O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

ariza beruvchi — davlat sinovlarini o‘tkazishda manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik
shaxs;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ijrochi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan
o‘tgan davlat metrologiya xizmati organi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
o‘lchash vositasining turi — bitta prinsipning o‘zida ishlashga asoslangan, bir xil
konstruksiyaga ega bo‘lgan hamda bitta texnik hujjatning o‘zi bo‘yicha tayyorlangan, bitta maqsad
uchun belgilangan o‘lchash vositalarining majmuiga beriladigan umumlashtirilgan ta’rif;
o‘lchash vositalarining namunasi — ma’lum cheklashlar bilan barcha jihatdan shu turga
muvofiq bo‘lgan o‘lchash vositasining aniq nusxasi;
o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish — ushbu turdagi o‘lchash vositalarining
bir yoki bir nechta namunalarida o‘tkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik o‘lchash
vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash to‘g‘risida hisobot berish tartib-
taomili;
o‘lchash vositalarini sinash dasturi — o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish
ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
4. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada O‘zbekiston
Respublikasining o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi)
kiritilgan tasdiqlangan turdagi o‘lchash vositalarini qo‘llashga ruxsat beriladi.
5. Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va
O‘zbekiton Respublikasi hududida to‘p holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan o‘lchash
vositalari va zarur bo‘lganda, yagona nusxadagi o‘lchash vositalariga nisbatan (ariza beruvchining
xohishiga ko‘ra) keyinchalik ularning turi tasdiqlangan va tasdiqlangan o‘lchash vositalari turi
reyestrga kiritilgan holda o‘lchash vositalarining davlat sinovlari o‘tkaziladi.
6. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq
ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
7. O‘lchash vositalarining davlat sinovlari ushbu Qoidalarga 
1-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha
amalga oshiriladi.
8. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari
ijobiy bo‘lganda bajariladi.

Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish