O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini, shu jumladan, modda va materiallarning tarkibi va
xossalarining standart namunalarini (keyingi o‘rinlarda standart namuna deb ataladi) metrologik
attestatsiyadan o‘tkazish va o‘lchash vositalarining tasdiqlangan turlarini O‘zbekiston Respublikasi
o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar talablari o‘lchash vositalarini davlat metrologik tekshiruvi va nazorati
sohasida qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi
kerak:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q
qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish,
yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;


sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik
attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini (shu jumladan, standart namunalarni) metrologik
attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ijrochi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan davlat metrologiya xizmati organi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)

Download 1.64 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish