• II BOB. FARTUK VA QALPOQCHA UCHUN CHIZMA CHIZISHNI MODELLASHTIRISH
  • ХULОSA……………………………………………………………………….. 32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................ 34
  • Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish




    Download 2,55 Mb.
    bet1/9
    Sana28.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #147576
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasi


    O‘QUVCHILARGA “FARTUK VA QALPOQCHANI TIKIB, OXIRGI ISHLOV BERISH” MAVZUSINI O‘QITISH IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
    MUNDARIJA:
    KIRISH…………………………………………………………………………. 3
    I-BOB. GAVDADAN O’LCHOV OLISH TURLARI VA VERTIKAL KONSTRUKTIV CHIZIQLAR
    1.1. Gavdadan o’lchov olish va fartuk haqida ma’lumotlar…………………….. 6
    1.2. Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish………………………………… 19
    II BOB. FARTUK VA QALPOQCHA UCHUN CHIZMA CHIZISHNI MODELLASHTIRISH
    2.1. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish metodikasi……………... 25
    2.2.Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalari………………………………………………………………………… 27
    ХULОSA……………………………………………………………………….. 32
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................ 34
    ILOVA.................................................................................................................. 36

    KIRISH .
    Mavzuning dolzarbligi. Yuqori sifatli tikuv buyumlarini loyihalashtirib, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy iqtisodiy xususiyatlariga to‘g‘ri yondashib, mutaxassislikka oid murakkab masalalarni yechishga qodir va estetik qonuniyatlarni mukammal egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifadir.
    Texnologik ta'lim o‘qituvchisining darsdagi, to‘garakdagi ishlarida olgan chuqur bilimlari mustaqil ishlashlarida, izlanishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kiyimlarni loyihalash, ya’ni asos chizmasini tuzish, to'r qismidan boshlab, keyin konstruktiv nuqtalar va chiziqlar o'rnini aniqlashgacha bo‘lgan jarayon bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Ayollar yengil kiyimini texnik modellash bosqichma-bosqich ko’rib chiqilgan. Ko’ylak, yubka, yeng, yoqa konstruksiyasi asosini modelga muvofiq yangi bichim konstruksiyasiga aylantirish usullari keltirilgan.
    Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari talimda yuqori sifatga erishish uchun qulay obyekt hisoblanib oquvchini keng fikrlash va ijodiy imkoniyatini oshirishga, amaliyotda hech ikkilanmay qollay olishga tayyorlashga yordam beradi. Umumtalim maktablarda dars jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etish orqali, oqituvchi tomonidan dars uchun qo'yilgan maqsadga erishish va oquvchiga darsni o'zlashtirish osonlashadi. Bu esa qisqa vaqtda ko'p narsaga, dars samaradorligini oshirish erishish imkonini beradi.
    Ta’lim tizimida umumta’lim maktablari va ularda o’rgatiladigan turli yo’nalishdagi fanlar yosh avlodning shakllanishida muhim o’rin egallaydi.O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish,innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishga o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida texnologiya fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan industrialtexnologik lokomotivlari qatoriga kirishi, ya’ni 2030 yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir.Sanoatda texnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko‘plab an’anaviy o‘sish omillarining ta’sirini kamaytiradi.
    Bu sohani rivojlantirish orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi ««Hunarmand» uyushmasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi PF-5242-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga erishiladi.Bugunga kunda O’zbekstonda zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ko’plab tikuvchilik korxonalari faoliyat yuritmoqda. Sohada bosqichma-bosqich tarkibiy o’zgarishlar yuz bermoqda, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi korxonalar qurish, ularni ilg’or, zamonaviy, raqobatga chidamli mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan asbob-uskunalar bilan jihozlash davom etmoqda, yangidan-yangi korxonalar foydalanishga topshirilmoqda.

    Download 2,55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish

    Download 2,55 Mb.