Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana03.04.2024
Hajmi292.82 Kb.
#186179
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
131-сон 27.06.2007. Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH DAVLAT RAQAMI
BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Avtomototransport vositalari milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va
standartlarga muvofiqligini ta’minlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishning elektron
tizimi bilan birga olib borish, shuningdek ularni qalbakilashtirish va ulardan noqonuniy
foydalanishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasida
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish
davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi
qabul qilinsin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy
etish:
2008-yil va 2009-yilning birinchi choragi mobaynida — ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar,
avtomototransport vositalari uchun, ular egalarining yozma arizasi asosida ixtiyoriy ravishda,
shuningdek yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan) barcha
avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2009-yilning ikkinchi choragidan boshlab 2013-yil 1-yanvargacha — yangidan ro‘yxatdan
o‘tkazilayotgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan), shuningdek foydalanilayotgan (ishlatilayotgan)
barcha avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-
dekabrdagi 284-sonli 
qarori
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 453-modda)
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish eski davlat raqami belgilarini yangisiga ixtiyoriy ravishda
almashtirish to‘g‘risida 2008-yil mobaynida murojaat qilgan avtomototransport vositalari egalari
ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadilar, yaroqsiz va yo‘qolgan davlat
raqami belgilarini va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini majburiy almashtirish hollari bundan
mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
3. Quyidagilar:
avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining
hududiy kodlari taqsimoti 
1-ilovaga
 muvofiq;
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat
raqami belgilarining tiplari 
2-ilovaga
muvofiq;
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarida qo‘llanadigan raqamlar va lotin alifbosi
harflarining namunalari 
3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlarning vakolatli organlarini
O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)
uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yangi davlat raqami belgilari joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
yuklansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)
uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini tayyorlash yorug‘likni aks ettiruvchi qoplamalar,
chidamli va korroziyaga qarshi metall qotishmalari qo‘llanishini, shuningdek qalbakilashtirishdan
himoya qilishning yuqori darajasini ta’minlovchi tasdiqlangan maxsus texnologiyaga muvofiq
amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga avtomototransport vositalari va ularning
tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini O‘zbekiston
Respublikasi hududida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi
boshqarmasining Qurilish-montaj boshqarmasida ishlab chiqarishga doir mutlaq huquq berilsin.
“O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazish
davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishda standartlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy
nazorat mexanizmini belgilasinlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi yangi namunadagi davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishni tashkil etish
uchun texnologik asbob-uskunalar xarid qilishga 333990,0 yevro ekvivalentida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining texnik
shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etsin;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi standart hamda ishlab chiqarish
texnologiyasi asosida tayyorlanishini va 2008-yil 1-oktabrgacha chiqarilishini ta’minlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .2008-yil 18-
sentabrdagi 211-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
avtomototransport vositalari haydovchilari va aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot
vositalari orqali zarur tushuntirish ishlari olib borgan holda ularga ushbu qaror talablarini yetkazsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi
namunadagi davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan yig‘im miqdorini bir oy muddatda
tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda qalbakilashtirilgan va boshqa
transport vositasiga biriktirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilaridan foydalanganlik
uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida avtomotransport vositalarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ular hisobini yuritish, milliy davlat raqami belgilarini
berish va almashtirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin, ularda yaroqsiz, shikastlangan yoki buzilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami
belgilarini almashtirish va ta’mirlash tartibini puxta tartibga solsin;
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami
belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son
qarorining 
5-bandi
, shuningdek qarorga 
2

3
va 
4-ilovalar
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari N.M.Xanov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A.Matlyubov zimmasiga
yuklansin.

Download 292.82 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish