O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

Oldingi
 tahrirga qarang.
28. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ikki ish
kuni mobaynida o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish natijalariga ega bo‘lgan hujjatlarni
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
29. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida o‘lchash
vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda ro‘yxatga oladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)


30. Ijrochi o‘lchash vositalarining turi tasdiqlangandan so‘ng ikki ish kunidan oshmaydigan
muddatda ushbu Qoidalarga
4-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha reyestr uchun o‘lchash vositalari
turning ta’rifini va 
5-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalari turini tasdiqlash haqidagi
sertifikatni rasmiylashtiradi.
O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari qat’iy hisobot beriladigan
hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega
bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari ijrochiga O‘zbekiston texnik
jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan beriladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari O‘zbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi buyurtmasi bo‘yicha shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
Ijrochi o‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sertifikatlarining blankalari hisobga olinishi,
saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
31. O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati besh yilni
tashkil etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
32. Reyestrga kiritilgan va turi tasdiqlangan o‘lchash vositalari ro‘yxati O‘zbekiston texnik
jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi, turi tasdiqlangan seriyalab
ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari uchun qo‘shimcha ravishda o‘lchash vositasining turini
tasdiqlash sertifikati va turning ta’rifi joylashtiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
33. Ushbu turdagi o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish muddati
tamom bo‘lgandan so‘ng o‘lchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davri
mobaynida ishlab chiqarilgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘lchash vositasining
turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davrigacha yoki undan keyin ishlab chiqarilgan o‘lchash
vositalari reyestrga kiritilganidan so‘ng qiyoslashdan o‘tkaziladi.
34. Import bo‘yicha to‘p qilib olib kiriladigan o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati
ushbu turdagi o‘lchash vositalari to‘pining identifikatsiya belgilari ko‘rsatilgan aniq to‘piga beriladi.
Oldin reyestrga kiritilgan o‘lchash vositasining yangi to‘pi olib kirilganda, o‘lchash
vositalarining ushbu to‘piga o‘lchash vositalarining oldin reyestrga kiritilish raqami beriladi.
35. To‘p qilib import bo‘yicha olib kirilayotgan o‘lchash vositalarining davlat sinovlari o‘lchash
vositalari namunaviy dasturlari yoki oldin reyestrga kiritilgan shu turdagi o‘lchash vositalarining
sinash dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘lchash vositalari sinovlari namunaviy dasturlari ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
36. O‘lchash vositalarining turi tasdiqlanganidan so‘ng ijrochi bir ish kuni mobaynida o‘lchash
vositalarini qiyoslash uslubiyotini, shuningdek, texnik talablarni tartibga soluvchi hujjat loyihasini
(ilgari tasdiqlangan hujjat bo‘lmagan taqdirda) tasdiqlaydi.


37. Ijrochi yangi turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarining ishlab chiqaruvchisi joylashgan joyda
ushbu turdagi o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti holatini tahlil qiladi.
Ishlab 
chiqaruvchida 
reyestrga 
kiritilgan 
o‘lchash 
vositalari, 
Laboratoriyalarni
akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) yoki Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro
forum (IAF) tizimidagi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yoki sertifikatlashtirish organi tomonidan
tasdiqlangan (sifat) menejmenti tizimi mavjud bo‘lgan taqdirda, birlamchi metrologik tekshiruv
natijalari O‘zbekiston Respublikasi hududida e’tirof etiladi.
38. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish ariza
beruvchining arizasiga binoan ushbu Qoidalarning 
9 — 37-bandlarida
nazarda tutilgan tartibda
amalga oshiriladi, 
14-15-bandlarida
 nazarda tutilgan ishlar bundan mustasno.
O‘lchash vositalari davlat sinovlarining natijalaridan qat’i nazar, ijrochi davlat sinovlari
tugaganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarining namunalari (nusxalari)ni ariza
beruvchiga qaytaradi.
39. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish
to‘g‘risidagi ariza ijrochiga uning amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy oldin topshirilishi
kerak.
40. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash tartib-taomilidan o‘tgan o‘lchash vositalari
qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim.

Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish