|
Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish
|
bet | 5/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #147576 |
Bog'liq O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasi1.2. Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish
1- Tasavvurdagi fartuk shaklini chizamiz, yoki shunchaki tasavvur qilamiz, .
2-Yuqori kenlik, .
3- Old uzunlik, .
4- Old kenglik, b
5- Bo'yin qismi uzunligi
6- Fartuk uzunligi.
Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish mavzusini o‘qitish metodikasi.
Dars maqsadi:
Ta`limiy: O‘quvchilarga fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish uchun gavdadan o‘lchov olishni, fartuk va qalpoqchaning asosiy chizmasini chizishni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarga har qanday tayyorlanadigan tikuv buyumini tikishdan oldin uning aniq o‘lsovini olishga va loyio‘alash asosida tayyorlashni o‘rgatish orqali iqtisodiy tarbiyani shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarga tikuv buyumlarining asosiy chizmasini chizish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Dars tipi: O‘quvchilar Yangi bilimlarni egallaydigan dars.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Dars metodlari: Og‘zaki, ko‘rsatmalilik.
Fanlararo bog‘lanish: matematika, chizmachilik, odam anatomiyasi. Moddiy-texnik jihatdan jihozlash va ko’rgazmali qurollar: fartuk va ro‘mol chizmasi, masshtabli chizg‘ich, burchakli chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich, albom.
Mavzuga metodik tavsiyanoma. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish mavzusi 5-sinf «Servis xizmati» yo‘nalishi “Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi” bo‘limida o‘qitiladi. Bu mavzuda o‘quvchilar ilk bor kiyimning asosiy chizmasini chizishni o‘rganadilar. Shuning uchun o‘am o‘quvchilarga chizma chizishda masshtab lineykasidan foydalanishni, qalam va chizg‘ichdan foydalangan xolda chizma chizishni o‘rgatish kerak. Chizma chizishning asosiy qoidalarini va xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa tayyorlanayotgan buyumning sifatsiz bo‘lishiga olib kelishini o‘quvchilarga tushuntirish kerak. Chizma chizishda asosiy va yordamchi chiziqlarni chizish tartibi va uning sabablari aniq ko‘rsatiladi. Asosiy chizmani daftarga chizishdan oldin albatta o‘lchovlarni kichraytirish uchun masshtabli chizg‘ich tayyorlab olinadi. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizishda o‘qituvchi va o‘quvchilar birgalikda har bir ishni bosqichma bosqich chizib boradilar. Chizmaning har bir chizig‘ini o‘am o‘qituvchi tushunarli xolatda izoqlab berishi shart, o‘quvchilar o‘am darsda faol qatnashishlari kerak. Barcha o‘quvchilarning o‘quv qurollari to‘liq bo‘lmasa dars kutilgan natijani bermaydi. Bu mavzuni o‘tish uchun o‘quvchilarni oldindan darsga tayyorlash zarur bo‘ladi. Mavzuni o‘qitishda ko‘rgazmali , amaliy metodlardan foydalanish mumkun. Darsning yakunida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning dars jarayonida chizgan chizmalarini ko‘rib chiqib xatolarini ko‘rsatib beradi.
|
| |