Bu holat yonbosh yo’nalishdagi ishqalanish kuchlarining tahsirida xomashyo valigi aylanish tezligi kamayib borishi bilan bog’liq bo’lib, zichlik 550÷600 kg/m3 bo’lganida jarayon butunlay to’xtab qolishi isbot qilingan. Bunday holat paxtani jinlash jarayoniga salbiy tahsir qilib, ish unumdorligi va tola sifatining pasayib ketishiga sababchi bo’ladi. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun jinlash jarayonini yanada mukammal o’rganish, xomashyo valigini tezlashtirishning amaldagidan boshqa usullarini ishlab chiqish talab etiladi. Sohada hozirgi kungacha olib borilgan izlanishlarda jinlash jarayonida xomashyo valigini faollashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali jin mashinasi ishchi kamerasini takomillashtirish masalasi yetarli darajada o’rganilmagan.
Paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda, ilmiy hajmdor, shuningdek, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat ko’rsatkichlarini saqlash, jarayon energiya sarfini kamaytirish imkonini beradigan, mahsulot sifatini boshqara oladigan ixcham texnologiyalarni, paxta tolasini chigitdan ajratuvchi uskunalarining kam material va energiya sarflaydigan mukammal konstruktsiyalarini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Jinlash jarayonini bir tekisda amalga oshirish xom ashyo valigini bir nechta parametrlariga bog’liq bo’ladi. Mana shu parametrlarning birortasi o’zgarishi toladan chigitni ajratib olish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jinlash jarayoniga quyidagi parametrlar ta’sir qiladi:
Xom ashyo valigini aylanish tezligi.
Xom ashyo valigini toladorligi.
Xom ashyo valigini zichligi va massasi.
Ishchi kamerada toladan ajralgan chigitlarini bo’lish vaqti.
Xom ashyo valigini tarkibida toladan ajralgan chigitlarni miqdori.
Bulardan tashqari xom ashyo valigini ishchi kamera yuzasiga ko’rsatadigan bosimi va ishqalanish koeffitsientlari ham ta’sir ko’rsatadi. Mana shu parametrlar jinning ish unumdorligi va tola sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
Malumki, arrali slindirning aylanish tezligi 12m/s va xom ashyo valigining aylanish tezligi 1.5 m/s bo’lganligi adabiyotlardan ma’lum. Bu xom ashyo valigini, chigitli paxtalar, to’liq jinlanmagan va tuksizlangan chigitlar tashkil etab, uning zichligi jinning markazi ishchi kamerasi tomon oshib boradi.
Xom ashyo valiginig zichligi ortib borgan sari jinning ish samaradorligi pasayib ketishiga va ayrim hollarda bu jarayonning to’xtab qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu muammoni o’rgangan holda biz arrali jinning ishchi kamerasida bo’layotgan jarayonlarni o’rganib chiqdik. Jinlаsh jаrаyonining sаmаrаli bo’lishini belgilаydigаn elementlаrdаn biri chigitlаrning ishchi kаmerаdаn chiqib ketishi hisoblаnаdi. Chigitlаrdаn tolаlаrni to’lа аjrаtib olish pаxtа bo’lаkchаsini аrrаli silindr tishlаri bilаn bir nechа mаrotаbа uchrаshgаndаn keyin sodir bo’lаdi. Mаnа shu jаrаyon mа’lum bir vаqtni tаlаb etаdi. Shu vаqtni kаmаytirish uchun аrrа tishlаri pаxtа bo’lаklаri bilаn uchrаshgаndа ilаshtirilаdigаn tolаlаr miqdorini oshirish yoki tolаsi bor chigitlаrning аrrа tishlаri bilаn uchrаshishini tezlаshtirishdаn iborаt. Jumladan, jin mashinasida tolalarni maksimal ajratib olish, tozalangan chigitlarni o’z vaqtida chiqarish orqali unumdorlikni oshirish va boshqalar. Mana shu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida tolani chigitdan ajratib olish jarayonini yana ham chuqurroq o’rganib chiqish kerak bo’ldi.
Shu maqsadda ushbu ishda jin konstruktsiyasini va uning asosiy elementlarini takomillashtirish maqsadida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borildi. Ayni paytda jin mashinasining samaradorligini oshirishning yangi yo’llarini izlab topish borasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari tahlil qilindi. Paxtani dastlabki ishlashning asosiy texnologik operatsiyasi – jinlash jarayonida xom ashyo valigi kerakli zichligini ushlab turish mexanizmlari yetarli darajada takomillashgan emasligi tufayli tola va chigitning sifati yomonlashadi. Mavjud jinning xom ashyo valigi zichligini boshqarish mexanizmi samaradorligi pastligi natijasida, ayniqsa past navli chigitli paxtani ishlashda, ta’minlashning og’irlik va hajm jihatidan ortishida xom ashyo valigini ortiqcha zichlanishi imkoniyati mavjudligidir, bu esa, namligi yuqoriroq chigitli paxtani ishlashda, olinayotgan mahsulot hajmiga ta’sir etadi va jinlashning texnologik rejimlarini buzilishiga, tez-tez tiqilishlarga va mashinalarni to’xtab turishiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinlash jarayonini o’rganish, hamda ularni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, arrli jin ish paytida ishchi kameradagi zichlikning oshib ketishi tola va chigitning shikastlanishiga sabab bo’lmoqda (1-rasm).
Arrali jin ishchi kamerasida xom ashyo valigi hosil bo’lib, uning holati butun jarayonni borishiga hamda jinlash jarayonda chiqayotgan mahsulot tola va chigitning tabiiy xususiyatlari hamda sifat ko’rsatkichlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Hosil bo’lgan xomashyo valigining aylanishi va zichligi ishchi kameraning tuzulishi, paxtani ta’minlashi va chigitning chiqishiga bog’liq. Ishchi kameraning zichligini bartafaf etish, undan chiqayotga mahsulot sifatini yaxshilash eng asasiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozigi kungacha ko’pgina professor va olimlar tomonidan arrali jin mashinasi uchun yangidan-yangi taklif va mulohazalar keltirilgan. Ular tomonidan olib borgan tadqiqotlarida arrali jin ishchi kamerasining zichligini optimal holatga keltirish uchun ko’plab yangi ishchi kamerani taklif etgan.
1-rasm. ДПЗ-180 rusumli аrrаli jinining оld tоmоndаn
ko’rinishi sхemаsi
1- ta'minlovchi valiklar; 2-qoziqchali baraban; 3-to'rli yuza; 4- yunaltiruvchi to'siq; 5-magnit; 6-pеshtoq brusi; 7-oldingi fartuk; 8- ishchi kamеra; 9- arrali silindr (disk); 10- chigit tarog'i; 11- kolosnik; 12- pastki brus; 13- ifloslik bunkеri; 14-iflosliklarni yig'ishtirish va uzatish shnеgi; 15- chiqindi olib kеtuvchi moslama; 16-chiqindini uzatish shnеgi; 17- saplo; 18- havo kamеrasi; 19- tola uzatish quvuri.
Hozirgi kunda paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida ishlab turgan paxta xom ashyosini chigitdan ajratish mashinalari (jinlar) ni takomillashtirish orqali tola chiqishini oshirish, sifatini yaxshilash, chigitning o’z vaqtida chiqib ketishini tahminlash, samaradorlik va unumdorlikni oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda maqolada jin mashinasini ish organlarini takomillashtirishga ehtibor qaratilgan.
Paxta tozalash zavodlarining ish unumdorligi va olinadigan mahsulotning sifatini texnologik jarayonga o’rnatilgan mashinalarning bir mahromda ishlashiga bog’liq. Bu o’z navbatida texnologik jarayonga o’rnatilgan tolani chigitdan ajratib beruvchi jin mashinasining samarali ishlashidan kelib chiqadi. Chigitli paxtani tozalash tsexlarida quritib, turli iflos aralashmalardan tozalangandan keyin zavodning bosh korpusiga chigitdan tolani ajratib olish uchun yuboriladi. Jinlash chigitli paxtani qayta ishlash texnologiyasidagi asosiy jarayon hisoblanib, bunda tola chigitdan mexanik kuch bilan ajratib olinadi. Arrali jinlarda asosiy ishchi organ sifatida arrali disklardan tashkil topgan tsilindr xizmat qiladi. Bu jinlarda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan paxtani chigit tarog’i yonida aylanayotgan arra tishlari ilib olib kolosnik tomon olib boradi. Bu xomashyo valigi arrali tsilindr aylanishiga qarshi tomonga aylanadi va u arra tishlarini paxta tolasi bilan uzluksiz tahminlab turadi. Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklarning orasidan olib o’tiladi, chigitlar esa o’ta olmay to’xtab qoladi, shunda tolalar chigitdan ajraladi. Mahlumki, jinlash jarayonida toladan ajragan chigitlar xomashyo valigining markaziy qismiga yig’ila boshlaydi. Natijada xomashyo valigining zichligi ortib, chigit va tolaning shikastlanishini ko’payib ketishiga olib keladi. Bu element arrali jin ishchi kamerasiga bo’ylanmasiga joylashtirilgan. Bu element arrali tsilindrga teskari yo’nalishda aylanuvchi tsilindrsimon shaklda bo’lib, uning markzidagi valga prujina yordamida biriktirilgan metal va rezina plastinkalaridan iborat. Qo’shimcha vosita o’rnatilishi munosabati bilan ish kamerasiga mahlum miqdordagi chigitli paxta tushishi bilan xomashyo valigi xosil qilinadi, yahni tsilindrsimon shakldagi qo’shimcha vosita diametri o’zgaruvchan bo’lganligi sababli ish kamerasiga tushgan chigitli paxtani miqdori kam bo’lganda uning diametri kattalashadi yoki aksincha.
|
| |