Ishchi kameradagi xomashyo valigi zichligi va




Download 6,26 Mb.
bet2/7
Sana19.05.2024
Hajmi6,26 Mb.
#243565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qobiljon

2. Ishchi kameradagi xomashyo valigi zichligi va
tezligi haqida umumiy ma’lumotlar

Jinlash jarayonida paxtadan ajralayotgan tola va chigit sifatining aniqlovchi faktorlari ichida eng muhimi bu xomashyo valigining zichligidir. Tadqiqotchilar tomonlaridan o’tkazilgan arrali jinlash sohasidagi tadqiqotlar ko’rsatadiki, xomashyo valigining zichligi ortishi bilan tola va chigitning sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi.


Paxtani dastlabki ishlash jarayonida qo’llanadigan texnologik jihozlarning qism va detallar ishchi yuzalari yuqori sifatli bo’lishi, yahni ularning yuza silliqligi 7 klass aniqlikda bo’lishi lozim. Olimlarning olib borgan ilmiy izlanishlari va o’tkazgan tajribalari natijalari shuni ko’rsatadiki, paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida tolalar shikastlanishi yoki jihozlarning qismlarini asosiy yuzalarida emas balki aynan bir shakldan ikkinchi shaklga o’tuvchi yuzalarda sodir bo’lishi aniqlangan, bunga misol qilib jinlar arra tishlarining qirralarini keltirish mumkin.
Har xil abraziv materiallar yordamida jilvirlangan arralardan foydalanishda o’tuvchi yuzalarning qirra radiuslari kichrayishi natijasida (r=0,1 mm) tolalar shikastlanishi o’sib borishi kuzatilgan.
Tolalarning ishchi yuzalar bilan o’zaro tahsirlashuvi akademik R.G.Maxkamov va boshqalar tomonidan o’rganib chiqilgan va tolaga tahsir qiluvchi kontaktli bosim kuchini aniqlash uchun quyidagi tenglik keltirilgan:
,
Bunda, ,

R – ikkita qisiluvchi jism orasidagi kuchlanish.
Izlanishlar natijalariga nazar tashlaydigan bo’lsak o’rta tolali paxta navlarining o’tuvchi yuzalar bilan o’zaro bog’lanishida aynan tola bilan o’tuvchi qirra orasidagi kontakt zonasida rm=0,1 mm radiusli qirrada R0=40-50 N/m2 kontaktli bosim sharoitida tolalarning shikastlanishi kuzatiladi.
Ingichka tolali paxtalar uchun ruxsat etilgan kontakt bosimi 70-90 N/m2 oralig’ida o’zgarishi kuzatilgan. Yuqoridagi kattaliklarni va yuza silliqliklarini baholashda tola va ishchi organlari o’zaro bog’lanishlarining muhim tomonlarini hisobga olgan holda aynan ikki komponentning ishqalanishini inobatga olish lozim. Tolalarning qattiq jismlarga (ishchi organlarga) nisbatan past mexanik xossalari uning shikastlanishiga olib keladi. Tolalarni chigitdan ajratish jarayoni murakkab mexanik jarayon bo’lib, arralar xomashyo valigi va kolosnikli panjara hamda chigit taroqlarining mutanosibligini tahminlagan holatda yuz beradi. Tolalar chigitdan ajralishi uchun esa xomashyo valigi mahlum bir zichlikka ega bo’lishi kerak, bu esa o’z navbatida ishchi organlarni tez yemirilishiga sabab bo’ladi, shu sababli arralar har 48-50 soatda, kolosnikli panjaralar esa har 3-4 oy ichida qayta tahmirlanadi yoki to’liq almashtiriladi.
Ishchi kameradagi jinlash jarayoni ancha murakkab, tajriba yo’li bilan massali valik zichligini o’zgarish qonuniyati yetarlicha o’rganilmagan. Jin arralarining aylanish tezligi bo’lib, massali valikni aylanish tezligi esa taxminan bo’lishi adabiyotlarda ko’rsatilib o’tilgan.
Jinlash jarayonini qanchalik to’liq quvvat bilan ishlashi ishchi kameradagi massali valikni zichligining o’zgarishiga bog’liqdir.
Ishchi kamera ko’ndalang kesim yuzasi va ishchi kamera uzunligi L=2335 mm ekanini hisobiga olib hajmini va a-rasmda ko’rsatilgan jin ishchi kamerasini chap va o’ng qismini yuzasini hisoblaymiz:





2-rasm. Jin ishchi kamerasining geometrik tuzilishi

3-rasm. Jin ishchi kamerasida xomashyo valigining qatlamlarini joylashishi.

Bu hisobimizda nahlum xatolik bo’lishi mumkin, sababi ehtiborga olinmagan va ba’zi kattaliklar yaxlitlab olingan.








Institutimiz izlanuvchilari tomonidan jin ishchi kamerasining hajmini kompyuter dasturi orqali hisoblaganda V0 =0,25m3 ekanligi aniqlangan. Bu ko’rsatkichning aniqlik darajasi yuqori bo’lganligi sababli keyingi hisoblashlarimizda ishchi kamera hajmi V0 =0,25m3 deb hisoblaymiz.
Paxta xom ashyosini o’rtacha zichligi ekanini hisobga olib, ishchi kameradagi xomashyo valigining o’rtacha massasini hisoblaymiz:

Demak, ishchi kameradagi xom ashyo valigining og’irligi m0 =81 kg ekan. SHu holatdan kelib chiqib xomashyo valigining 1 minutdagi aylanishlar sonini hisoblaymiz.
Jin mashinasi ishchi kamerasini mahlum vaqtga to’xtatilganda xomashyo valigining ko’ndalang kesimida tolali chigitlar va chigitlarning joylashuvi 2.2b-rasmdagi kabi ekanligi mahlum bo’ldi va xomashyo valigining ko’ndalang qirqimi bo’yicha tolali chigitlar qalinlikda joylashishi, chigitli xomashyo valik diametri ga teng ekanligi aniqlandi.
Demak, R3 =0,19 m, R4 =0,12 m ekanligi tadqiqot jarayonida aniqlandi. Ushbu holda tolali chigitlar joylashgan xalqa yuzasini hisoblaymiz:

Ishchi kameraning to’liq uzunligi bo’yicha tolali chigit joylashgan hajmi quyidagicha hisoblanadi:
V3 =S3∙L= 0,07∙2,335=0,16 m3
Chigit to’plangan massali valik hajmini ham hisoblaymiz:


Agar chigitni tsilindr shaklida deb oladigan bo’lsak, bir dona C-6524 seleksion navli chigitning balandligi 9,9 mm va diametri 5,4 mm ekanligini hisobga olib uning hajmini hisoblaymiz:

Bundan chigitli valik ichida joylashgan chigitlar soni N deb olinsa, u quyidagicha topiladi:

Shuning uchun, miqdorda chigit kolosnik orqali chiqib ketadi, xomashyo valigi ichida to’planadigan chigitlar miqdori ga teng. Ma’lumki, arralarni aylanish tezligi va chiziqli tezligi esa 12 m/s, arralar soni , Jinning ish unumdorligi chigitli paxta uchun 1 soatda 6000 kg deb olinsa, 1 minutda 100 kgni tashkil etadi. Ya’ni 730 aylanishda 100 kg paxta jinlanadi.
Paxta tozalash texnologiyasida eng asosiy jarayon bo’lgan arrali jinlashda unumdorlik, xomashyo valigi zichligi va tola hamda chigit sifatining o’zaro yaqin bog’lanishi borligi ko’plab tadqiqotlarda aniqlangan. Arrali jinlash asosiy tadqiqotlarining rivojlanish tahlili uni optimallash yo’llarini belgilashga imkonini beradi. Jin unumdorligini oshirish, chigit va tola sifatini yaxshilash uchun jinlash jarayonini stabillashtirish zarur .
Xomashyo valigining aylanish tezligini oshirish uchun ishchi kamera ko’ndalang kesimini kattalashtirish mumkin, ammo, bu o’z navbatida (arra aylanasi o’zgarmaganda) xomashyo valigining kamera devorlari ichki yuzasida ishqalanish kuchini ko’paytirib, uning aylanishiga qarshilik qiladi. Kameradagi xomashyo valigida tolalardan butunlay ajralib, chiqishga tayyor bo’lgan chigitlar umumiy massasining 50 foizidan ko’p qismini tashkil qiladi. Shuning uchun jarayon unumdorligini faqat chigitning ishchi kamerada o’rtacha bo’lish vaqtini maksimal darajada kamaytirish hisobigagina oshirish mumkin.
Arraning diametri 320 mm va aylanish tezligi 730 min-1 bo’lganda arra tishining chiziqli tezligi 12,2 m/s ga bo’ladi. Xomashyo valigining aylanish tezligi kamera shakliga va jinning ish unumdorligiga qarab 100 dan 130 min-1 gacha boradi.

Agar kameradagi xomashyo valigining shartli aylanasini arrali disklar aylanasiga teng, deb olsak, xomashyo valigi sirtida joylashgan paxta bo’lakchasining chiziqli tezligi 2 m/s bo’ladi. Demak, arra tishining xomashyo massasiga kirishdagi nisbiy tezligi 10 m/s teng.


Chigit tarog’i ustida tishlar ilib olgan paxta bo’lakchasining tezligi arra tishining chiziqli tezligiga (12,2 m/s) yaqin. Arraning kirish qismida paxta bo’lakchalari qo’zg’almas qobirg’alarga duch kelgani uchun ularning tezliklari 1,1÷1,5 m/s gacha kamayadi. Qobirg’alar ustida ularning tezligi 2,04-2,2 m/s gacha oshadi. Arraning yuqori yoyida xomashyo valigining tezligi yanada oshib, 2,5-2,8 m/s ga yetadi va shu tezlikka chigit tarog’i zonasida yana erishadi 1-rasm).




4-rasm. Arraning xomashyo valigiga ta’siri.


Download 6,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishchi kameradagi xomashyo valigi zichligi va

Download 6,26 Mb.