• Kurs ishining vazifalari
  • I-BOB. GAVDADAN O’LCHOV OLISH TURLARI VA VERTIKAL KONSTRUKTIV CHIZIQLAR 1.1.Gavdadan o’lchov olish va fartuk haqida ma’lumotlar
  • Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish




    Download 2,55 Mb.
    bet2/9
    Sana28.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #147576
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasi

    Kurs ishining maqsadi: Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish bichish va tikishni o‘rgatish orqali o‘z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda kattalar va bolalar gavda turlariga qarab buyumning asos chizmalarini chizish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berishdan iboratdir.
    Kurs ishining vazifalari: Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish o‘rganish asosidaandozani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikishni takomillashtirish, rivojlantirish asoslarini ishlab chiqish va ularning yangi modellarini yaratish yo‘llarini joriy qilish
    Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi mundarija, kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


    I-BOB. GAVDADAN O’LCHOV OLISH TURLARI VA VERTIKAL KONSTRUKTIV CHIZIQLAR
    1.1.Gavdadan o’lchov olish va fartuk haqida ma’lumotlar.
    Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak.
    Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch turishi kerak. O‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan o‘lchanadi. O‘lchashni boshlashdan oldin gavdada asosiy
    hisoblash nuqtalari — bel chizig‘i va boshqalar belgilab olinadi.
    Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo‘shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa o‘lchamlarni gavdaning o‘ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo‘ksa va hokazolar simmetrik bo‘lmasa ikkala tomon ham o‘lchanib, natijalar alohida yoziladi.
    Aylana o‘lchamlari to‘la o‘lchanadi, lekin bu o‘lchamning yarmi (yelka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi.
    Uzunlik o‘lchamlari to‘la yoziladi.
    Razmer belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik — U, kenglik — K, balandlik — B deb yoziladi.
    Gavdani o‘lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay to‘g‘ri o‘lchash uchun o‘lchash belgilari ro‘yxati yozilgan qog‘oz tayyorlab olishni maslahat beramiz.
    Gavdani to‘g‘ri o‘lchash usullari 13-rasmda ko‘rsatilgan. Ularni razmer belgilarini shartli belgilanishi esa quyida yozilgan:
    1. Bo‘yin aylanasi (BnA). Santimetrli lenta bo‘yin nuqtasi va bo‘yin asosidagi nuqta orqali o‘mrov nuqtasigacha aylanib o‘tadi.
    2. Ko‘krakning birinchi aylanasi (KA1). Santimetrli lenta gavda ort qismi bo‘ylab gorizontal qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda kukrak bezlari asosining ustidan o‘tadi.
    3. Ko‘krakning ikkinchi aylanasi (KA2). Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining

    Gavdadan o‘lchov olish.

    oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko‘krakning turtib chiqqan


    nuqtalari bo‘ylab o‘tadi.
    3. Ko‘krakning uchinchi aylanasi (KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat’iyan gorizontal o‘tadi.
    4. Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig‘i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o‘tadi.
    5. Bo‘ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal aylanib lekin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib dumbaning turtib chiqqan nuqtalari orqali o‘tadi.
    6. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib o‘lchanadi.
    7. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o‘lchanadi.
    8. Òizza aylanasi (ÒA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan aylantirib o‘lchanadi.
    9. Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo‘ylab qo‘ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi.
    10. Ko‘krak kengligi 1 (KK1). Ko‘krak bezlarining asosi ustidan qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi.
    Bu nazorat qilish o‘lchovidir.
    11. Ko‘krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko‘krak bezlarining uchlaridan qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o‘tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o‘tadi.
    12. Ko‘krak markazi (KM). Ko‘krakni turtib chiqqan nuqtalarining orasi o‘lchanadi.
    13. Yelka kengligi (YelK). Bo‘yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi.
    14. Yelka aylanasi (YelA). Qo‘lning yuqori qismidan aylantirib qo‘ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o‘lchanadi.
    15. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukil gan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o‘lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak.
    16. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosi dan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog‘onasigacha parallel ravishda o‘ta di.
    17. Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig‘i umurtqa chizig‘i bilan kesish gan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi.
    18. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta bo‘yin asosi nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o‘tadi.
    19. Ko‘krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo‘yin asosi nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlarigacha o‘tadi.
    20. Yeng o‘mizi uzunligi (YeO‘U). Bo‘yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan qo‘ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o‘tadigan gorizontalgacha vertikal o‘lchanadi.
    21. Kiyim uzunligi (KU). Yettinchi bo‘yin umurtqasidan istalgan uzunlik darajas iga cha umurtqa bo‘ylab belga yopishib turadigan
    kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o‘lchanadi (kiyim uzunligi
    ikkita o‘lchamdan ham iborat bo‘lishi mumkin KU=OrbU+YuU).
    22. Yubka uzunligi (YuU). Beldan yon tomondan istalgan
    uzunlik darajasigacha vertikal ravishda o‘lchanadi
    23. Shim uzunligi (ShU). Beldan yon tomondan istalgan
    uzunlik darajasigacha vertikal ravishda o‘lchanadi.
    24. Bo‘ksa balandligi (BkB). O‘tirgan holatda bel darajasidan
    stulgacha yon tomon bo‘ylab vertikal o‘lchanadi.
    Birinchi to‘lalik guruhidagi gavdaning o‘lcham belgilarining
    kattaliklari 1-ilovada keltirilgan
    Tikuvchilik mutaxasisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Odam gavdasi odatda tana,bo`yin,bosh,qo`llar va oyoqlar kabi bo`limlarga bo`lib o`rganiladi.Odam skleti bosh, tana,qo`l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan.Skeletning tayanchi bo`lib umurtqa po`gonasi hisoblanadi.Ular besh qismdan iborat: 1.Bo`yin umurtqasi 0-1 2.Ko`krak umurtqasi 1-2 3.Bel umurtqasi 2-3 4.Dumg`aza suyagi 3-4 5.Dum suyagi 4-5 Bo`yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi.Bu suyak odam gavdasidan o`lchovlar olishda xizmat qiladi. Umurtqa pog`onasining egrilik darajasiodamning qaddi qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butunumri davomida o`zgarib turadi.Umurtqa pog`onasiningegriligiga qarab gavdani quydagi turlarga ajratish mumkin. –ozgina egilgan (a) -o`rta egilgan(b -kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik (v) -kuchli notekisda ifodalangan egrilik (g)
    Odam gavdasini belgilab beruvchi asosiy morfolagok belgilar:umumiy belgilarni,mutanosiblikni,tana tuzilishini o`z ichiga oladi.

    Download 2,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish

    Download 2,55 Mb.