Chigitning ishchi kamerada bo’lish vaqti




Download 6,26 Mb.
bet3/7
Sana19.05.2024
Hajmi6,26 Mb.
#243565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qobiljon

3. Chigitning ishchi kamerada bo’lish vaqti
Jinlash jarayonining samarali bo’lishini belgilaydigan elementlardan biri chigitlarning ishchi kameradan chiqib ketishi hisoblanadi. Chigitlardan tolalarni to’la ajratib olish paxta bo’lakchasini arrali silindr tishlari bilan bir necha marotaba uchrashgandan keyin sodir bo’ladi. Mana shu jarayon ma’lum bir vaqtni talab etadi. Mana shu vaqtni kamaytirish uchun arra tishlari paxta bo’laklari bilan uchrashganda ilashtiriladigan tolalar miqdorini oshirish yoki tolasi bor chigitlarning arra tishlari bilan uchrashishini tezlashtirishdan iborat. Arrali jinning ishchi kamerasida hosil bo’lgan xom ashyo valigining 50 foizini tolalardan ajralgan chigitlar tashkil qiladi. Shuning uchun ishchi kamerada mana shu toladan ajralgan chigitlarni tezroq chiqarib yuborilsa, unda tola ajratgichning ish unumdorligi oshadi (4-rasm).
Arrali jinlarda asosiy ish organi sifatida arrali disklardan terilgan silindr xizmat qiladi. Bu jinlarda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan paxtani chigit tarog’i yonida aylanayotgan arra tishlari ilib olib, kolosnikka olib keladi. Ishchi kamerada tishlarga ilashgan paxta bo’lakchalari boshqa paxta bo’lakchalariga ilashib, ularni ham tortadi va xom ashyo valigini xosil qiladi. Bu valik arra aylanishiga qarshi tomonga aylanib arra tishlarini paxta tolasi bilan uzluksiz ta’minlab turadi.
Jin ishchi kamerasida xom ashyo valigining toladaorligi va tarkibi muhim ko’rsatkich xisoblanib u jinlash tartibini belgilab beradi. Jin ishchi kamerasiga o’rnatilgan tezlatgich turli aylanishda tolaning sifatiga ta’sir qiladi. Ishchi kameraga tezlatgichning o’rnatilishi jinning yumshoq rejimda ishlashiga imkon yaratadi. Unumdorlik oshishi bilan xom ashyo valigi zichligi ham oshadi, bu esa jinlash nuqsonlarini ortishiga olib keladi. Ikki jinning ishi solishtirilganda ko’rinadiki, xom ashyo valigi zichligi pasaytirilishi natijasida nuqsonlar yig’indisi va tolani ifloslanganligi asosan jinlash nuqsonlari hisobiga 0,5-0,6 % ga kamayadi (-rasm).
Jin mashinasining samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish uchun mashina optimal rejimda ishlashi shart. Bu holda qo’yilgan shartlarda mashinaning optimal ish unumdorligiga, samaradorligi maksimal qiymatga ega bo’lganda erishiladi. Taklif qilinayotgan qurilmaning ishlab chiqarish namunasiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1). Kerak bo’lgan ish unumdorligining ta’minlanishi.
2). Chigitlarni maksimal darajasi chiqarish va ularning tukdorligini bo’yicha tekshirish.
3). Ishlashdagi ishonchlilikning yuqoriligi.
4). Kerak bo’lganda ish rejimiga qarab jin ish organlarining oson va tez almashtirilishi.
5). Konstruktsiyaning soddaligi.
Arrali jinlash jarayonida ishchi qismlarining eng asosiysi ishchi kamеra va arradir. Ishchi kamеra esa, o'z navbatida cho'yandan ishlangan qobirg'alardan, pеshtoq brusdan, oldingi fartukdan, pastki fartukdan hamda chigit tarog'idan iboratdir. Bu qismlarning xar biri uning ish unumdorligiga hamda mahsulot sifatiga ta'sir qiladi. Undan tashqari qobirg'alarning tuzilishi va uning ishlash darajasi tolaning sifatiga katta ta'siri bor. Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklar orasidan olib o’tiladi, chigit esa o’ta olmay to’xtab qoladi, shunda tolalar chigitdan ajraladi. Ma’lumki, jinlash jarayonida 25 % tola va tolasidan ajralgan chigitlar xom-ashyo valigida ko’p turib qolishi sababli mexanik shikastlanadi. Tolasi ajralgan chigitlar xom ashyo valigining markaziy qismiga yig’ila boshlaydi (4-rasm).
Chigit tarog'i ustida tishlar ilib olgan chigitli paxta bo'lakchasining tеzligi arra tishining chiziqli tеzligiga (12 m/s) yaqin kеladi. Arraning kirish qismida paxta bo'lakchalari qo'zg'almas qobirg'alarga duch kеlgani uchun tеzliklari 1,1÷1,5 m/s gacha kamayadi. Qobirg'alarning ustida ularning tеzligi 2.04-2.2 m/s gacha ortadi. Arraning yuqori (chiqish) yoyi qismida xom ashyo valigining tеzligi yana oshib 2,5-2,8 m/s gacha еtadi va shu tеzlikka chigit tarog'i zonasida yana qo'shiladi


5-rasm. Arrali jinning ishchi kamеrasi
1-ishchi kamеra; 2-kolosnik; 3-oldingi fartuk; 4- chigit tarog'i;5- pastki fartuk;
6-pеshtoq brusi; 7- pastki brus; 8-yuqorigi brus.

6-rasm. Arraning chigitli paxta valigiga ta'siri sxеmasi


1-chigit tarog'i; 2-arra vali; 3-arralar oralig'idagi qistirma;
4-arrali silindr; 5-qobirg'a panjara.


Download 6,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chigitning ishchi kamerada bo’lish vaqti

Download 6,26 Mb.