O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

metrologik attestatsiya dasturi — o‘lchash vositalarini, shu jumladan, standart namunalarni
attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar hajmini, turi va ketma-ketligini, hisobot ma’lumotlarini
taqdim qilish shaklini belgilaydigan hujjat;
metrologik ekspertiza — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi bilan bog‘liq metrologik
talablar, qoidalar va normalarni qo‘llash to‘g‘riligi va to‘liqligini tahlil qilish va baholash;
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki
tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material)
namunasi shaklidagi o‘lchash vositasi;
standart namunasining metrologik attestatsiyasi — haqiqiy tavsiflarini aniqlash maqsadida
standart namunani tekshirish;
texnik topshiriq — ishlab chiqiladigan standart namunalarning metrologik tavsiflariga
qo‘yiladigan texnik talablarni o‘z ichiga olgan hujjat;
texnik hisobot — texnik topshiriqqa muvofiq standart namunalarning metrologik va texnik
tavsiflarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan yoki bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini o‘z
ichiga olgan texnik hujjat.
4. Metrologik attestatsiyadan bir turdagi, yagona nusxadagi yoki kichik to‘plarda (o‘n
donagacha) ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinadigan o‘lchash vositalarining har bir
nusxasi (shu jumladan, standart namunalar) o‘tkaziladi.
Miqdori o‘lchash vositalari kichik to‘pidan ko‘p bo‘lgan bir turdagi o‘lchash vositalari
keyinchalik ularning turini tasdiqlash va reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish sharti bilan davlat
sinovlaridan o‘tkaziladi.
5. Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra miqdori kichik to‘plardan ko‘p bo‘lgan bir turdagi
o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Bunda metrologik
attestatsiyadan o‘lchash vositalarining har bir nusxasi o‘tkaziladi.
6. Metrologik attestatsiya tartib-taomilidan o‘tgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan
o‘tkazilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. O‘lchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish o‘lchash
vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishga


akkreditatsiya o‘tkazilgan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshchilik qiladigan
davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xavfsizlik, gigiyenik yoki maxsus talablarga mosligi bo‘yicha sinaladigan o‘lchash
vositalarining metrologik attestatsiyasi tegishli sinovlar o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qaroriga
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
8. O‘lchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari
uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
9. Metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida ijrochi o‘lchash vositalarining tashqi omillar
ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi.
Ijrochi faqat metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi.
O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalari
metrologik tavsiflarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga
muvofiqligi uchun javob bermaydi.
10. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish (standart namunalar bundan
mustasno) ushbu Qoidalarga
 1-ilovaga
 muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 
2-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
12. O‘lchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning har
bir navbatdagi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi.

Download 1.64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish