• O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
  • O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida




    Download 1.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/26
    Sana06.11.2023
    Hajmi1.64 Mb.
    #94750
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA METROLOGIYA XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI
    TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
    O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimining
    normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shuningdek, metrologiya xizmatlari ko‘rsatishda
    shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish qoidalari 
    1-ilovaga
    muvofiq;
    O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 
    2-ilovaga
    muvofiq;
    O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalari 
    3-ilovaga
     muvofiq;
    Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari 
    4-ilovaga 
    muvofiq;
    O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish qoidalari 
    5-ilovaga 
    muvofiq tasdiqlansin.
    2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan
    normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
    Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish
    masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga
    yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 29-avgust,
    528-son
    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-
    avgustdagi 528-son
     qaroriga
    1-ILOVA
    O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish
    QOIDALARI
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, o‘lchash vositalarining
    turini tasdiqlash va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turini O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash
    vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Qoidalar talablari davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada
    o‘lchash vositalarini qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
    Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan
    holda davlat sinovlaridan o‘tkazilishi kerak:
    sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
    moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
    soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
    zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q
    qilish;
    umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
    aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish,
    yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;


    sanoat xavfsizligini ta’minlash;
    davlat mudofaasini ta’minlash;
    mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
    sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
    geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
    o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik
    attestatsiyadan o‘tkazish;
    foydali qazilmalarni qazib olish;
    rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
    mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
    3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

    Download 1.64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida

    Download 1.64 Mb.
    Pdf ko'rish